Connect with us

Jamiyat

yana bir o‘zbekistonlik ayol bedarak yo‘qolgan

Published

on


Turkiyada qotillik qurboni bo‘lgan Durdona Hakimova ishi yuzasidan tergov davom etayotgan bir paytda gumonlanuvchilardan biri bilan birga yashagan 32 yoshli Sayyora Ergashaliyeva bedarak yo‘qolgani ma’lum qilindi.

Foto: Telegram / ozbek_kadin_haklari

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik Sayyora Ergashaliyeva bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mazkur mamlakatda faoliyat yurituvchi O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati xabar berdi.

Jamiyatning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, uning yo‘qolishi avvalroq Istanbulda qotillik qurboni bo‘lgan Durdona Hakimova ishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Boisi Sayyora Ergashaliyeva mazkur qotillikda gumonlanayotganlardan biri bilan birga yashagan.

Ta’kidlanishicha, Ergashaliyevaning yaqinlari O‘zbekistondan Istanbulga kelib uni topishda jamiyatdan amaliy yordam so‘ragan. Tashkilot Istanbuldagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi bilan birga holatni har tomonlama va xolisona o‘rganish, shuningdek, bedarak yo‘qolgan shaxsni topish uchun tegishli choralarni ko‘rgan.

“Advokatlarning professional va shoshilinch sa’y-harakatlari natijasida tergov ishlari jadallashtirilib, ikkinchi jinoyat ehtimoli yuzasidan DNK tahlillari, shuningdek, hodisa joyini batafsil ko‘zdan kechirish kabi muhim tergov harakatlari amalga oshirildi. Jamiyatimiz ushbu ish yuzasidan Turkiya Respublikasi tergov organlari bilan doimiy va yaqin hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

Ergashaliyeva Sayyora Bahromjon qizini aniqlash va topish maqsadida jamiyat tomonidan barcha mavjud imkoniyatlar safarbar etilgan. Shu munosabat bilan Turkiya jamoatchiligi va vakolatli idoralardan hamkorlik va amaliy yordam so‘raladi. Agar mazkur holat yuzasidan biror ma’lumot yoki muhim ma’lumotga ega bo‘lsangiz, jamiyat bilan bog‘lanishingizni so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.

Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hozircha holat yuzasidan rasmiy bayonot bergani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Istanbuldagi chiqindi konteyneridan jasadi topilgan Durdona Hakimova o‘limida gumonlanib ikki nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olingan. Bu qotillik Turkiya jamoatchiligida norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Alkogol ichimliklarni reklama qilgan bloger ma’muriy javobgarlikka tortildi

Published

on


Raqobat qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklama materiallarining qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring davomida bloger N.Sobirovning sahifasida alkogolli ichimliklar reklamasi joylashtirilgani aniqlandi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, mazkur reklama amaldagi qonunchilik talablariga zid hisoblanadi.

O‘rganish natijalari asosida blogerga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy chora ko‘rildi.

«Reklama to‘g‘risida»gi Qonunning 38-moddasiga muvofiq, har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklarni reklama qilish taqiqlangan.

Qonunchilikda faqat pivo, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolar reklamasiga belgilangan vaqt, shakl va auditoriya bo‘yicha cheklovlarga rioya etilgan holdagina ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda alkogolli ichimliklarni har qanday shaklda reklama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Raqobat qo‘mitasi bloger N.Sobirov reklama qilinishi qonun bilan taqiqlangan mahsulotni targ‘ib qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi.

Holat yuzasidan rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda sudga yuborilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Jaziramada ochiq havodagi ishlar cheklanishi mumkin

Published

on


O‘zbekistonda anomal issiq va jazirama kuchayishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarni ochiq havoda mehnat qilayotgan xodimlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishga chaqirdi.

Inspeksiya tavsiyasiga ko‘ra, kunning eng issiq vaqti — soat 11:00dan 16:00gacha tashqi ishlar qisqartirilishi yoki vaqtincha to‘xtatilishi lozim. Shuningdek, ushbu vaqtda og‘ir jismoniy mehnatni cheklash ham tavsiya etilmoqda.

Qayd etilishicha, yuqori harorat sharoitida ishlayotgan xodimlar issiq urishi, suvsizlanish, hushdan ketish hamda yurak-qon tomir kasalliklari xavfiga ko‘proq duch keladi.

Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarga xodimlarni doimiy ravishda toza va salqin ichimlik suvi bilan ta’minlash, soya yoki sovutiladigan dam olish joylarini tashkil etish, yengil va issiqdan himoya qiluvchi maxsus kiyimlar berish, issiq urishi va suvsizlanish alomatlari bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazish hamda sog‘lig‘i yomonlashgan xodimlarga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tavsiya qildi.

Bundan tashqari, issiq sharoitida ishlaydigan xodimlar belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi shartligi eslatildi.

Inspeksiya mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etish faqat tavsiya emas, balki ish beruvchining qonunchilikda belgilangan majburiyati ekanini ta’kidladi. Ogohlantirilishicha, jazirama sharoitida zarur choralarni ko‘rmaslik xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirishi, ish joyida baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Mehnat inspeksiyasi barcha hokimliklarga ko‘rsatma yubordi

Published

on


Ko‘rsatmada anomal issiqda ochiq havoda mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha talablar belgilangan.

Anomal issiq ob-havo sharoitida ochiq havoda mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida barcha hokimliklarga tegishli ko‘rsatma yuborildi, deb xabar berdi Davlat mehnat inspeksiyasi.

Xabarda aytilishicha, ko‘rsatmada soat 10:00–17:00 oralig‘ida yuqori harorat ta’sirida xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ishlarni vaqtincha to‘xtatish hamda moslashuvchan ish rejimini belgilash, xodimlarni yetarli miqdorda sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi talablar belgilangan.

Bundan tashqari, quyosh nurlari va yuqori harorat ta’siridan himoyalangan dam olish joylarini tashkil etish, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoki tibbiy xulosaga ko‘ra ishga yaroqsiz deb topilgan shaxslarni ishga qo‘ymaslik, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash va mehnat hamda dam olish rejimini qayta ko‘rib chiqish lozimligi aytilgan.

“Ko‘rsatma talablarining bajarilishi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mehnatni muhofaza qilish talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Published

on


Kogon shahrida fuqaroning ishonchiga kirib, uni 8 000 dollar evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 1 000 dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi.

Foto: EPA / YONHAP / TASS

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro Z.I. fuqaro Sh.I.ning ishonchiga kirib, uni 8 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida ushbu pullar hisobidan 200 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatida Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, ikki nafar fuqarodan 15 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan shaxsning noqonuniy harakatlari fosh etilgani xabar qilingandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat grantlari ko‘paytirildi

Published

on


Ma’lum qilinishicha, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 35 foizga oshirilib, jami 2 930 ta davlat granti ajratilgan.

2026/2027-o‘quv yili uchun axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasiga oid ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 35 foizga oshirildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur yo‘nalishlar uchun jami 2 930 ta davlat granti ajratildi.

Qayd etilishicha, bunda bakalavriat uchun 2 309 ta, magistratura uchun 621 ta davlat granti ajratilgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.