Iqtisodiyot

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

Published

on


«Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsad va ustuvor vazifalari etib belgilandi, jumladan:


yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning ixtiyoriy ravishda rasmiy sektorda ishlashini rag‘batlantiruvchi raqobatbardosh va shaffof tadbirkorlik muhitini shakllantirish;
ma’muriy tartib-taomillarning takrorlanuvchi va ortiqcha talablarini bekor qilish;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan tortib hisobotni topshirishgacha bo‘lgan barcha asosiy xizmatlarni birlashtiruvchi integratsiyalashgan raqamli platformalar yaratish;
naqdsiz to‘lovlarni qabul qilish uchun qulay va samarali mexanizmlarni joriy etish.

Qarorga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga davlat va moliyaviy xizmatlarni onlayn tarzda ko‘rsatish bo‘yicha maxsus huquqiy rejim joriy etiladi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar bekor qilinadi:


yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash tartibi;
soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan daromadi yuz million so‘mdan oshmagan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni aylanmadan olinadigan soliq to‘lashdan ozod qilish tartibi.

Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version