Dunyodan

Xorvatiya, Albaniya va Kosovo Serbiyaga hujum qilish imkoniyatini kutmoqda

Published

on


Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Xorvatiya, Albaniya va Kosovo o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni kuchaytirishni o‘z mamlakati xavfsizligiga tahdid deb atadi va Belgrad ehtimoliy hujumni qaytarishga tayyor ekanini aytdi.

Vuchichning soʻzlariga koʻra, Xorvatiya, Albaniya va Kosovo 2025-yil 18-martda Tiranada imzolangan Mudofaa boʻyicha uch tomonlama deklaratsiya ostida birlashgan. Uning fikricha, bu hamkorlik nafaqat texnik, balki strategik va hujum xarakteriga ham ega.

Serbiya rahbarining aytishicha, ittifoq Yevropada (Rossiya va Yevropa oʻrtasida) yirik mojaro yuzaga kelganda, Yaqin Sharqda inqiroz kuchayganida yoki dunyo “toʻpolon”da boʻlgan taqdirda faollashishi mumkin.

Vuchichning ta’kidlashicha, Serbiya Xitoyning 400 km uzoqlikdagi gipertovushli havo-yer raketalariga ega va bu tizimlar eng zamonaviy to’xtatuvchilardan biridir.

Xorvatiya, Albaniya va Kosovo rasmiylari Aleksandr Vuchichning ayblovlarini keskin rad etdi. Bu uch tomonlama hamkorlik hech kimga, jumladan Serbiyaga ham qaratilmagan. Bitimdan maqsad kiberhujumlarga qarshi turish, harbiy ta’lim va kadrlar tayyorlash hamda Kosovoning NATO tuzilmasi bilan integratsiyalashuviga ko‘maklashishdan iborat. Ayni paytda Albaniya mudofaa vaziri Piro Vengu 2026 yilning yanvarida Serbiyani kelishuvga qo‘shilishga taklif qilganini, biroq Belgraddan hech qanday javob bo‘lmaganini aytdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version