Dunyodan

Xolmsning eng katta “mushak shousi”…

Published

on


Rossiya prezidenti maslahatchisi Nikolay Patrushev Rossiya, Xitoy va Eron harbiy kemalarini Hormuz boʻgʻoziga joʻnatganini maʼlum qildi. Bu haqda Caspian Post nashri xabar berdi.

Dengiz xavfsizligi kamari mashqlari 2019-yildan beri har yili Eron rahbarligida o‘tkazib kelinmoqda.

Uch mamlakat harbiy-dengiz kuchlari Hurmuz bo‘g‘ozida muvofiqlashtirish, taktik tayyorgarlik va tezkor javob berish imkoniyatlarini baholash uchun turli xil kemalar va operativ uskunalardan foydalanishi kutilmoqda.

OSINTdefender kanali maʼlumotlariga koʻra, Rossiyaning “Stoiki” korveti Eronning Bandar Abbos portiga dengiz mashqlari arafasida yetib kelgan.

Ma’lumot o‘rnida: AQShning “Abraham Linkoln” aviatashuvchi kemasi Yaqin Sharqqa kelishi bilan bir vaqtda “Jerald Ford” aviatashuvchi kemasi ham Karib dengizini tark etib, o‘sha tomonga yo‘l olgan. Bunga javoban Pentagon 24 soat ichida 50 dan ortiq F-35, F-22 va F-16 qiruvchi samolyotlarini Yaqin Sharqqa jo‘natdi. Bu qaror AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar davom etayotgan bir paytda amalga oshirildi.

Bir tomondan AQSh mintaqaga yirik dengiz va havo kuchlarini joylashtirsa, ikkinchi tomondan Eron, Rossiya va Xitoy qo’shma mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rmoqda. Yilning eng katta “mushak shousi” Hurmuzda bo‘lib o‘tadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version