Connect with us

Iqtisodiyot

Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi

Published

on


Reuters Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, 2025 yilda Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2024 yildagi rekord ko‘rsatkichdan pasaygan. Bu so‘nggi besh yil ichida birinchi qisqarish hisoblanadi.

Foto: IZVeSTIYa/Sergey Lantyuxov

Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 2025 yilda so‘nggi besh yil ichida ilk bor qisqardi va 2024 yilda qayd etilgan rekord darajadan past bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi 14 yanvar, chorshanba kuni Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib yozdi.

Ushbu statistikaga ko‘ra, 2025 yilda Xitoy—Rossiya tovar ayirboshlash hajmi 1,63 trln yuanni tashkil etgan (taxminan 201 mlrd yevro). Bu bir yil avvalgiga nisbatan 6,5 foizga kam. Jumladan, Xitoyning Rossiyaga eksporti 9,9 foizga, Rossiyadan import esa 3,4 foizga qisqargan.

Rossiyaning Ukrainaga to‘liq ko‘lamli harbiy hujumi boshlangandan va G‘arb sanksiyalari joriy etilgandan keyin Rossiya—Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada oshgan edi.

Ma’lumotdan kelib chiqishicha, savdo hajmining pasayishi Rossiyada Xitoy avtomobillariga talab tushib ketgani hamda Xitoyning RFdan xom neft import qilish qiymati arzonlashgani bilan bog‘liq.

The Moscow Times nashri Gaydar instituti ma’lumotlariga tayanib yozishicha, utilizatsiya yig‘imi oshirilgani va avtokreditlar keskin qimmatlashgani sababli Xitoydan olib kelingan avtomobillar 2024 yilga nisbatan ikki baravar kam xarid qilingan. Nashrda, shuningdek, G‘arb texnologiyalarining o‘rnini bosish uchun Xitoydan keltirilayotgan boshqa uskunalar yetkazib berish ham yillik hisobda 11 foizga kamaygani aytiladi.

Rossiya va Xitoy o‘rtasida savdo hajmining so‘nggi marta qisqarishi 2020 yilda qayd etilgan bo‘lib, u COVID-19 pandemiyasi oqibatlari bilan izohlangan.

Rossiyaning Xitoyga eksport qilayotgan tovarlari qiymatining asosiy qismini neft, tabiiy gaz va ko‘mir tashkil etadi. Boshqa tovarlar qatorida mis va mis rudalari, yog‘och, yonilg‘i hamda dengiz mahsulotlari bor. Xitoy esa Rossiyaga avtomobillar, traktorlar, kompyuterlar, smartfonlar, sanoat va ixtisoslashgan uskunalardan tortib, bolalar o‘yinchoqlari, kiyim-kechak va poyabzalgacha bo‘lgan keng turdagi mahsulotlarni eksport qiladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

“Afrosiyob” va boshqa yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlari oshirildi

Published

on


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yo‘lovchi tashish xizmatlarining narxlari oshirilganini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarga xizmat ko‘rsatish, ehtiyot qismlar, elektr energiyasi hamda ekspluatatsiya xarajatlarining oshishi, shuningdek, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash va xizmat sifatini xalqaro standartlar darajasida saqlash zarurati sababli 2026 yil 1 fevraldan boshlab “Afrosiyob” elektropoyezdlari chipta narxlari 15 foizga oshiriladi.

Yangilangan tariflarga ko‘ra:

Toshkent — Buxoro

VIP: 1 138 000 so‘m

Biznes: 760 000 so‘m

Ekonom: 509 000 so‘m

Toshkent — Qarshi

VIP: 976 000 so‘m

Biznes: 642 000 so‘m

Ekonom: 429 000 so‘m

Toshkent — Samarqand

VIP: 709 000 so‘m

Biznes: 455 000 so‘m

Ekonom: 311 000 so‘m

Shuningdek, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlari ham 15 foizga oshirilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

“Boj to‘lovlari yuqori bo‘lmaydi” – O‘zbek-Iroq biznes forumida nimalar muhokama qilindi?

Published

on


Iroq iqtisodiyoti neftga bog‘liqlikdan chiqish va mavjud infratuzilmani yangilash bosqichida turibdi. O‘zbekiston esa “Markaziy va Janubiy Osiyo bog‘liqligi” konsepsiyasi doirasida yangi bozorlarni qidirmoqda. Toshkent hamda Samarqandda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Iroq investitsiya va biznes forumi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasini yaqin yillarda 500 million dollarga yetkazish uchun muhim platforma bo‘lishi kutilmoqda.

Forum doirasida 150 dan ziyod iroqlik va o‘zbek tadbirkorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Maqsad sheriklik aloqalarini rivojlantirish, sanoat mahsulotlarini Iroq bozoriga yetkazishni yo‘lga qo‘yish va savdo ayirboshlash hajmini oshirishdan iborat.

“Hozirgi kunda O‘zbekistonning Iroq bozoridagi ulushi juda kichik va bu sanoat salohiyati bilan solishtirganda yetarli emas. Shu sababli biz mamlakatingizdagi yirik zavodlarga bordik. Zavodlar raqobatbardosh mahsulotlarga ega , tovarlaringiz Bag‘dodda o‘z o‘rnini topishiga ishonchim komil”,– deydi Iroq savdo vaziri Atir Davud al-G‘urayri.

Uchrashuvning eng muhim jihati – bu faqatgina oldi-sotdi bilan cheklanish emas, qo‘shma korxonalar tashkil etish hamdir. Xususan, biznes forumda o‘zbekistonlik tadbirkorlarning Iroq davlatida ishlab chiqarish liniyalarini yo‘lga qo‘yishi va iroqlik sarmoyadorlarning O‘zbekiston erkin iqtisodiy zonalariga jalb qilinishi muhokamalarning asosiy mavzusiga aylandi.

“Ushbu konferensiya o‘zbek tadbirkorlari bilan uchrashib, muzokaralar olib borishimizga katta imkoniyat berdi. Bu yerdagi biznes sektori yaxshi rivojlangan. Biz zavodlarni ko‘rdik. Asosiy qiziqishimiz qurilish materiallariga. Shisha, matolar va to‘qimachilik mahsulotlari juda yoqdi. Oziq-ovqat zavodlariga ham bordik, u yerdagi pechenedan tatib ko‘rdim, mazali edi. Biz o‘zbekistonlik investorlarni Iroqqa taklif qilamiz. Ular Iroqni qayta tiklashda bizga yordam berishi kerak, chunki 23 yil davomida mamlakatimiz to‘liq barqaror bo‘lmagan. Ushbu tashrifimiz faqat bir uchrashuv emas, uzoq muddatli hamkorlikning dastlabki qadami bo‘lishiga umid qilaman”, – deydi Iroq Ishbilarmon ayollar huquqlarini himoya qilish jamg‘armasi vitse-prezidenti, tadbirkor Songul Umar Ismoil Chapuk.

O‘zbekistondan Iroqqa mahsulot yetkazishda hozircha jiddiy to‘siqlar mavjud emas, biroq amaliy jihatdan bir qator muammolar uchraydi. Eng asosiy masala – logistika. Ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri transport yo‘nalishlari mavjud emasligi sababli yuklar asosan Eron, Turkiya yoki Kavkaz davlatlari orqali tranzit qilinadi. Bu esa yetkazib berish muddati cho‘zilishi va transport xarajatlari oshishiga olib keladi.

Tranzit davlatlardagi siyosiy yoki bojxona tartib-taomillaridagi o‘zgarishlar ham yuk oqimiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Forum davomida aynan shu masalalar muhokama qilindi. Iroq savdo vazirining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston mahsulotlarini Iroq bozoriga olib kirishda solinadigan boj (import to‘lovi) kam yoki o‘rtacha darajada bo‘ladi, tadbirkorlarga imtiyozlar taqdim etiladi.

“O‘zbek mahsulotlari uchun yuqori boj yoki import to‘lovlari mavjud emas. Iroqning deyarli 90% yoki undan ortiq iste’moli import hisobiga qoplanadi. Barcha davlatlardan import hajmi 85 milliard dollardan oshadi. Shu sababli to‘siqlar yo‘q, bojlar o‘rtacha darajada. Masalan, oziq-ovqat sektorida O‘zbekistondan boradigan mahsulotlar uchun bojlar 5% dan oshmaydi. Bundan tashqari, importni qo‘llab-quvvatlash va osonlashtirish bo‘yicha katta imkoniyatlar mavjud, ayniqsa, o‘zbek mahsulotlari uchun”, – deydi Atir Davud al-G‘urayri.

Toshkentdagi biznes forum yakunlangandan so‘ng, iroqlik tadbirkorlardan iborat delegatsiya «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, navbatdagi biznes-forumda ishtirok etish maqsadida Samarqandga jo‘nab ketdi. U yerda to‘qimachilik, metallurgiya, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga press-tur tashkil etildi.

“Milliy mahsulotlaringizga bizda qiziqish baland. Narxlar ham boshqa mamlakatlarga nisbatan arzonroq. Mahsulotlaringizni Iroq ichida ishlab chiqarish uchun investitsiya qilish taklifini ilgari suryapmiz va shu bo‘yicha kelishuvlarga erishmoqchimiz”, – deydi Al Wazzan GT and Commercial Agencies kompaniyasi vakili Qays Hamid Hasan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston olmasi eksportida asosiy ulush ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keldi

Published

on


2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 13,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 25,5 ming tonna olma eksport qilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston tomonidan 25,5 ming tonna olma eksport qilinib, eksport qiymati 13,2 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Ta’kidlanishicha, ushbu mahsulot 11 ta davlatga yetkazib berilgan.

Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar quyidagilar:


Qozog‘iston — 12,2 ming tonna;
Rossiya — 11,3 ming tonna;
Qirg‘iziston — 1,3 ming tonna;
Iroq — 204 tonna;
Turkmaniston — 167,4 tonna;
boshqa davlatlar — 283,5 tonna.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eksport hajmida Qozog‘iston va Rossiya asosiy ulushni tashkil etgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

«Iroq ishlab chiqaruvchilarimiz uchun istiqbolli bozor»

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish orqali eksport va investitsiyalar hajmini oshirish zarurligini ham ta’kidladi.

Zero, iqtisodiy diplomatiya – yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish orqali inson qadrini yuksaltirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy xavfsizlik esa davlat xavfsizligining asosiy poydevori hisoblanadi.

Ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar doirasida 2025-yilda umumiy qiymati 160 milliard dollarlik investitsiya loyihalari va savdo shartnomalari bo‘yicha bitimlar imzolandi.

Tarixda birinchi bor tashqi savdo aylanmasi 80 milliard dollardan oshib, eksport miqdori 33,5 milliard dollarga yetdi. Xorijiy investitsiyalar ham keskin ko‘payib, 43 milliard dollardan oshdi.

E’tiborlisi, o‘tgan yili 75 ta davlatga eksport hajmi qariyb 4,5 milliard dollarga ko‘paygan.

Elchilar xorijiy investorlar va yirik kompaniyalar bilan birga ishlasa, bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish uchun imkoniyatlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, o‘z ishlab chiqarishi deyarli yo‘q bo‘lgan, ichki bozorni to‘ldirish uchun 100 milliard dollarlik mahsulotni chetdan solib oluvchi Iroq mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari uchun istiqbolli bozor hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, Iroqdan 150 ta yirik kompaniya O‘zbekistonga olib kelingani ijobiy baholandi.

Ular bizdagi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, hayron qolganini, oldinlari O‘zbekiston mahsulotlari to‘g‘risida deyarli tushunchasi bo‘lmaganini aytyapti. Ular Iroqda korxonalarimizning rasmiy distribyutorini ochib, Yaqin Sharq bozorlariga jadal kirib borishni reja qilyapti.

Natijada shu yilning o‘zida Iroqqa yuzlab million dollarlik mahsulotlar yetkazib berishga kelishildi.

Tegishli davlatlardagi elchilarimiz Vetnam, Bahrayn, Portugaliya bilan ham shu tartibda ishlab, hamkorlar topishi va bu bozorlarga kirish bo‘yicha ishlashi kerakligi qayd etildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda eng ko‘p xorijiy korxonaga ega davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Published

on


2025 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18 164 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning katta qismi xorijiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning 4 247 tasi qo‘shma, 13 917 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi. Shuningdek, so‘nggi 5 yilda bunday korxonalar soni 1,9 barobarga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha top-10 davlat quyidagicha:


Xitoy — 5 044 ta;
Rossiya — 3 181 ta;
Turkiya — 2 137 ta;
Qozog‘iston — 1 212 ta;
Janubiy Koreya — 693 ta;
Afg‘oniston — 635 ta;
BAA — 414 ta;
Tojikiston — 389 ta;
Hindiston — 375 ta;
AQSh — 340 ta.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.