Dunyodan
Xitoylik sayyoh muz ostida cho’kib ketdi
Xitoylik sayyohlarni olib ketayotgan “Buhanka” (UAZ) rusumli Baykal ko‘lida suv ostida qoldi.
UAZ rusumli avtomashina Xitoydan sayyohlarni “Uch aka-uka” hududiga sayohatga olib ketayotgan edi, biroq haydovchi yoriqni sezmay qoldi va mashina muz ostida cho‘kib ketdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, salondagi to’qqiz kishidan faqat bitta sayyoh suzishni bilgan. Bir mahalliy haydovchi va yetti nafar Xitoy fuqarosi halok bo‘lgan.
Voqea joyida Irkutsk politsiyasi xodimlari navbatchilik qilmoqda.