Dunyodan
Eron tarixidagi eng katta banknotalar muomalaga chiqariladi
Financial Times gazetasi Eron tarixidagi eng katta banknot bo‘lgan 10 million rial muomalada ekanligini ma’lum qildi.
Bu orqali hukumat o‘sib borayotgan inflyatsiyani jilovlashga va naqd pulga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga harakat qilmoqda.
Shu haftadan boshlab banklar taxminan 7 dollarlik yangi 10 million rial banknotlarni tarqatishni boshladilar. Eronliklar elektron tizim buzilishidan qo‘rqib, bankomatlar oldida navbatga turishdi. Natijada, banknotalar tezda yo’q bo’lib ketdi.
Yangi pushti banknotning old tomonida IX asrda qurilgan Yazdning Jome masjidi, orqa tomonida esa 2500 yillik Bam qal’asi tasvirlangan.
Bu qadam Eron iqtisodiyotining urushdan keyingi og‘ir ahvoliga yana bir dalildir. 19-fevralda yakunlangan oyda inflyatsiya 47,5 foizni tashkil etdi.