Connect with us

Iqtisodiyot

Xalq ovozi: Chorsu by MANAR

Published

on


Jamoatchilik fikrini o‘rganishga ixtisoslashgan «O‘zbekistonda jamoatchilik fikri» internet portali Telegram foydalanuvchilari orasida ochiq so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnoma mavzusi O‘zbekistondagi eng kutilayotgan qurilish loyihasini aniqlash bo‘ldi.

So‘rovnomada 100 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Bu esa uni mamlakatdagi ko‘chmas mulk sohasidagi eng yirik jamoaviy tadqiqotlardan biriga aylantirdi. Turli quruvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan o‘nta ob’yekt orasidan tanlagan holda, so‘rovnomaning har beshinchi ishtirokchisi aynan Chorsu by MANAR loyihasiga ovoz berdi – bu 20 mingdan ortiq kishini tashkil etadi. Shunday qilib, MANARning asosiy loyihasini haqli ravishda poytaxtdagi qurilish tashabbuslari orasida yetakchi deb atash mumkin.

So‘rovnoma natijalarini sharhlagan «O‘zbekistonda jamoatchilik fikri» platformasi asoschisi Timur Bakiyev quyidagilarni ta’kidladi:

«Auditoriyaning bunday darajadagi ishtiroki shuni ko‘rsatadiki, odamlar shahar qurilishi haqida o‘z fikrlarini tobora faolroq shakllantirayotganlar. Bu arxitektura, joylashuv va merosga bo‘lgan qiziqish qanday qilib haqiqiy jamoatchilik e’tiborini jalb etishiga misol bo‘la oladi. Ayniqsa, Toshkentning tarixiy markazidagi loyihaning poytaxt ob’yektlari orasida yetakchiga aylanishi e’tiborga molik. Chorsu by MANAR loyihasi 23 sentyabr kuni – onlayn so‘rov boshlanishidan atigi ikki kun oldin taqdim etilganini hisobga olsak, natija yanada taassurotli bo‘ladi».

Chorsu by MANAR xuddi shu nomdagi bozor yaqinida, Eski shaharning qoq markazida joylashgan. Majmua g‘oyasi tarixiy muhitga moslashtirilgan zamonaviy arxitektura, yuqori zichlik va madaniy vorisiylikni o‘zida mujassam etadi. Loyihaning asosiy yo‘nalishlari orasida mavjud transport va piyodalar infratuzilmasi bilan uyg‘unlashtirilgan ochiq jamoat makonlari, biznes, savdo va gastronomiya klasterlari mavjud.

Shunday qilib, Chorsu by MANAR zamonaviy arxitektura tarix bilan uyg‘un bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda va loyihaning dolzarbligi nafaqat mutaxassislar tomonidan, balki shaharliklarning haqiqiy qo‘llab-quvvatlashi bilan ham tasdiqlanmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

24-iyunda dollar yana ko‘tariladi

Published

on



24-iyunda dollar yana ko‘tariladi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?

Published

on


Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy yilda butun respublika miqyosida tatbiq etildi. Unga ko‘ra, paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermerlar yerining yarmini ixtiyoriy tarzda davlatga topshirsa, qolgan yarmining normativ qiymati 50 foizini to‘lab 49 yilga ijaraga oladi va xohlagan ekinini ekishi mumkin bo‘ladi.

Xo‘sh, bu tizim qanday ishlaydi va fermerlar uchun qanchalik qulay? Kun.uz mavzu yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Ijaraga berilgan yerlarga xizmat ko‘rsatish direksiyasi rahbari Oqilbek Mustafoyev bilan suhbatlashdi.

— 68-sonli farmondagi eng asosiy jihat – paxta-g‘alla yo‘nalishidagi fermerlar yerining 50 foiziga nisbatan ijara huquqidan ixtiyoriy voz kechsa, qolgan yerining ijara huquqini “erkin ekish” turiga o‘zgartirishlari mumkin. Bu nimani anglatadi?

— Bu farmon qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga, fermerlarga o‘zi xohlagan ekin turini ekishi, o‘zi erkin shartnomaviy munosabatga kirishining huquqiy asosini yaratib berdi.

O‘tgan yilgi 3 fevraldagi farmonda 20 foizini fermerning o‘zining ixtiyoriga qoldirish, ya’ni yerning normativ qiymati 50 foizini to‘lagan holda qoldirish sharti belgilangan edi. 68-sonli farmon bilan bu 50 foizga ko‘tarildi. Ya’ni 50 foizini o‘z ixtiyori bilan topshiradi, qolgan 50 foizini normativ qiymatining yarmini davlatga to‘lagandan keyin, unga o‘ziga yana qaytadan 49 yilga rasmiylashtirib beriladi.

O‘tgan bir yil davomida, 18-sonli farmon qabul qilingandan keyin, yerga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Fermerga qo‘yiladigan reja, uni nimadir ektirishga majburlash yoki boshqa narsalardan voz kechildi. Bugungi kunda yerni ushbu farmon asosida E-auksion orqali sotib olgan yoki o‘z yerining bir qismidan voz kechgan tadbirkorlar bugungi kunda yerga resurs sifatida, undan foydalanish imkoniyatini kengligi nuqtayi nazaridan qarayapti.

Yangi tartibda tadbirkor o‘zi xohlagan eksportbop, bozorda talab bor mahsulotni yetishtirib, ko‘paytirishiga asosiy e’tibor berilgan. Buning natijasida katta investitsiya kiryapti qishloq xo‘jaligiga, yangi ish o‘rinlari yaratilyapti. Va odamlarning dunyoqarashi bugun o‘zgaryapti desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.

— Endi paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermerlar yerining yarmini topshirsa, qolgan yarmiga davlat rejasi asosida paxta yo g‘alla ekishi majburiy emas, to‘g‘rimi?

— Shunday. Hech qanaqa reja qo‘yilmaydi. Faqat ularga asosiy qo‘yilgan talab – yerning bonitetini tushirib yubormaslik, yerdan to‘laqonli foydalanish.

Agar yerga investitsiya kiritib, zamonaviy sug‘orish tizimlarini, bugungi zamon talabiga muvofiq yangi urug‘, yo nav, yo bog‘larni tashkil qilsa, 68-farmon bilan ularga qo‘shimcha ravishda imtiyozlar, ya’ni turli iqtisodiy yordamlar ajratilyapti. Masalan, tomchilatib sug‘orish tizimini qiladigan bo‘lsa, bir gektariga 15-16 million so‘mgacha subsidiya ajratilyapti. Yoki sertifikatlangan zotli ko‘chatlar ekadigan bo‘lsa, uning ham 50 foizi qoplab beriladi. Chorvachilik bilan shug‘ullansa, unda chorvaga alohida… Umuman, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun farmon-qarorlar bilan yangi-yangi yo‘nalishlar ochib berilyapti.

Suhbatni to‘liq shaklda yuqoridagi video orqali, Kun.uz’ning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

25-iyundan valyutalar qanchaga yetishi e’lon qilindi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 25-iyundan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 7,36 so‘mga oshib, 12 024,40 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 69,76 so‘mga tushdi va 13 642,88 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 843,35 so‘m bo‘ldi (-55,19).

Rossiya rubli 160,41 so‘m etib belgilandi (-0,22).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Prezident raisligida videoselektor boshlandi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. 

Davlatimiz rahbari asosiy masalaga o‘tishdan avval o‘tgan hafta yuksak saviyada o‘tkazilgan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlariga to‘xtaldi. Forum doirasida xorijiy hamkorlar bilan 43 milliard dollarlik 177 ta kelishuvga erishilganini ta’kidladi. 

«Har bir kelishuv loyihaga, ish o‘rniga, yuqori qo‘shilgan qiymatga aylanishi shart», — dedi Prezidentimiz. 

 Mutasaddilarga xorijiy investorlar ko‘targan 120 ta taklifning yechimi bo‘yicha qaror kiritish topshirildi. 

Umuman, tarmoq rahbarlari va hokimlar investitsiya sifati va samaradorligi bo‘yicha yondashuvlarini o‘zgartirishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. 

So‘nggi besh yilda yurtimizga kiritilgan jami investitsiyaning yarmi 4 ta hududga to‘g‘ri kelgan. Lekin jalb qilingan sarmoyaning iqtisodiyotga qaytimi bo‘yicha hududlar o‘rtasidagi tafovut katta. 

Masalan, 1 million so‘mlik investitsiya Farg‘onaning yalpi hududiy mahsulotiga qo‘shimcha 273 ming so‘mlik, Samarqandda 262 ming so‘mlik qo‘shilgan qiymat beryapti. Lekin Buxoroda bu atigi 117 ming so‘m. Ya’ni hududga olib kelinayotgan investitsiya samarasi boshqa hududlardan 2 karra past.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

12 ta tarmoqqa 37 ta sohaviy ilmiy institut va OTM biriktirildi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish materiallari tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda hokimlar har bir tumanda qaysi tarmoqni rivojlantirish, qaysi loyihalarga investitsiya jalb qilish orqali eng yuqori iqtisodiy samaraga erishish mumkinligini aniq hisob-kitob qilishi zarurligi ta’kidlandi.

Davlat rahbari bu borada qarorlar chuqur tahlil va ilmiy yondashuv asosida qabul qilinishi kerakligini qayd etdi. Shu maqsadda iqtisodiyotning 12 ta tarmog‘iga 14 ta «aql markazi», shuningdek 37 ta sohaviy ilmiy institut va oliy ta’lim muassasasi biriktirildi.

Qurilish materiallari sohasiga «aql markazi» sifatida Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari markazi, Materialshunoslik instituti hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti biriktirildi.

Mazkur tashkilotlar bozorda yangi turdagi qurilish materiallariga bo‘lgan talabni o‘rganadi, ushbu ehtiyojni qondirish uchun qaysi hududda qanday loyihalarni amalga oshirish mumkinligini tahlil qiladi.

Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari, soha uchun zarur mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlari va investitsiya samaradorligi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Yig‘ilishda barcha tarmoq rahbarlariga «aql markazlari», ilmiy institutlar va oliygohlar bilan hamkorlikda har bir tuman salohiyatini chuqur tahlil qilish vazifasi qo‘yildi. Ular hududlarning resurslari, iqtisodiy imkoniyatlari va bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib, yalpi hududiy mahsulot o‘sishiga kuchli turtki beradigan loyihalar paketini shakllantirishi lozim.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.