Dunyodan
Vengriya Ukrainaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukrainaga gaz yetkazib berish bosqichma-bosqich to‘xtatilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu cheklovlar “Do‘storik” neft quvuridagi transport tiklanmaguncha o‘z kuchida qoladi.
Bosh vazir Orbanning aytishicha, mamlakat energiya xavfsizligini ta’minlash uchun qolgan gaz zaxiralarini ichki bozorda saqlashga qaror qilgan. Bu qaror Ukraina bilan energetika munosabatlaridagi keskinlikning yangi bosqichini bildiradi.
Ayni paytda Budapesht va Kiyev o‘rtasida siyosiy taranglik kuchaymoqda. Bosh vazir Viktor Orban Ukraina maxsus xizmatlari Vengriya tashqi ishlar vazirining telefonini tinglagan bo‘lishi mumkinligini va tergov boshlanganini aytdi.
Yevropa Ittifoqi doirasida Vengriyaga ishonch masalasi ham bor. Politico nashriga ko‘ra, Bryussel Budapesht bilan maxfiy muzokaralar olib borishni taqiqlagan, chunki Moskvaga ma’lumotlar kelishi mumkin.