Connect with us

Iqtisodiyot

“Vahimaga tushmang” – Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Published

on


Kadastr agentligi yerlar chet elliklarga sotib yuborilayotgani haqidagi gap-so‘zlarni rad etib, O‘zbekiston qonunchiligiga binoan chet elliklar yerga mulk huquqi asosida egalik qila olmasligini ma’lum qildi. Ular yerlarni faqat ijaraga olishi mumkin. “Vahimaga tushmang, xavotirga o‘rin yo‘q”, deyiladi bayonotda.

Toshkent shahri / Foto: Kun.uz

So‘nggi vaqtlarda Toshkent shahrida xitoy tilidagi banner va reklamalar ko‘payib bormoqda. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarni keltirib chiqaryapti. Oxirgi kunlarda xitoyliklar Toshkentda ko‘plab yerlarni ham sotib olayotgani haqida mish-mishlar ham urchidi. 6 mart kuni Kadastr agentligi bu mish-mishlarni asossiz deb atab, bayonot e’lon qildi.

Agentlikka ko‘ra, Yer kodeksining 17-moddasiga binoan, chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo‘lishi mumkin.

“Xo‘p ijaraga bersag-u xususiylashtirib olsa-chi, unda nima qilamiz?” deb vahimaga tushmang. Xavotirga o‘rin yo‘q, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek davlat organlari, muassasalari, korxonalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xususiylashtirish sub’yektlari bo‘lmaydi, ya’ni chet elliklarga yer xususiylashtirib berilmaydi”, – deyiladi rasmiy bayonotda.

Agentlik jamoatchilikni qishloq xo‘jaligi yerini chet elliklar xususiylashtirib oladimi, deb o‘zini qiynamaslikka chaqirgan.

“Qishloq xo‘jaligi yerlarini hatto O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari ham xususiylashtirib ololmaydi.


Shunday ekan, yerlarimiz chet el fuqarolariga berib yuborilyapti mazmunidagi xabarlar asossiz va oxirigacha o‘rganilmasdan chiqarilgan xabarlar”, – deyiladi bayonotda.

Kadastr agentligi bunday ma’lumotlarni tarqatadiganlar uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-moddasi 2-qismi, Jinoyat kodeksining 244-moddasi 6-qismi borligini eslatib qo‘ygan.

“Shu o‘rinda fuqarolarimizdan har xil aldovlarga uchmasliklarini, ijtimoiy tarmoq faollaridan esa yolg‘on va asossiz xabarlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz”, – deyiladi xabarda.

“Yer bermoq – jon bermoq”

Kadastr agentligi ushbu vaziyatda jamoatchilikni tinchlantirishga urinayotganiga iqtisodchi Otabek Bakirov “Yer bermoq – jon bermoq” deya munosabat bildirdi. U turli spekulyatsiyalarni bir chetga yig‘ishtirib qo‘ygan holda, xorijliklarga yer ajratish bilan bog‘liq xavotirlarni to‘g‘ri tushunish lozimligini ta’kidlagan.

“Albatta, Yer kodeksida chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo‘lishi mumkinligi belgilangan.


Ayni paytda tobora murakkablashib borayotgan global realliklarda, yangi va yangi chaqiriqlar yaratayotgan xatarlar to‘lqinida bu mezon yetarli emasligini tushunish lozim. Ijtimoiy kayfiyat ham qabul qilishi qiyinlashib boraveradi.


Shu ma’noda, 2021 yilda boshlangan Yer islohotining navbatdagi bosqichlarida Yer uchastkasiga talabgor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona bo‘lsa, uning kamida 51 foizi O‘zbekiston fuqarolariga bevosita yoki bilvosita tegishli bo‘lishini nazarda tutuvchi, shuningdek, chet el yuridik shaxslari va chet el fuqarolarining yer uchastkalariga ijara huquqini keskin cheklovchi qoidalar kiritilishi zarur”, – deb yozdi Bakirov.

Uning ta’kidlashicha, Yerga nisbatan xorijliklarga oid alohida qattiq qoidalar qator mamlakatlarda mavjud va umummilliy konsensus hisoblanadi. Yerga oid diskussiya investitsiya muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi xavotirlar o‘ringa ega emas, deydi iqtisodchi.

“Zero O‘zbekistonga kelayotgan sog‘lom investor, eng avvalo investitsiyalaridan foyda ko‘rish maqsadida keladi, yer olib latifundistga aylanish yo yer portfeliga ega bo‘lish maqsadida emas. Qolaversa, investitsion muhitni (nafaqat xorijlik investorlarga, o‘zbekistonliklarga ham) o‘nlab boshqa omillar yomonlashtirmoqdaki, shu haqida qayg‘urish o‘rinliroq bo‘lardi”, – deb yozdi u.

Oltin konlari va korxonalar

Avvalroq joriy yilning fevral oyida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun Navoiy viloyatidagi 31 ta yer qa’ri uchastkasi elektron auksion orqali 25,1 mlrd so‘mga sotilgani haqida xabar bergandik. Navoiyda oltin izlashga investitsiya kiritayotganlar orasida xitoyliklar talaygina. Sotuvga qo‘yilgan 31 ta oltin maydonini o‘zlashtirish huquqini olgan 12 ta kompaniyaning aksariyatida ta’sischilar qatorida kamida bir nafar xitoylikni ko‘rish mumkin.

“Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM jamoatchilikda Navoiydagi 31 ta kon xitoyliklarga sotilgani haqida xavotirlar asossiz ekani haqida bayonot bilan chiqdi. Markaz oltin konlariga investitsiya kiritgan korxonalar qatorida Xitoy fuqarolariga to‘liq tegishli bo‘lgan birorta ham korxona yo‘qligini bildirdi.

Keyinroq Toshkentdagi Magic city parkida xitoyliklar turli bayroqlarni ko‘tarib miting o‘tkazgani jamoatchilikda savollar tug‘dirdi. IIV bu miting ekanini rad etib, Huawei kompaniyasi xodimlarining jamoaviy yugurish aksiyasi ekanini ma’lum qildi. Vazirlik o‘z bayonotida bu aksiyani “bizning ham idora va tashkilotlar o‘rnak olsa arziydigan tadbir” deb atadi.

2025 yil 1 fevral holatiga, O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni bo‘yicha Xitoy birinchi o‘ringa chiqdi. Bir yil davomida O‘zbekistondagi Xitoy kompaniyalari soni qariyb 43 foizga ko‘payib, 3 467 taga yetgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.

Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.

Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.

Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.

Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Andijonda Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish boshlandi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.

– Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim,– dedi davlatimiz rahbari.

Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi.

Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.