Dunyodan

Ukraina bo’yicha uch tomonlama muzokaralarning ikkinchi raundi haqida ma’lumot berildi

Published

on


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina, Rossiya va AQSh ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarning navbatdagi raundi 4 va 5 fevral kunlari Abu-Dabida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

1-fevral kuni prezident Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda “Ukraina mazmunli muloqotga tayyor va urushni haqiqiy va munosib yakuniga yetkazadigan muzokaralar natijalaridan manfaatdor”, dedi.

Rossiya va AQSh rasmiylari dastlab ma’lumotga izoh bermadi. Biroq, TASS manbalariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga asosan hafta o‘rtalarida muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, uch tomonlama muzokaralar 1 fevral kuni Abu-Dabida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Xususan, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 28 yanvar kuni “1-fevralga belgilangan va hozircha bu sanaga ishonchimiz komil”, deb eʼlon qildi.

Shu bilan birga, prezident Vladimir Zelenskiy AQSh va Eron munosabatlari yomonlashgani sababli 30-yanvardagi uchrashuv boshqa sana yoki joyga ko‘chirilishi mumkinligini inkor etmadi.

23-24-yanvar kunlari Abu-Dabida Ukraina, Rossiya va AQSh oʻrtasida birinchi uch tomonlama muzokaralar yopiq eshiklar ortida oʻtkazilgan.Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bu muzokaralar davomida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari bevosita aloqada boʻlgan.

Ukraina rasmiylari muzokaralarni “ijobiy” va “samarali” deb baholadi, biroq Rossiya “birinchi aloqadan yuqori natijalar kutish xato” ekanini aytdi.

Keyinroq Kreml navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tishini rasman tasdiqladi. Dmitriy Peskovning aytishicha, Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ishchi guruhning ikkinchi yig‘ilishi dastlab yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq uch tomon o‘rtasida jadvalni muvofiqlashtirish zarurati tufayli u Abu-Dabida chorshanbadan payshanbagacha, 4-5 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version