Dunyodan

NATO davlatlari Rossiyadan xavotirda…

Published

on


Ukraina bilan urushda muvaffaqiyat qozona olmagan Rossiya Federatsiyasi NATO davlatlariga qarshi provokatsiyalar uyushtirib, vaziyatni izdan chiqarishi mumkin. Bu haqda Polsha razvedka xizmati rahbari Pavel Shota ma’lum qildi.

“Biz Ukrainada nimalar bo‘layotganini, jumladan, urush Rossiya uchun barbod bo‘layotganini ko‘rib turibmiz. Bu Rossiya tomonidan yanada avj olishi ehtimolidan xavotir uyg‘otmoqda”, – dedi polkovnik Pavel Shota.

Polsha razvedka xizmati rahbariga ko’ra, Rossiyaning Boltiqbo’yi davlatlariga kichik miqyosdagi hujumi “yashil odam” desantini ko’rinishida bo’lishi mumkin. Bu ibora 2014-yilda Qrim anneksiya qilinganidan keyin paydo bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari bilan bog‘liq holda qo‘llaniladi va rossiyalik harbiy xizmatchilarning ajralib turmagan kiyim-kechaklarini nazarda tutadi.

Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski bir necha kun avval Rossiya qo‘shinlari xorijiy bayroqlar ostida operatsiya o‘tkazishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

“Biz (Rossiya prezidenti Vladimir) Putinga uning rejalaridan xabardor ekanimizni, tuzoqqa tushmasligimizni, bu mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat ekanligini va NATO hududining har bir qarichini himoya qilishimizni aytishimiz kerak”, — dedi polshalik diplomat CBS telekanaliga bergan intervyusida.

So’nggi paytlarda Rossiya va NATO o’rtasida keskinlik kuchaygan.

Kreml Rossiya Shimoliy Atlantika ittifoqchilariga hujum qilish niyatida emasligini bir necha bor ta’kidlagan. Ammo NATOning ko‘plab mamlakatlari rasmiylari va razvedka xizmatlari Rossiya hukumati hujumga tayyorlanayotganini aytadi.

2025-yil 12-16-sentabr kunlari Rossiya Belarus bilan hamkorlikda “Zapad-2025” strategik harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Harbiy razvedka bo’yicha tahlilchi Rebekka Kofflerning aytishicha, rus harbiylari ham bu mashg’ulotlar davomida taktik yadro qurolidan foydalanishni mashq qilgan. Harbiy kiyimdagi prezident Putin jarayonni boshqargan.

Shunisi e’tiborga loyiqki, na Rossiya, na G’arb yadroviy urushni xohlamaydi, ammo tobora beqaror vaziyat yadro urushi har qachongidan ham ko’proq ehtimoli borligini ko’rsatmoqda.

Myunxen xalqaro xavfsizlik kengashi raisi Kristof Xoysgenning fikricha, agar Putin jang maydonida Ukrainani mag‘lub etsa, NATO bilan urush boshlaydi.

Avvalroq Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) Boltiqbo‘yi davlatlari Ukrainadan keyin Kremlning navbatdagi nishoniga aylanishini taxmin qilgan edi.

Avval xabar berganimizdek, Estoniya, Latviya va Litva Rossiya hujumi sodir bo‘lgan taqdirda o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish rejalarini ishlab chiqmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version