Sport
UEFA Isroilni chetlatadi
Isroil terma jamoasi JCh saralashida oxirigacha qatnashadi, biroq sanksiyalar qo‘llaniladi, deb xabar berdi The Guardian.
UEFA Isroil terma jamoasini 2026-yilgi jahon chempionati saralashidan chetlatishga urinmaydi. Biroq, nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tashkilot o‘z doirasida sanksiyalar kiritadi: ular faqat UEFAning to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorati ostidagi musobaqalarga ta’sir qiladi.
Soddaroq tushuntirganda, Isroil terma jamoasi Millatlar ligasining navbatdagi o‘yinida ishtirok eta olmaydi, Tel-Avivning «Makkabi» klubi esa joriy mavsumda Yevropa ligasidan chetlatiladi. Manbaga ko‘ra, UEFA ijroiya qo‘mitasining shu hafta bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida shunday qaror qabul qilinadi.