Dunyodan
Turkiyadagi zilziladan zarar hisoblandi
Turkiyada uch yil avval yuz bergan zilzila mamlakat iqtisodiyotiga 150 milliard dollar zarar yetkazgan. Bu haqda Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an zilzila oqibatlarini xotirlash marosimida ma’lum qildi.
Prezident Erdog’an, mamlakat falokat oqibatlarini yengganini aytdi.
Ma’lumot uchun: 2023-yilning 6-fevral kuni Turkiya janubi-sharqida va Suriya shimolida 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir bo‘ldi. Ushbu zilzilalardan so’ng Turkiya, Suriya va boshqa qo’shni mamlakatlarda minglab zilzilalar qayta-qayta sezildi.
Bundan uch yil muqaddam zilzila oqibatida Turkiyada 53537 kishi halok bo‘lgan (shu jumladan Suriyada jami qurbonlar soni 59 mingdan oshadi) va 107 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.
Ushbu tabiiy ofat 14 millionga yaqin odamning hayotiga ta’sir ko’rsatdi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, 39 mingga yaqin bino va inshootlar zarar ko‘rgan, iqtisodiy zarar esa 150 milliard dollarga baholanmoqda.