Jamiyat

Turkiyada og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Published

on


U yozda ishlash uchun Istanbul shahriga kelgan bo‘lib, ikki oydan so‘ng sog‘ligi yomonlashib, Arnautko‘y davlat shifoxonasiga joylashtirilgan.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi F. Ya. 2025 yil iyul oyida ishlash maqsadida Turkiyaning Istanbul shahriga kelib, Arnautko‘y tumanidagi qurilish obektlarida kunlik tartibda mehnat qilib kelgan.

29 sentabr kuni ish jarayonida uning sog‘lig‘i yomonlashib, Arnautko‘y davlat shifoxonasiga joylashtirilgan.

Davolanish jarayonidan so‘ng fuqaroning hozirgi sog‘liq holatini inobatga olgan holda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan zarur tashkiliy va amaliy yordam ko‘rsatildi.

Mazkur idoralar ko‘magida fuqaro nazoratchi shifokor hamrohligida O‘zbekistonga qaytarildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version