Dunyodan
Prezident Tramp delegatsiya parvozini bekor qildi
AQSh prezidenti Islomobodda o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralar oldidan delegatlarga Pokistonga uchmaslik haqida ko‘rsatma berdi. U bu qarorini “sayohat qilish juda ko’p vaqt talab etadi” deb tushuntirdi.
Avvalroq AQSh delegatsiyasi, jumladan Stiven Uitkoff va Jared Kushner Islomobodga borishi kerak edi. Prezident Tramp oxirgi daqiqada tashrifini bekor qildi, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi ham Pokistonni tark etdi.
Prezident Tramp Eron rahbariyatida “noaniqlik va ichki qarama-qarshilik” mavjudligini ta’kidlab, AQShning pozitsiyasi kuchli ekanini aytdi. Eronning aytishicha, muzokaralar faqat vositachi orqali o’tadi.
Islomobod muzokaralarda vositachi sifatida ishtirok etgan. Arakuchi Pokistonga tashrifini “samarali” deb baholadi va mintaqada tinchlikni tiklash uchun muloqot davom etayotganini qayd etdi.
Birinchi muzokaralar 11 aprel kuni bo‘lib o‘tgan, biroq hech qanday natija bermagan. Shundan so‘ng Qo‘shma Shtatlar Eronni kelishuvni buzgan deb hisoblab, Hormuz bo‘g‘ozini yopdi.