Iqtisodiyot
Turk kapitali ishtirokidagi bizneslar: asosiy ulush Toshkent shahrida
2026 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida jami 2 137 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning katta qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.
Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yilning 1 yanvar holatiga mamlakatda Turkiya kapitali ishtirokida 2 137 ta korxona faoliyat olib bormoqda.
Qayd etilishicha, mazkur korxonalarning: 496 tasi — qo‘shma korxona, 1 641 tasi — xorijiy korxona hisoblanadi.
Hududlar kesimida eng ko‘p Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar Toshkent shahrida — 1 305 ta ekani ko‘rsatilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (298 ta) va Samarqand viloyati (115 ta) qayd etilgan.
Shuningdek, Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni hududlar bo‘yicha quyidagicha:
Toshkent shahri – 1 305 ta;
Toshkent viloyati – 298 ta;
Samarqand viloyati – 115 ta;
Farg‘ona viloyati – 70 ta;
Andijon viloyati – 58 ta;
Jizzax viloyati – 55 ta;
Buxoro viloyati – 43 ta;
Namangan viloyati – 43 ta;
Surxondaryo viloyati – 31 ta;
Xorazm viloyati – 30 ta;
Navoiy viloyati – 30 ta;
Sirdaryo viloyati – 23 ta;
Qashqadaryo viloyati – 18 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 18 ta.
Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy ko‘rsatkichning katta qismi poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelishi Toshkent shahrida biznes muhiti, logistika imkoniyatlari va bozor infratuzilmasi nisbatan rivojlangani bilan izohlanishi mumkin.