Jamiyat
Trackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
Toshkent–Farg‘ona yo‘nalishida harakatlanayotgan Tracker rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, uning yukxonasidan qariyb 9 kilogramm gashish moddasi aniqlandi. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi va kontrabandasiga qarshi qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida «Toshkent – Farg‘ona» yo‘nalishida harakatlanayotgan Tracker rusumli transport vositasi yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatildi. Avtomashina Farg‘ona shahrida yashovchi, muqaddam talonchilik jinoyati uchun sudlangan 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan boshqarilayotgan bo‘lgan.
Transport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, haydovchining o‘z iste’moli uchun saqlab qo‘ygan 1,72 gramm narkotik moddasi borligi aniqlangan. Qo‘shimcha tekshiruvlar davomida esa avtomashinaning yukxonasidan 8 kilogramm 913 gramm gashish musodara qilingan.
Tergovga qadar tekshiruv jarayonida ushbu shaxs mazkur narkotik moddani qo‘shni davlatdan Toshkent viloyati hududiga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan narkotuhfani qabul qilib olib, doimiy yashash manziliga olib ketayotgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.
DXX fuqarolarni giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq holatlar haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirdi. Ma’lumot beruvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Jamiyat
Toshkentdagi barcha qurilish obektlari uchun yangi talablar joriy etiladi
Poytaxtdagi qurilish maydonlarida ekologik holatni yaxshilash, xavfsizlikni ta’minlash va qurilish jarayonlarini samarali nazorat qilish maqsadida yangi standartlar joriy etiladi. Yangi talablar Toshkentdagi qariyb 1700 ta qurilish obektini qamrab oladi.
Toshkent shahar hokimining «Axborot, hisobot, muloqot» shaklidagi uchrashuvi doirasida qurilish obektlarida ekologik normalarni joriy etish va maydonlarni yagona tartib asosida tashkil etishga qaratilgan yangi loyiha taqdim etildi.
Loyihaga ko‘ra, qurilish obektlari tashqi tomondan maxsus to‘siqlar bilan o‘raladi. Shuningdek, obekt pasporti o‘rnatilib, unda qurilish haqidagi barcha zarur ma’lumotlar joylashtiriladi. Piyodalar xavfsizligi uchun himoya soyabonlari tashkil etish ham majburiy talablardan biri bo‘ladi.
Qurilish maydonlari atrofida mikroiqlim yaratish tizimlari, suv purkagich va dozatorlar o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu choralar havoga tarqaladigan chang miqdorini kamaytirishga xizmat qiladi.
Qurilish jarayonlarini doimiy kuzatib borish maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi va ular Qurilish nazorati inspeksiyasining yagona tizimiga integratsiya qilinadi. Bundan tashqari, ekologik datchiklar, tungi kuzatuv vositalari, artezian quduqlari, avtomobillarni yuvish maydonchalari hamda avtomatik elektr hisoblagichlari joriy etiladi.
Shuningdek, qurilish texnikalarining shahar ko‘chalariga toza holda chiqishini ta’minlash ham asosiy talablardan biri sifatida belgilanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, poytaxtdagi 1700 ga yaqin qurilish obektini yangi talablarga moslashtirish uchun qurilish tashkilotlariga muayyan muddat beriladi.
Uchrashuv davomida aholi va mutaxassislarning takliflari ham muhokama qilindi. Toshkent shahar hokimi loyihani takomillashtirish bo‘yicha konstruktiv takliflar inobatga olinishini ta’kidladi.
Jamiyat
Qo‘qonda yirik miqdordagi gashish va «Regapen» musodara qilindi
Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 2 kilogrammdan ortiq gashish hamda 5600 dona kuchli ta’sir qiluvchi «Regapen» dori vositasi aniqlandi. Ularni sotishni rejalashtirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati
Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasi hamda kontrabandasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Qo‘qon shahrida harakatlanayotgan «Damas» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Avtomashina Farg‘ona tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan boshqarilayotgan bo‘lgan.
Tekshiruv jarayonida transport vositasi salonidan 2 kilogramm 40 gramm gashish moddasi hamda 5600 dona «Regapen» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi topilib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, mazkur shaxs ushbu giyohvandlik vositalarini Qirg‘iz Respublikasidagi jinoiy sherigidan olib, Qo‘qon shahrida sotishni rejalashtirgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-, 251-1 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud qarori bilan unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mutasaddilar fuqarolarni giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq holatlar haqida DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirmoqda.
Jamiyat
Yoshlar loyihalariga 100 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi
O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash maqsadida yangi moliyalashtirish dasturi joriy etiladi. Unga ko‘ra, 31 yoshga to‘lmagan fuqarolarning biznes tashabbuslariga 100 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
Prezidentning “Tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, AT «Aloqabank» tomonidan «Yoshlar biznesi» dasturi doirasida 31 yoshga to‘lmagan fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini moliyalashtirish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi. Mablag‘lar 7 yilgacha muddatga, asosiy qarz bo‘yicha 1 yilgacha va foiz to‘lovlari bo‘yicha 3 oygacha imtiyozli davr bilan ajratiladi.
Dastur doirasida sug‘urta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi asosida turli yo‘nalishlarda mablag‘ olish mumkin bo‘ladi.
Jumladan, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rganish xarajatlarini qoplash uchun 20 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar marketingi, mobilografiya, frilans, onlayn do‘konlar tashkil etish va o‘zini o‘zi band qilishga qaratilgan loyihalar uchun esa 50 mln so‘mgacha mablag‘ berish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, kasanachilik, tikuvchilik, to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bog‘liq loyihalar ham 50 mln so‘mgacha moliyalashtiriladi.
Novvoychilik va qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash hamda sotishga ixtisoslashgan loyihalar uchun eng yuqori miqdor — 100 mln so‘mgacha mablag‘ ajratilishi belgilangan.
Jamiyat
Hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kuzatiladi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 34-36 daraja, janubda 38-40 darajagacha bo‘ladi.
2-4-iyun kunlari respublika bo‘yicha yoz faslining eng boshi uchun odatiy ob-havo bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Kechasi va kunning birinchi yarmida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Kunning ikkinchi yarmida konvektiv bulutlilik rivojlanadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati asta-sekin 28-33 darajagacha, janubda 34-37 darajagacha pasayadi.
5-iyunda faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 1-5-iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: 1-iyunda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 34-36 daraja bo‘ladi.
2-4-iyunda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asta-sekin 29-31 darajagacha pasayadi. 5 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-15 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Jamiyat
Toshkentda shifokor amaliyotchi talaba qizlarga shilqimlik qildi
Toshkent shahridagi xususiy shifoxonalardan birining 33 yoshli shifokori amaliyotchi talaba qizlarga shahvoniy shilqimlik qilib kelgan. U 2026 yil mart oyi oxirida o‘z xizmat xonasida amaliyotchi talaba qizga jinsiy aloqa taklif qilgan. Aprel oyi oxirida esa boshqa bir talaba qizga shilqimlik qilib, unga uylanmoqchi ekanini va amaliyotga kelmagan kunlariga ijobiy baho qo‘yib berishini aytgan.
Toshkent shahrida amaliyotchi talaba qizlarga shahvoniy shilqimlik qilgan shifokor ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanishdi.
Sud hujjatiga ko‘ra, 33 yoshli S.S. poytaxtdagi xususiy shifoxonalardan birida urolog bo‘lib ishlaydi. 2026 yil 26 mart kuni u shifoxonaga amaliy mashg‘ulot o‘tash uchun kelgan talaba qizga o‘z xizmat xonasida jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan.
S.S. 2026 yil 28 aprel kuni shifoxonada boshqa bir talaba qizga shilqimlik qilgan: yaxshi ko‘rib qolganini, unga uylanmoqchi ekanini aytib, amaliyotga kelmagan kunlariga ijobiy baho qo‘yib berishini bildirgan.
Shifokor sudda aybga qisman iqror bo‘lgan. U birinchi talabaga shilqimlik qilmaganini, ikkinchi qizni esa yaxshi ko‘rib qolganini aytgan.
Talaba qizlar shifokor ularga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilganini bildirib, S.S.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Qizlardan biri shifokor bilan o‘zaro suhbat jarayonini diktofonga yozib olganini ham ma’lum qilgan.
JIB Olmazor tuman sudining 2026 yil 1 iyundagi qarori bilan S.S. MJtKning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Avvalroq Yuqori Chirchiqda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan maktab direktori 5 sutkaga qamalgandi.
-
Iqtisodiyot5 days agoSaida Mirziyoyeva tadbirkorlarga berilgan yangi imtiyozlar haqida gapirdi
-
Dunyodan5 days ago
Vengriya parlamenti Viktor Orbanning “meros”idan voz kechdi.
-
Dunyodan2 days ago
Myanmadagi portlash 46 kishining hayotiga zomin bo’ldi: tafsilotlar
-
Sport3 days agoParijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar YeChLdagi g‘alabani nishonlash chog‘ida ko‘chalarda mashinalar yoqib yuborilgan, politsiyachilar bilan to‘qnashuvlar ro‘y bergan va yuzlab fanatlar qo‘lga olingan.
-
Mahalliy5 days ago
Yangi O‘zbekistonda ijod ahlining qadri ulug‘landi!
-
Siyosat5 days agoPrezident Mirziyoyev O‘zbekiston va YeOII o‘rtasidagi hamkorlikning beshta asosiy ustuvor yo‘nalishini belgilab berdi
-
Siyosat3 days agoPutin Armanistonga jiddiy tahdid qildi
-
Mahalliy5 days ago
Jamiyat voz kechgan bolalarni kaltaksiz “odam” qilgan o‘qituvchi
