Siyosat
Toshkentda yirik hududlarda issiq suv taʼminoti 5 kunga toʻxtatilganini maʼlum qildi
Toshkentning bir qancha tumanlarida rejalashtirilgan profilaktika ishlari munosabati bilan besh kunga issiq suv taʼminoti toʻxtatiladi, deya xabar qildi rasmiylar. Cheklovlar asosan Yashnobod, Yakkasaroy, Mirobod, Tironzor, Shaykantakfur va Sergeli tumanlarining bir qismiga tegishli.
27 apreldan 1 maygacha 7-sonli qozonxona (7-IM) va Toshkent issiqlik elektr stansiyasida (Toshkent IES) rejalashtirilgan infratuzilmani taʼmirlash ishlari doirasida issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Buzilishlar jabrlangan hududlardagi ko‘plab yo‘llar, turar-joy majmualari va mahallalarni qamrab olishi kutilmoqda.
Rasmiy xabarga ko‘ra, uzilish Yashnovod tumanidagi 7-sonli qozonxona xizmat ko‘rsatuvchi zonaga ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Qorasub, Beshariq, Birlashgan, Ohangalon yo‘li, Parknt ko‘chasi kabi yirik avtomobil yo‘llari, Tuzel va Aviasozlar turar-joy massivlari shular jumlasidandir.
Toshkent IESning xizmat ko‘rsatish hududida ham xizmatlar uziladi. Bunga Yakkasaroy, Mirobod, Tironzor, Shaykantakfur va Yashnobod tumanlarining bir qismi kiradi, Shota Rustaveli, Oybek va Amir Temur kabi yirik koʻchalarda elektr taʼminotida uzilishlar kutilmoqda.
Rasmiylar aholiga tayyorgarlik ko’rish uchun ta’sir ko’rsatadigan muayyan mahallalar va turar-joy binolarining keng ro’yxatini taqdim etmoqda. Ushbu zonalarda yashovchilarga to’xtatib turish vaqtida zarur ehtiyot choralarini ko’rish tavsiya etiladi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Tbilisi shahriga yetib bordi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga keldi.
Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Gruziya Bosh vazirining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Bugun Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Ertaga, 3-iyul kuni O‘zbekiston yetakchisi Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga davlat tashrifi doirasida 3 iyul kuni Tbilisi shahridagi Qahramonlar maydoniga tashrif buyurdi.
Davlat rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Shavkat Mirziyoyev Gruziya birligi uchun halok bo‘lgan qahramonlar yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Gruziya davlat madhiyalari yangradi.
Avvalroq Tbilisidagi Orbeliani saroyida Shavkat Mirziyoyev va Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvilining muzokaralari bo‘lib o‘tgandi.
Siyosat
O‘zbekiston Gruziyada elchixona ochadi: Tbilisida muhim kelishuvlarga erishildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazib, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator muhim kelishuvlarga erishdilar.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonning Gruziyadagi elchixonasini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘shma «yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-tranzit, sanoat kooperatsiyasi, energetika, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldilar.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 270 million dollarni tashkil etgan. Tomonlar yaqin yillarda ushbu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.
Uchrashuvda transport-tranzit sohasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Poti va Batumi portlari infratuzilmasidan yanada faol foydalanish, Gruziyada O‘zbekiston logistika xabini tashkil etish hamda «Boku – Tbilisi – Kars» temir yo‘lini «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘l magistrali bilan bog‘lash imkoniyatlarini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qo‘shma biznes forumi yakunlari yuqori baholandi va 2027-yilgacha mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi imzolangani qayd etildi.
Siyosat
O‘zbekiston Prezidentining Gruziyaga davlat tashrifi yakunlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze kuzatib qo‘ydi.
Tbilisi shahrida davlatimiz rahbari Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili va Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston – Gruziya do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-tranzit, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirishning muhim masalalari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi. Bundan tashqari, ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami almashildi.
Orbeliani saroyida O‘zbekiston yetakchisiga Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Tbilisi shahrida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Davlat tashrifi yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.
Siyosat
Irakliy Kobaxidze Shavkat Mirziyoyevni «O‘zbekistonni rivojlantirishga to‘liq o‘zini bag‘ishlagan chinakam rahbar» deb atadi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi yakunlandi.
Davlat rahbarini aeroportda kuzatish chog‘ida jurnalist Jahongir Olimov Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzedan eksklyuziv intervyu oldi.
Irakliy Kobaxidze oliy darajadagi muzokaralar hamda ularning natijalariga to‘xtaldi. Hukumat rahbari, shuningdek, global miqyosda siyosiy yetakchilar tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda, O‘zbekiston buyuk rahbarga ega ekanini alohida ta’kidladi.
«Dunyoda rahbarlar tanqisligi bor, ammo O‘zbekistonda buyuk bir yetakchi bor. U O‘zbekistonni rivojlantirishga to‘liq o‘zini bag‘ishlagan chinakam rahbar. Uning ulkan yutuqlari o‘zining shaxsiy yetakchiligi samarasi», — dedi Gruziya Bosh vaziri.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Tbilisiga so‘nggi 23 yilda ilk bor tashrif buyurdi. Gruziya va O‘zbekiston o‘rtasida Strategik sherikchilik bo‘yicha shartnoma imzolandi.
-
Siyosat2 days agoO‘zbekiston va Gruziya strategik sheriklik deklaratsiyasini imzoladi
-
Dunyodan4 days ago
NATO davlatlari Rossiyadan xavotirda…
-
Jamiyat4 days agoSog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi murojaat bilan chiqdi
-
Iqtisodiyot3 days ago
Iyunda eskrou orqali 34 mingdan ortiq bitim rasmiylashtirildi
-
Jamiyat3 days agoToshkentda Malibu qahvaxonaga borib urildi
-
Sport4 days agoJCh kundaligi. Mbappe Messini ta’qib qilmoqda
-
Jamiyat2 days agoO‘zbekistonda ayollar umr ko‘rish bo‘yicha erkaklardan oldinda
-
Jamiyat5 days agoGaz ta’minoti va kadastr tizimida korrupsion jinoyatlar aniqlandi
