Jamiyat

Toshkentda mast haydovchi ichki ishlar xodimiga musht tushirdi

Published

on


Toshkentda mast holatda avtomashina boshqarib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan, PPX xodimiga qo‘l ko‘targan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda YHXX xabar berdi.

Holat 30 mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Malibu va Leapmotor mashinalari o‘zaro to‘qnashib ketgach, haydovchilar o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. So‘ngra Leapmotor haydovchisi 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib,  davlat raqam belgisiga ega bo‘lmagan Malibu haydovchisi avariya sodir etib, unga nisbatan qo‘pollik qilayotgani haqida xabar bergan.

Murojaatga asosan voqea joyiga yetib borgan yo‘l-patrul xizmati xodimlari holatni rasmiylashtirishga kirishgan. Mast holatda mashina boshqarib kelgan Malibu haydovchisiga alkotester orqali tekshiruvdan o‘tish taklif qilingan.

Haydovchi esa qarshilik ko‘rsatib, xodimlardan biriga musht tushirgan.

Shundan keyin u boshqa xodimlar hayoti, sog‘lig‘iga zarar yetkazishning oldini olish maqsadida maxsus vositalarni qo‘llagan holda zararsizlantirilgan.

Haydovchi spirtli ichimlik ichgani sababli qo‘li ko‘tarilib ketganini aytib, uzr so‘ragan.

«Leapmotor avtomashinasini turtib oldim. To‘xtab, nima bo‘ldi ekan, deganimda kayfligim sababli u bilan g‘ijillashganimda 102 ga qo‘ng‘iroq qilib, GAI chaqirgandi. PPX xodimlari ham kelgandi. Ichganligim sababli qo‘lim ko‘tarilib ketdi. Mingdan ming pushaymonman qilgan ishimdan. Ichki ishlar xodimlaridan uzr so‘rayman. Bu hol boshqa takrorlanmaydi», – deydi haydovchi.

Hozirda u protsessual tartibda ushlangan. Holat yuzasidan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va bezorilik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version