Jamiyat
Toshkentda hayit namozi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6 iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatga olib, 2025 yilning 6 iyun kuni poytaxtdagi 122 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda.
Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 6 iyun soat 00:00 dan 08.00 gacha poytaxtning qator ko‘chalari va yo‘llarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Ro‘yxat:
▪️ Mirzo Ulug‘bek tumani
— «To‘ra buva» masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi – Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.
▪️ Bektemir tumani
— «Xo‘ton» masjidi oldidagi Bektemir shohko‘chasi – Husayn Boyqaro ko‘chasidan, Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.
▪️ Olmazor tumani
— «Islomobod» masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi, KHAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.
— «Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi, Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.
— «Do‘stjonboy» masjidi oldidagi Sag‘bon – Sag‘bon 12-tor ko‘chalari kesishmasidan, Keles yo‘li – Noraztepa ko‘chalari chorrahasigacha.
▪️ Shayxontohur tumani
— «Shayx Zayniddin» masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.
— «Xo‘ja Allambardor» masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari chorrahasidan, Kamolon – Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
— «Kox ota» masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi, Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.
▪️ Chilonzor tumani
— «Ubay ibn Ka’b» masjidi oldidagi Al Xorazmiy ko‘chasi, Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan, Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.
— «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi, Al Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan, Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.
— «Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor – Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan, Oliy Majlis binosi qarshisigacha
▪️ Uchtepa tumani
— «Abdulloh ibn Ma’sud» masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi, Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan, Lutfiy – Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha.
— «Hazrati Ali» masjidi oldidagi Nazarbek – Mahorat ko‘chalari chorrahasidan, Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
▪️ Yunusobod tumani
— «Minor» masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi, KHAY – Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan, KHAY – Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.
— «Mirzo Yusuf» masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasidan, Shivli ko‘chasigacha.
▪️ Yakkasaroy tumani
— «Usmon bin Ma’zun» masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi, KHAY – Qushbegi chorrahasidan, KHAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.
▪️ Sergeli tumani
— «Nurul Islom» masjidi oldidagi THAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasidan, THAY – Qumariq ko‘chalari chorrahasigacha.
▪️ Yashnobod tumani
— «Islom ota» masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan, Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.
▪️ Mirobod tumani
— «Qo‘yliq ota» masjidi oldidagi THAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan, THAY – Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.
Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida 6 iyun kuni Toshkent shahridagi jamoat transportlari ya’ni avtobus yo‘nalishlari va metropoliten soat 03:00 dan o‘z harakatini boshlaydi.