Connect with us

Jamiyat

Toshkent viloyatida ko‘p miqdordagi narkotik bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Published

on


IIBB va DXX tezkor xodimlari hamkorligida ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasi bilan bog‘liq jinoyat issiq izidan fosh etildi.

Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizimlari tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanishiga qarshi, jumladan ularni saqlash, iste’mol qilish, yetishtirish hamda o‘tkazish holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tizimli va uzluksiz chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Respublika bo‘yicha o‘tkazilayotgan «Qoradori – 2025» keng ko‘lamli tadbiri doirasida Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan Bekobod shahar IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir amalga oshirildi.

Tadbir davomida Bekobod shahrida yashovchi shaxs qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan, qariyb 1 kg bo‘lgan «gashish» giyohvandlik moddasini shaharning Navro‘z mahallasi hududida yashirib qo‘yilgan joyidan olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu giyohvandlik moddasi tojikistonlik narkokurer tomonidan kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Nurafshonda bankomatni ochishga urinish to‘xtatildi, gumonlanuvchi ushlandi

Published

on


Nurafshon shahrida tungi soat 03:10 da bankomatdan kelib tushgan tashvish signali asosida tezkor guruh 4 daqiqa ichida voqea joyiga yetib borib, bankomatni buzib ochishga uringan gumonlanuvchini ushladi.

Toshkent viloyati Nurafshon shahri hududida joylashgan bankomat qurilmasidan tashvish signali kelib tushdi.

Toshkent viloyati IIBB Qo‘riqlash boshqarmasiga Nurafshon shahar “Oppoq” MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan bankomatdan tashvish xabari kelib tushgan. Xabar navbatchilik qismi orqali tungi xizmatga biriktirilgan tezkor guruhga zudlik bilan yetkazilgan va xodimlar 4 daqiqa ichida voqea joyiga yetib borgan.

Aniqlanishicha, bankomat ichida bo‘lgan noma’lum shaxs ushlangan. Tekshiruv davomida uning yonidan bolg‘a, otvertka va boshqa xo‘jalik anjomlari borligi ma’lum bo‘lgan. U bankomat eshigini buzib ochib, ichidagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga uringan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro (Y.A.) voqea joyida issiq izidan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Surxondaryoda nohaq ayblanganini aytgan yolg‘iz onaning ishi kassatsiyada o‘zgartirildi

Published

on


Qabriston nazoratchisining xatti-harakati uchun aybdorga chiqarilgan obodonlashtirish bo‘limi mutaxassisining ishi kassatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilib, sud hukmi o‘zgartirildi. Ikki bolani yolg‘iz voyaga yetkazayotgan, oilaning yagona boquvchisi bo‘lgan ayol o‘ziga nisbatan adolatsiz hukm chiqarilganini aytib, tergov va suddan norozi bo‘lgandi.

Uzun tumani obodonlashtirish boshqarmasi kadrlar bo‘limi mutaxassisi Iroda Sharipovaga nisbatan chiqarilgan sud hukmi kassatsiya instansiyasi ajrimi bilan o‘zgartirildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.

Sud ajrimiga ko‘ra, Iroda Sharipovaga tayinlangan 1 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolib, 1 yil axloq tuzatish ishlari jazosi bekor qilindi. Kassatsiya sudi Iroda Sharipovaning qilmishi ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan, deb hisoblab, uni jazodan ozod qildi. 

Shu bilan birga, sud hukmining qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirildi, oqlov hukmi chiqarishni so‘rab qilingan kassatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmadi.

Nima bo‘lgandi?

Uzun tumani qabriston nazoratchisi vazifasida ishlab kelgan Abubakr Hotamov ismli xodim 2022 yil sentabrdan 2025 yil apreligacha o‘z xizmat faoliyatida ishlab turgan holda qo‘shimcha ravishda Termiz shahridagi Imom Termiziy nomli o‘rta maxsus kasb-hunar diniy maktabida ta’lim olib kelgan, bundan rahbariyatni xabardor qilmagan.

Iroda Sharipova Abubakr Hotamov ish joyida bo‘lmagani holatida tabellarga soxta ma’lumotlar kiritib, unga ish haqi sifatida to‘langan 44,7 mln so‘m budjet mablag‘larini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda ayblangan.

Abubakr Hotamovning faoliyatini nazorat qilish Iroda Sharipovaning vakolatiga kirmagan. Qolaversa, aynan Hotamov ishlagan hudud Irodadan 35-40 km uzoqda, uni har kuni nazorat qilishga imkon yo‘q va u bo‘lim boshliqlari bergan hisobotga ko‘ra ish haqi yozgan. Ishga guvoh sifatida jalb etilgan Abubakr Hotamov ham Sharipovaning aybi yo‘qligini aytgan.

JIB Qiziriq tuman sudining 2025 yil 25 oktyabrdagi hukmi bilan Iroda Sharipova o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish jinoyatlarida aybli deb topilgan. Unga 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlashdan mahrum qilib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 9 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Ikki farzandni ulg‘aytirayotgan yolg‘iz ayol sud tayinlagan jazodan so‘ng og‘ir ahvolga tushib qolgan. U kassatsiya tartibida shikoyat bergach, ish kassatsiya sudida ko‘rib chiqilishi belgilangandi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor qo‘lga olindi

Published

on


Tadbirkor bir qator kamchiliklar bilan qurilgan 12 qavatli “dom”ni pora berish orqali foydalanishga qabul qilishga erishmoqchi bo‘lgan. U shu maqsadda Toshkent shahar FVB xodimiga 30 ming dollar bergan vaqtida tezkor tadbirda ushlangan.

Toshkentda FVV xodimiga pora bergan tadbirkor qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tadbirkor o‘zi rahbarlik qiladigan MChJ tomonidan Yakkasaroy tumanida qurilgan ko‘p qavatli uyni pora berish orqali foydalanishga qabul qildirishga uringan. U “Nazorat.MS.UZ” elektron portali orqali yuboradigan arizasini ijobiy hal qilib berishi evaziga Toshkent shahar FVB xodimiga 30 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan.

Aslida 12 qavatdan iborat mazkur “dom”ning bir qator kamchiliklari bartaraf etilmagan bo‘lgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda MChJ rahbari 30 ming dollarni FVB xodimiga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan tadbirkorga Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

819 mln so‘mlik oltinni chegaradan yashirincha olib o‘tishga uringanlar ushlandi

Published

on


“Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali Qirg‘izistonga 819 mln so‘mlik oltin quymalarni yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lgan ayol va uning qizi to‘xtatib qolindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona idoralari xodimlari hamkorligida tovar-moddiy boyliklarning mamlakat hududidan noqonuniy olib chiqilishining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Baliqchi tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan ayol hamda uning 2006 yilda tug‘ilgan qizi nostandart shakldagi 7 dona, jami 473 gramm oltin quymalarni kiyimlari ostiga yashirgan holda Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali olib o‘tishga uringan vaqtida ushlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelinsa, Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Shaxsning sir saqlanishi kafolatlanadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi fuqarolarni ogohlantirdi

Published

on


Isroil Davlatida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi.

Isroildagi elchixona, jumladan, «mamlakatdagi hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Elchixonasi barcha fuqarolarni shaxsiy xavfsizlik choralariga jiddiy e’tibor qaratishga» chaqirmoqda.

Elchixona bayonotida mintaqada xavfsizlik holati tez o‘zgarishi mumkinligi sababli, quyidagilar tavsiya etildi:


Isroil rasmiy idoralari va mahalliy hokimiyat organlarining xabar va ko‘rsatmalariga amal qilish.
Ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan joylarga borishdan va odamlar gavjum hududlarda uzoq vaqt qolishdan saqlanish.
Sayohat va harakatlanishni rejalashtirishda ehtiyotkorlikka rioya qilish, ayrim hududlarga safarni vaqtincha kechiktirishni ko‘rib chiqish.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo o‘zi bilan olib yurish hamda yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lish.

Elchixona bilan bog‘lanish uchun:


03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076

Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:

Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz

«Iltimos, vaziyatga jiddiy yondashing va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiling», – deyiladi bayonotda. 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.