Connect with us

Jamiyat

Toshkent viloyatida iyul oyidan ichimlik suvi narxi oshadi

Published

on


Toshkent viloyatida 1-iyuldan ichimlik suvi narxi qimmatlashi kutilmoqda. 

Viloyatda 2025-yil 1-iyuldan boshlab ichimlik suvi va oqova suvi narxlari oshadi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashi qarori e’on qilingan. Qaror bugun, 2026-yil 26-may kuni e’lon qilindi. 

Qarorga ilova qilingan jadvalda to‘liq narxar keltirilgan. Jumladan, “Toshkent viloyati suv ta’minoti” tomonidan aholiga yetkaziladigan ichimlik suvi narxi 1 metr kub uchun 2912 so‘mga yetadi (QQS bilan). Ayni damda bu qiymat 2240 so‘mni tashkil etadi. Budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun bu narx 10080 so‘mdan 16800 so‘mga yetadi. Oqova suv xizmatlari narxi aholi uchun 1120 so‘mdan 1456 so‘mga yetadi. Budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun narx 2240 so‘mdan 3360 so‘mga yetadi.

Chimyon-Chorbog‘ suv ta’minoti AJda narx aholi uchun 1232 so‘mdan 1680 so‘mga ko‘tariladi. Budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun narx 5712 so‘mgacha ko‘tariladi.

Musaffo obihayot magistral suv ta’minoti AJ tomonidan aholiga yetkazib beriladigan suv narxi 1680 so‘mdan 2128 so‘mga yetadi. 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Sirdaryo qirg‘og‘ida 55 kg narkotik topildi, egalari qidirilmoqda

Published

on


DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari Farg‘ona viloyatida yirik kontrabanda harakatiga chek qo‘yishdi. Beshariq tumani, «Shodiqoziq» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo qirg‘og‘ida shubhali to‘rtta polietilen qop topildi.

Qoplardan qo‘shni davlatdan noqonuniy olib o‘tilgan ulkan miqdordagi «ajal urug‘lari» va dori vositalari chiqdi:


47 kg 113 gr «gashish» (48 ta o‘ramda);
7 kg 779 gr «opiy» (15 ta o‘ramda);
10 710 dona «Lidaza» va 756 dona «Tenoksikam» dori vositalari.

Kontrabandachilar «yuklar»ni qirg‘oqda qoldirib, voqea joyidan yashirinishga ulgurishgan. Hozirda ushbu zaharli moddalar kimga tegishli ekanligini aniqlash bo‘yicha keng qamrovli qidiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Dunyoni o‘zgartirishga bo‘lgan so‘nggi urinish

Published

on


Haqiqiy telbalik – dunyoni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilib, uni o‘zgartirishga urinmaslikdir, deydi Servantes. Ammo hayotimizda borini boricha qabul qilishni bilmaganlar telba hisoblanadi. Bugun biz 5 daqiqa’da “Don Kixot” romani orqali kulrang haqiqatning rangli orzular ustidan qozongan g‘alabasi haqida gaplashamiz. Ushbu asar bugungacha yozilgan romanlarning eng mashhuri bo‘lib, dunyoda eng ko‘p tarjima qilingan, o‘qilgan kitoblardan biridir.

Asar voqealari kichik bir qishloqda yashovchi kambag‘al aslzoda Alonso Kixanoning hayoti bilan boshlanadi. U ritsarlik haqidagi kitoblarga shu qadar sho‘ng‘ib ketadiki, oxir-oqibat atrofidagi kulrang va zerikarli haqiqatni qabul qila olmay qoladi. Uning uchun dunyo – adolatsizlik, zulm va yovuzlik uyasi emas, balki mard ritsarlar malikalarni qutqaradigan, zaiflarga yordam beriladigan va insonning sharafi hamma narsadan ustun turadigan maydon bo‘lishi kerak edi. Shunday qilib, u o‘zini Don Kixot deb e’lon qiladi va zanglagan sovutlarini kiyib, olamni yovuzlikdan xalos qilish uchun yo‘lga chiqadi.

Bu sayohatda unga hamrohlik qilgan soddadil dehqon Sancho Pansa obrazi asarning eng muhim tirgaklaridan biri. Agar Don Kixot yulduzlarga tikilib xayol suradigan ruh bo‘lsa, Sancho yerda mustahkam turgan, faqat qornini va va’da qilingan orolni o‘ylaydigan jismdir. Servantes bu ikki qahramon orqali insoniyatning ikkiga bo‘lingan tabiatini ko‘rsatib beradi. Biroq safar davomida kuzatiladigan eng qiziqarli jarayon shundaki, bu ikki ziddiyatli dunyo bir-biriga singib boradi.

Asar qahramoni shamol tegirmonlari bilan jang qiladi. Don Kixot uchun ular ulkan va vahshiy devlar bo‘lib ko‘rinadi. Ritsarning yiqilishi va mag‘lubiyati – bu moddiy dunyoning g‘olibligidir. Lekin ma’naviy jihatdan Don Kixot g‘olib bo‘ladi, chunki u qo‘rquvni yengib, yovuzlikka qarshi turishga o‘zida jur’at topadi.

Asarda Don Kixotning atrofdagilar tomonidan masxara qilinishi, kaltaklanishi va kulgiga qolganini ko‘ramiz. Ammo diqqat bilan qarasak, aslida kim telba ekanligi shubha ostida qoladi. O‘z nafsi uchun birovlarni aldaydigan, faqat qornini o‘ylab vijdonini sotadigan va o‘zgalarning tuyg‘ulari ustidan kuladigan “sog‘lom” odamlar Don Kixotning yonida ma’naviy jihatdan ancha qashshoq bo‘lib qoladi. Ritsarning qalbidagi Dulsineya aslida oddiy qishloq ayoli bo‘lishi mumkin, lekin Don Kixotning nigohida u go‘zallik va poklikning oliy timsolidir. Bu esa insonning nigohi olamni qanchalik go‘zallashtira olishiga isbotdir.

Don Kixot uyiga qaytadi va uzoq davom etgan «xayoliy hayot»dan so‘ng, to‘satdan sog‘ayadi. U aqlini yig‘ib, o‘z ismini – Alonso Kixanoni qaytarib oladi va ritsarlik kitoblarini la’natlaydi. Ko‘pchilik o‘quvchilar uchun bu xayrli yakundek tuyulishi mumkin, lekin aslida bu asarning eng og‘riqli qismidir. Sog‘aygan Alonso Kixano uchun dunyo o‘z ranglarini yo‘qotadi. U endi adolatni, malikalarni va sehrli sarguzashtlarni ko‘rmaydi. Orzularidan voz kechgan inson uchun yashashning hech qanday ma’nosi qolmaydi. U o‘z karavotida yotganida, uning yaqinlari xursand bo‘lishadi, lekin faqat bir kishi chin dildan yig‘laydi – bu Sancho Pansa edi.

Aynan shu yerda Servantes keskin burilish qiladi. Safar boshida faqat moddiy foydani ko‘zlagan Sancho, endi o‘z xo‘jayinining oyoqlariga yiqilib, undan yana Don Kixot bo‘lishini so‘raydi. Sancho endi orolni emas, balki o‘sha go‘zal xayollarni sog‘inayotgan edi. Bu – g‘oyaning o‘lmasligidir. Bir inson o‘lishi mumkin, lekin u uyg‘otgan orzu va e’tiqod uchquni boshqa qalbda yashashda davom etadi, deganidir.

Nima uchun biz bu kitobni bugun, XXI asrda ham o‘qishimiz kerak deysizmi? Chunki biz hozir har qachongidan ham ko‘proq «sog‘ayib» ketganmiz. Biz har bir ishimizni raqamlar bilan o‘lchaymiz, muhabbatni biologiyaga, do‘stlikni ijtimoiy tarmoqlarga, jasoratni esa ehtiyotkorlikka almashtirib yubordik.

Darvoqe, Servantes asar so‘ngida bir ogohlantirish qoldirgan. U yerda Don Kixotning o‘z merosxo‘rlariga qo‘ygan bir sharti bor. Ushbu shartni buzish – insonning eng katta fojiasi sifatida talqin qilinadi. Agar siz o‘sha «so‘nggi vasiyatdagi sirli shart» nima ekanligini bilmoqchi bo‘lsangiz, kitobning so‘nggi sahifalarini oching. Chunki aynan o‘sha yerda siz o‘zingizning asl ismingizni va hayotdagi haqiqiy maqsadingizni topishingiz mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Buxoroda mast haydovchi YTH sodir etdi

Published

on


Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro shahrida yashovchi fuqaro o‘z boshqaruvida bo‘lgan Chery rusumli avtomashinasida yo‘l transport hodisasini sodir etdi.

Buxoro viloyati IIBning xabariga ko‘ra, voqea 15 aprel kuni soat taxminan 20:50larda yuz bergan.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida haydovchi spirtli ichimlik ta’sirida avtomashina boshqarganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, uning mastlik holati tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yoqilg‘i xarajatiga 3 foizgacha komissiya minyapti. Farg‘onadan reportaj

Published

on


1 apreldan benzin va dizel, metan va propanni naqd pulga sotish taqiqlandi. Kun.uz muxbiri Farg‘ona viloyatining ayrim tumanlaridagi shoxobchalarda yangi tartib qanday ishlayotganini o‘rgandi, haydovchilar fikriga qiziqdi.

Mashinangizga benzin yo gaz quyishga kirdingiz, yoningizda esa faqat naqd pul bor. Lekin tushkunlikka tushishga hali erta: har qanday cheklovda bo‘lgani kabi, amaliyotda noqulaylikni imkon qadar yengil o‘tish yo‘llari paydo bo‘lib ulgurgan. Quva va Farg‘ona shaharlari hamda Rishton tumanidagi qator shoxobchalarga kirib, bunga yana bir bor guvoh bo‘ldik.

“Naqdga quyaveramiz-u, foizi bor-da…”

Birinchi shoxobchada operatorga yuzlanib, yonimizda faqat naqd pul borligini aytdik va plastik kartasiz ham ishimizni bitirib berishlari yoki yo‘qligini so‘radik. Operator buni kassa xodimi hal qilishini aytdi. Kassaga borib, 50 ming so‘m uzatdik. Xodim naqd puldan foiz ushlab qolinishi va 47 500 so‘mlik propan quyib berishlarini aytdi.

Lekin hamma joyda ham bunday emas. Yana bir shoxobchada 50 ming so‘mlik propan quydik, kassa xodimi hech qanaqa komissiya ushlab qolmadi. Bu vaziyatda, taxminimizcha, u ikki yo‘ldan birini tanlagan: yo xarid cheki chiqarmagan, yoki boshqa bir jismoniy shaxsning kartasidan 50 ming so‘m yechib hisobni to‘g‘rilab qo‘ygan.

65 ming so‘mga qo‘shimcha 1 000 so‘m…

Keyin, boshqa bir shaharda naqd pulga AI-92 benzini quyishga muvaffaq bo‘ldik. 5 litr benzinning narxi 65 ming so‘m bo‘ldi. Lekin ularning talabi bilan kassaga qo‘shimcha 1 000 so‘m, jami 66 ming so‘m to‘lashga to‘g‘ri keldi.

Shunga o‘xshash komissiyani boshqa bir shoxobchada ham uchratdik. Operator 100 ming so‘mlik propanga naqd to‘lov qilganimiz sabab, 1 000 so‘m komissiya borligini aytdi.

“Otaxon pul qo‘yishni bilmayapti, yordam beringlar…”

Metan shoxobchalardan birida qo‘lida bir taxlam pul bilan boshini qashib turgan yoshi ulug‘ haydovchini uchratdik. U mashinasiga metan quyib olgan, to‘lash uchun qo‘lidagi naqd pulini bankomatga solishni bilmay o‘ylanib turardi. Shu payt kassa ichkarisidan mikrofonda “otaxon pul qo‘yishni bilmayapti, yordam beringlar…” degan ovoz eshitildi. Operatorlardan biri ishini tashlab yordamga kelib haydovchining pulini plastik kartasiga solib berdi.

Kassa xodimining aytishicha, naqd pul savdosining taqiqlanishi haydovchilarga ham, zapravka xodimlariga ham noqulayliklar tug‘diryapti.

“70-80 foiz mijozlar naqd pul bilan kelyapti. Kartasi borlar – 20-25 foiz. Endi, yangilik bo‘lgani uchun-da bu”, deydi u.

Kartani infokiosklar orqali to‘ldirayotgan haydovchilar ushlab qolinayotgan komissiyadan norozi. Biz suhbatlashgan ko‘plab aholi vakillari yangi tartibni bekor qilish kerak, deb hisoblashini bildirdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

16:13 “Qo‘rquv bo‘lishi tabiiy, ammo bu sizni to‘xtatmasin”, – 17 yoshida NASA va SpaceX bilan kosmik loyihani amalga oshirgan Akbar hikoyasi

Published

on



16:13

“Qo‘rquv bo‘lishi tabiiy, ammo bu sizni to‘xtatmasin”, – 17 yoshida NASA va SpaceX bilan kosmik loyihani amalga oshirgan Akbar hikoyasi



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.