Connect with us

Jamiyat

Toshkent va Pusan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Published

on


Janubiy Koreyaning Pusan shahriga “Qanot Sharq” aviakompaniyasining ilk samolyoti kelib qo‘ndi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. “Pusan-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvoz arafasida aeroportda mazkur havo qatnovining tantanali ochilish marosim bo‘lib o‘tdi.

Kimxe xalqaro aeroporti va “Qanot Sharq” aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 285 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan birinchi reysga ro‘yxatdan o‘tish jarayonini boshlab berdilar.

Shu tariqa, “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Toshkent va Pusan o‘rtasida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar qulay A-330 samolyotlarida haftasiga  ikki marta – chorshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Pusanlik yo‘lovchilar ilgari Toshkentdan Seulga uchib kelishlari, keyin esa yana to‘rt soatlik yo‘l bosib Pusanga yetib borishlari kerak edi. Bu esa ortiqcha vaqt va mablag‘ talab qilardi. Endilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Pusan shahriga parvoz qilish imkoniyati yaratildi. Bu yo‘lovchilar uchun ulkan qulaylik va yengillik demakdir. Yangi reys nafaqat vaqtni tejaydi, balki sayohatni yanada yoqimli, tez va samarali qiladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Tadbirkorlarga Belarusdagi sheriklar bilan qo‘shma tashabbuslarni boshlash vazifasi yuklatildi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarusga tashrif davomida hududlararo hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosiga doir taqdimot bilan tanishdi. Unda har bir hududdan 30 nafardan yetakchi tadbirkorni Belarusga olib borib, mahalliy sheriklar bilan qo‘shma tashabbuslarni boshlash vazifasi qo‘yildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Taqdimotda qayd etilganidek, davlat rahbarining 8-9 iyul kunlari ushbu mamlakatga rasmiy tashrifi chog‘ida o‘zaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, to‘qimachilik, yog‘ochni qayta ishlash va tibbiyot sohalarida umumiy qiymati 2 milliard dollarlik 310 ta loyiha va chora-tadbirni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Prezident ularni qisqa muddatda amaliy natijaga aylantirish, yangi korxonalar va ish o‘rinlarini tashkil etish, tadbirkorlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhimligini ta’kidladi.

Belarusda investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun taklif etilayotgan sanoat obektlari, davlat mulki va keng qishloq xo‘jaligi yerlari mavjud. Mamlakat hududining 40 foizini yoki 8 million gektarini qishloq xo‘jaligi maydonlari tashkil etadi.

Bu imkoniyatlar qo‘shma ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish, agrar kooperatsiyani rivojlantirish, tadbirkorlik aloqalarini kengaytirish hamda fuqarolarni tashkiliy asosda ish bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratadi.

Bunda Belarusda ishlash yoki biznes yuritish istagidagi fuqarolar va tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantirib, Belarus bilan oldindan kelishib, ish joyi, yashash sharoiti, loyiha uchun zarur bino va yer masalalarini hal etgan holda ularning borishini tashkil qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Taqdimotda Andijon va Vitebsk viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida bajarilgan ishlar haqida axborot berildi.

Ikki hudud o‘rtasida “yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, aniq tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish boshlangan. Ta’kidlanishicha, Andijon viloyatida yashovchi 255 kishining tashkiliy asosda Vitebskka borishi va bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, 11 ta chorvachilik majmuasi negizida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ularning har biri 200 boshdan 3 ming boshgacha qoramol parvarishlash imkoniyatiga hamda yetarli ozuqa maydonlariga ega.

“Andijon invest” kompaniyasi ishtirokida yirik chorvachilik kompleksi va sanatoriy majmuasi negizida investitsiya hamda ijtimoiy tashabbuslarni boshlash choralari ko‘rilmoqda.

Umuman, Vitebsk va Belarusning boshqa viloyatlarida chorvachilik, yog‘ochni qayta ishlash, logistika, savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo‘lgan 30 ta yangi loyiha paketi shakllantirildi.

Xususan, Vitebsk viloyatida 3 ming bosh qoramolga mo‘ljallangan yirik sutchilik majmuasi, bir qator o‘rta hajmdagi chorvachilik xo‘jaliklari, yog‘ochni chuqur qayta ishlash va uning chiqindilaridan pellet ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Prezident Andijon va Vitebsk viloyatlari o‘rtasida shakllangan hamkorlik modelini boshqa hududlar kesimida ham rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari Belarusning Vitebsk, Mogilyov, Grodno, Gomel va Brest viloyatlariga biriktiriladi.

Sanoat va agrar obektlar negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, tadbirkorlik loyihalarini joylashtirish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha alohida “yo‘l xaritalari” tasdiqlanadi.

Har bir hududdan 30 nafardan yetakchi tadbirkorni Belarusga olib borib, mahalliy sheriklar bilan qo‘shma tashabbuslarni boshlash vazifasi qo‘yildi.

O‘zaro savdoni jadallashtirish va yuk tashish xarajatlarini kamaytirish maqsadida zamonaviy logistika infratuzilmasini barpo etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Yil yakuniga qadar “Belarus temir yo‘llari” bilan hamkorlikda Vitebsk viloyatidagi Orsha stansiyasida eksport-import yuklari uchun maqbul tariflar asosida xizmat ko‘rsatadigan intermodal logistika markazini ishga tushirish belgilandi.

Shuningdek, Belarus kompaniyalari bilan hamkorlikda ikki mamlakat o‘rtasida blok-poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi.

Fuqarolarni tashkiliy tartibda ishga joylashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Birinchi bosqichda Vitebsk va boshqa hududlardagi 13 ta korxonaga 1 ming 100 nafar O‘zbekiston fuqarosini tanlov asosida ishga joylashtirish rejalashtirilgan.

Sentabr oyidan boshlab har oyda 500 nafardan, jami 5 ming nafar andijonlikni Vitebsk viloyatida doimiy ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Buning uchun Vitebsk shahrida Migratsiya agentligi vakolatxonasi ochiladi.

Tadbirkorlarga Belarusda hisobvaraq ochish, ustav fondiga mablag‘ o‘tkazish va loyihalariga moliyaviy resurslar olishda ko‘maklashish vazifasi qo‘yildi.

Vitebskda zamonaviy sutchilik majmuasi, yog‘ochni qayta ishlash zavodi va logistika kompaniyasini tashkil etish uchun zarur mablag‘larni qulay shartlarda ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlat rahbari har bir kelishuv aniq loyiha, yangi korxona, qo‘shimcha savdo hajmi va munosib ish o‘rniga aylanishi shartligini ta’kidladi.

Mutasaddilarga erishilgan natijalarni tizimli nazorat qilish va “yo‘l xaritalari” ijrosini tanqidiy tahlil qilib borish topshirildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zini o‘zi band qilganlarga ijtimoiy soliq to‘lash majburiy bo‘lishi mumkin

Published

on


Hozir o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ixtiyoriy ravishda soliq to‘lamoqda. Keyinchalik bu majburiy bo‘lishi mumkin.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ijtimoiy soliq to‘lashni majburiy qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Hozir 2,8 million nafar o‘zini o‘zi band qilgan fuqarodan 800 mingga yaqini ixtiyoriy ravishda soliq to‘laydi. Pensiya jamg‘armasiga bazaviy hisoblash miqdorida (412 ming so‘m) to‘lov qilsa, ularga bir yillik ish staji avtomatik hisoblanadi. Mana shuni rag‘batlantirish maqsadida majburiy tartibda belgilash tizimini joriy qilmoqchimiz», dedi u.

Unga ko‘ra, fuqarolarning to‘lagan pullaridan Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga ajratmalar joriy qilinadi. Yangi tizimda kelgusida bola parvarishi yoki kasallik sabab nafaqa ta’tiliga chiqqanlarga nafaqa olish imkoniyati yaratiladi.

«Davlat rahbari shu bo‘yicha alohida topshiriqlar berdi, takliflarimizni ma’qulladi», dedi vazirlik rasmiysi.

Ta’kidlanishicha, hozir Pensiya jamg‘armasidan moliyalashtiradigan pensionerlar soni 4,3 milliondan oshgan. Ularga 2026 yilda jami 86 trillion so‘m to‘lash belgilangan. Bu jon boshiga oyiga o‘rtacha 1,66 million so‘mdan to‘g‘ri keladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda bekatlar yana almashmoqda: odamlar rozimi?

Published

on


Poytaxtda avtobus bekatlari buzilib, o‘rniga yangi tipdagilari o‘rnatilmoqda. Yangi bekatlar qishning sovuq, yozning jazirama kunlarida yo‘lovchilarga nima bera oladi? Soyasi yetmaganidan quyoshdan pana izlab o‘zini har yonga urayotgan odamlar bu yangilik haqida qanday fikrda? Kun.uz odamlarga mikrofon tutdi.

Toshkent shahrida jamoat transporti infratuzilmasini yaxshilash maqsadida boshlangan avtobus bekatlarini modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Poytaxt hokimligiga ko‘ra, hozirga qadar 1000 dan ortiq bekat yangilangan.

Joriy yil mart oyi boshida Toshkent shahar hokimi barcha bekatlarni yagona standart asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, poytaxtdagi jami 2717 ta bekatdan 1185 tasi yangilanishi, shuningdek, ulardagi noqonuniy savdo shoxobchalari olib tashlanishi belgilangan.

Loyiha Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTeM) tomonidan muvofiqlashtirilib, davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida amalga oshirilmoqda. Rasmiylarning ta’kidlashicha, yangi bekatlar platformalari tekis va to‘siqsiz bo‘lib, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun ham moslashtiriladi. Shahar bo‘ylab kunlik yo‘lovchilar oqimi hozirda 1,4 million kishini tashkil etmoqda va yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 2 million kishiga yetkazish rejalashtirilgan. Bu esa bekatlarning sig‘imi va qulayligiga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda.

Rasmiy ma’lumotlar ortida qanday amaliy holat mavjudligini aniqlash maqsadida Kun.uz muxbiri bir nechta bekatda bo‘lib, yo‘lovchilar fikri bilan qiziqdi.

So‘rovnoma davomida respondentlarning aksariyati yangi bekatlarning “ochiq” va “yupqa” konstruksiyaga ega ekanidan shikoyat qildi. Shuningdek, bekatlarning quyosh, yomg‘ir va boshqa noqulay ob-havo sharoitlaridan yetarli darajada himoya qila olmasligi asosiy muammolardan biri sifatida qayd etildi. Aksariyat yo‘lovchilar bekatlar zamonaviy dizaynga ega bo‘lsa-da, amaliy foydalanish nuqtayi nazaridan yetarlicha qulay emasligini ta’kidladilar. Ayniqsa, yoz oylaridagi yuqori harorat sharoitida soyabon maydonining kichikligi yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirayotgani ta’kidlandi.

«Quyoshli kun, issiq kunlari quyoshni qop ketayotganligini sababli, sal kengaytirish ham kerak. Naves bo‘lsa yaxshi, odamlarga qulay bo‘ladi-da», — deya izohladi yo‘lovchilardan biri.

Yana bir respondent bekat konstruksiyasining amaliy jihatlariga e’tibor qaratib, shunday dedi:

«Bekatni orqa tarafiga o‘tib, avtobusni kutishga majbur bo‘lyapmiz. Bu ostanovkalar bittasi ham yaramas bo‘ladi, yomg‘ir-qorda odamlar hammasini urib tashlaydi».

So‘rovnoma ishtirokchilari tomonidan ko‘tarilgan yana bir muhim masala — bekatlarning raqamli axborot tizimlari bilan to‘liq jihozlanmaganidir. Xususan, GPS asosidagi real vaqt rejimida avtobuslarning harakatini ko‘rsatuvchi elektron monitorlarning yetishmasligi yo‘lovchilarda noaniqlikni yuzaga keltirib, kutish vaqtining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa jamoat transportidan foydalanish qulayligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

«Bu yerda GPS yo‘q, bu yerda o‘zbekchilik, mana shu yo‘lga qarab, tomosha qilib o‘tirishadi».

Bekatlarda o‘rindiqlar sonining kamligi ham yo‘lovchilar tomonidan dolzarb muammo sifatida tilga olindi. Ayniqsa, yoshi katta fuqarolar, homilador ayollar hamda yosh bolalar bilan harakatlanayotgan yo‘lovchilar uzoq vaqt tik turishga majbur bo‘layotgani qayd etildi. Bu esa bekatlarning inklyuzivlik va qulaylik talablariga to‘liq javob bermayotganini ko‘rsatadi.

«Skameykalar ham ko‘paytirish kerak, chunki bu yerda yoshi katta odamlar qiynaladi, ko‘p oyoqda qolib ketishadi».

Intervyular davomida ayrim bekatlarda sanitariya holati va tozalik masalalari ham ko‘tarildi. Respondentlarning ta’kidlashicha, chiqindi qutilarining o‘z vaqtida bo‘shatilmasligi hamda bekat hududining muntazam tozalanmasligi umumiy muhit sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu holat nafaqat estetik ko‘rinishni, balki yo‘lovchilarning jamoat transporti tizimi haqidagi umumiy taassurotini ham yomonlashtirmoqda.

«Birinchidan, hozir bu yerni ko‘rganda holi kayfiyat tushib ketadigan darajada. Musur idishlari yo‘lida qaralmagan, toza emas».



Source link

Continue Reading

Jamiyat

12:12 44 darajali issiqda ish beruvchilarga yangi talablar qo‘yildi

Published

on



12:12

44 darajali issiqda ish beruvchilarga yangi talablar qo‘yildi



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Samarqandda bankka bostirib kirib, pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

Published

on


Samarqand shahridagi banklardan biriga niqobli shaxs qora sumka ko‘targan holda kirib borgan. U o‘zida portlovchi modda borligini aytib, bank xodimlarini qo‘rqitgan. So‘ngra oynalarni sindirib, pul talab qilgan.

Samarqandda bankni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Qo‘riqlash departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 13 iyul kuni Samarqand shahridagi banklardan birida sodir bo‘lgan. Bankka qishki kiyimda, yuzini niqob bilan yashirgan va qora sumka ko‘targan shaxs kirib kelgan. U o‘zida portlovchi modda borligini aytib, bank xodimlarini qo‘rqitgan. So‘ngra oynalarni sindirib, pul talab qilgan.

Kelib tushgan tashvish xabari asosida voqea joyiga qo‘riqlash xizmati xodimlari yetib borgan. Ular niqobli shaxs bilan xavfsiz masofadan turib, muloqot qilishgan. Muzokaralardan so‘ng bosqinchi o‘z xohishi bilan taslim bo‘lgan va qo‘lga olingan. Hodisa oqibatida fuqarolarga zarar yetmagani bildirildi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.