Jamiyat

Toshkent va Navoiy viloyatlarida korrupsionerlar qo‘lga olindi

Published

on


O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash doimiy ravishda kuchayib borayotgan bo‘lsa-da, ayrimlar hali ham bu illat domiga tushmoqda. 

Toshkent viloyatida Soliq boshqarmasi katta inspektori fermer xo‘jaligidan tekshiruvni ijobiy hal etish va bir yil tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga 5 ming dollar pora talab qilgan paytda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqida Telegamdagi “XAVFSIZLIK” kanali xabar qildi.

Navoiy viloyatida bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori hamda bosh hisobchisi murabbiyga ajratilgan xizmat safari pullaridan ulush so‘rab, 3 million so‘m pora olayotganda ushlangan.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version