Mahalliy

Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida Taroveh namozi payti harakat cheklanadi  

Published

on

Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan joriy yilning 28 fevral kunidan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.

Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:

  • Tepa masjidi – Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Bektemir tumani bo‘yicha:

  • Alibek masjidi – M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi. 

Yashnobod tumani bo‘yicha:

  • Islom ota masjidi – Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar harakat cheklanadi. 
  • Ali ibn Abu Tolib masjidi – Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi. 

Mirobod tumani bo‘yicha:

  • Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi – Yangi-Qo‘yliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
  • Qo‘yliq ota masjidi – TXAY-Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi. 

Sergeli tumani bo‘yicha: 

  • Ma’ruf ota masjidi – Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
  • No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi – Yangi Sergeli–S.Xo‘janov ko‘chalari kesishmasidan- S.Xo‘janov Mohidil ko‘chalari kesishmasigacha qadar harakat cheklanadi. 

Yakkasaroy tumani bo‘yicha:

  • Usmon bin Ma’zum masjidi – KXAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY-Qushbegi chorraxasigacha qadar harakat cheklanadi. 
  • Yakkasaroy masjidi – Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘u bo‘ston chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi. 
  • Rakat masjidi – J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi. 

Yangihayot tumani bo‘yicha:

  • Niyozmat ota masjidi – TXAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi. 

Shayxontoxur tumani bo‘yicha:

  • Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi – Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi. 
  • Kamolon masjidi – Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi. 

 Olmazor tumani bo‘yicha:

  • Hazrati imom masjidi – Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi. 
  • Islomobod masjidi – KXAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Do‘stjonboy (Sulola) masjidi – Sag‘bon-12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi. 

 Yunusobod tumani bo‘yicha:

  • Mirza Yusuf masjidi – Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi. 

 Uchtepa tumani bo‘yicha:

  • Abdullox ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi – Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Hazrati Ali masjidi – Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshari ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi. 

 Chilonzor tumani bo‘yicha:

  • Novza masjidi – Bunyodkor-Muqumiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar harakat cheklanadi. 
  • Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi – Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi. 
  • Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi – Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi. 

Ma’lumot uchun, ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version