Jamiyat

Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida harakat bir oyga cheklanadi

Published

on


2025 yil 15 dekabrdan 2026 yil 15 yanvargacha O‘zbekiston Milliy kutubxonasi old maydonida, 2025 yil 17 dekabrdan 2026 yil 5 yanvargacha Taras Shevchenko gastronomik-turizm ko‘chasida transport vositalari uchun harakat cheklovlari o‘rnatiladi. Bu bayram tadbirlari vaqtida aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida amalga oshirilayotgani bildirildi.

Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalari uchun harakat cheklovlari o‘rnatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, harakat cheklovi bayram tadbirlari vaqtida aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida amalga oshirilmoqda. 

2025 yil 15 dekabrdan 2026 yil 15 yanvargacha O‘zbekiston Milliy kutubxonasi old maydonida:

· Zarafshon ko‘chasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

· Istiqlol ko‘chasining A.Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

· Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha.

2025 yil 17 dekabrdan 2026 yil 5 yanvargacha Taras Shevchenko gastronomik-turizm ko‘chasida:

· Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha;

· Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shohko‘chasigacha.

Hokimlik haydovchilarga o‘z yo‘nalishlarini ushbu o‘zgarishlarni inobatga olgan holda rejalashtirishni tavsiya etgan.  



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version