Mahalliy
Toshkent shahridagi Webster universiteti 2025 yil kuzgi qabulini e’lon qiladi
Toshkent shahridagi Webster universiteti (AQSh) 2025 yil kuzgi semestr uchun qabul boshlanganini rasman e’lon qiladi.
Webster — o‘zgarishlarga yetaklaydigan, yetakchilar shakllanadigan va kelajak quriladigan xalqaro maydon hisoblanadi. AQSh va mahalliy akkreditatsiyadan o‘tgan hamda kampuslarning global tarmog‘iga ega bo‘lgan universitet haqiqatan ham hayotingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan ta’limni taklif etadi. Ta’kidlash joizki, Toshkentdagi Webster universiteti O‘zbekistonda tashkil etilgan birinchi Amerika universiteti sifatida mintaqada xalqaro akademik mukammallikning yangi davriga yo‘l ochdi.
Nega aynan Webster?
Webster universitetida ta’lim faqat nazariy bilimlar bilan cheklanib qolmay, bu yerda talabalar kelgusida asos vazifasini o‘tovchi zaruriy ko‘nikmalarni egallashadi. O‘quv dasturlari AQSh akademik standartlariga asoslangan bo‘lib, tanqidiy fikrlash, muloqot, ijodkorlik va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Webster talabalari, shuningdek, ikki tomonlama mutaxassislikni egallash yoki asosiy mutaxassislikni boshqa kichik mutaxassislik bilan birlashtirish imkoniyatiga ega.
Webster universiteti milliy va xalqaro miqyosda akademik mukammalligi bilan e’tirof etilgan. U 2022 yilgi AQSh yangiliklari va jahon hisoboti bo‘yicha eng yaxshi kollejlar ro‘yxatiga ko‘ra (U.S. News & World Report Best Colleges list) AQShning O‘rta G‘arbiy qismida 16-o‘rinni va mintaqadagi umumiy o‘qituvchilar resurslari bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, u Wall Street Journal va Times Higher Education tomonidan talabalarni jalb qilish bo‘yicha AQShning eng yaxshi universitetlaridan biri sifatida baholanadi, bu esa professor-o‘qituvchilar va talabalarning kuchli o‘zaro aloqalari va ta’lim oluvchilarning mamnunligini aks ettiradi.
Toshkent shahridagi Webster universiteti (AQSh) o‘zining yuksak obro‘si bilan e’tirof etilib, 2022 va 2023 yillarda ketma-ket «Yil brendi» va 2024 yil nufuzli «Brands Awards International 2024» mukofotini qo‘lga kiritdi.
Mavjud dasturlar
Bakalavriat:
⦁ Biznes boshqaruvi (BS Business Administration);
⦁ Iqtisodiyot (BA Economics);
⦁ Mediashunoslik (BA Media Studies);
⦁ Xalqaro aloqalar (BA International Relations);
⦁ Axborot tizimlari boshqaruvi (BS Management Information Systems);
⦁ Pedagogika (BEd Education);
⦁ Kompyuter fanlari (BS Computer Science);
⦁ Xalqaro huquq (BA International Law).
Magistratura:
⦁ Biznes boshqaruvi (MBA Master of Business Administration);
⦁ Sog‘liqni saqlash boshqaruvi (MHA Master of Health Administration);
⦁ Ta’lim va innovatsiya (MA EDIN Education and Innovation);
⦁ Boshqa tilda so‘zlashuvchilarga ingliz tilini o‘rgatish (MA TESOL Teaching English to Speakers of Other Languages);
Qo‘shma dasturlar:
⦁ Hamshiralik ishi (BS in Nursing);
⦁ Biologiya (BA in Biology);
⦁ Kimyo (BS in Chemistry);
⦁ Psixologiya (BA in Psychology).
Webster almashinuv dasturlari:
Sent-Luis, Jeneva, Leyden, Vena hamda Afinada o‘qish va amaliyot o‘tash imkoniyatlari. Almashinuv dasturlarida ishtirok etayotgan talabalar uchun Webster universiteti 1000 AQSh dollarigacha bo‘lgan parvoz xarajatlarini qoplaydi va o‘qish narxi Toshkent kampusidagi miqdor bilan bir xil saqlanib qoladi – bu global tajribalarni ham qulay, ham hamyonbop bo‘lishini ta’minlaydi.
Barcha dasturlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi va AQShda akkreditatsiyadan o‘tgan, dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlarida qabul qilingan xalqaro miqyosda tan olingan diplom taqdim etadi.
Webster universitetining o‘ziga xos xususiyatlari:
⦁ AQSh akkreditatsiyasi — xalqaro darajada tan olingan diplom;
⦁ Global kampuslar tarmog‘i — Sent-Luis, Jeneva, Leyden, Vena va Afinada o‘qish imkoniyati;
⦁ Karerani qo‘llab-quvvatlash — amaliyotlar, startap inkubatorlari va mentorlik dasturlari;
⦁ Tajribali o‘qituvchilar — AQSh va Yevropadan kelgan, o‘z sohasida amaliy tajribaga ega professorlar;
• Double Major / Major + Minor imkoniyatlari — karera imkoniyatingizni kengaytiring;
• Eng yaxshi ijtimoiy hayot — mahalliy universitetlar orasida eng faol va inklyuziv talabalar hayoti hamjamiyati sifatida tan olingan;
• G‘oliblar makoni — Webster universiteti voleybol sport turida 1-o‘rinda, shaxmat va futbol musobaqalarida esa eng yuqori o‘rinlarda turadi;
• Kareraga yo‘naltirilgan natijalar — yirik tashkilotlar bilan mustahkam hamkorliklar tufayli bitiruvchilarimiz butun dunyo bo‘ylab yuqori darajadagi muassasalar va kompaniyalarda muvaffaqiyatli faoliyat boshlaydilar.
«Webster — bu haqiqiy o‘zgarishlarga eltadigan makon. Biz nafaqat bitiruvchilarni, balki kelajakda o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi avlodni yetishtiramiz», — Toshkent shahridagi Webster universitetining v.v.b. rektori Entoni Jarvis.
Qanday ariza topshirish mumkin?
1. Sayt orqali onlayn ariza topshiring: webster.uz
2. Ingliz tili bo‘yicha ichki testdan o‘ting yoki IELTS/TOEFL/Duolingo sertifikatini taqdim eting;
3. Zaruriy hujjatlarni yuklang.
Muhim sanalar:
⦁ Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025 yil 31 iyul
⦁ Semestr boshlanishi: 2025 yil 18 avgust
Bog‘lanish uchun:
Toshkent shahridagi Webster universiteti — kelajagingizni Webster bilan o‘zgartiring!
Mahalliy
Maxsus pedagoglar uchun aniq malaka talablari joriy etildi
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi belgilandi.
Adliya vazirligi Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3819, 16.04.2026-y.).
Nizomga ko‘ra, maxsus pedagoglar uchun aniq malaka talablari joriy etildi.
Xususan, ular korreksion pedagogika va defektologiya yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi hamda o‘quvchilarning ehtiyojiga mos maxsus metodikalarni (imo-ishora tili, Brayl alifbosi, nutq nuqsonlarini bartaraf etish usullari) bilishi shart.
Hujjatda dars soatlarini taqsimlashning ustuvor tartibi ham belgilandi.
Unga ko‘ra, dars yuklamalari avvalo malaka toifasi yuqori bo‘lgan, milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega pedagoglarga beriladi.
Shuningdek, 1 pedagog uchun yuklama odatda 0,5 stavkadan kam va 1 stavkadan ortiq bo‘lmasligi, ayrim holatlarda esa 1,5 stavkagacha ruxsat etilishi nazarda tutilgan.
Nizom bilan tarifikatsiya ro‘yxatini shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlashning aniq muddatlari belgilandi.
Jumladan, dars soatlari 17-sentabrga qadar elektron tizimga kiritiladi, 25-sentabrga qadar esa vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Mahalliy
Rektor lavozimiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha dastur yo‘lga qo‘yiladi – Hukumat qarori
Vazirlar Mahkamasining joriy iyl 16-apreldagi «Yangi O‘zbekiston» universitetida «Rektorlar maktabi» dasturini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 177-son qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan «Yangi O‘zbekiston» universitetida davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha «Rektorlar maktabi» dasturi (Dastur) yo‘lga qo‘yiladi.
Dastur davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi.
Dastur doirasida quyidagi mezonlarga mos keluvchi shaxslar ochiq tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi:
30 yoshga to‘lgan;
kamida magistr akademik darajasiga ega;
oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega, shu jumladan, 2 yil rahbarlik lavozimlarida ishlagan .
Dastur tinglovchilarida quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalar rivojlantiriladi:
akademik, moliyaviy, ilmiy va innovatsion boshqaruv;
sun’iy intellekt va raqamlashtirish;
strategik boshqaruv va transformatsiya .
Dasturning o‘quv jarayonlari masofaviy (onlayn) va ishlab chiqarishdan ajralgan holda (offlayn) 6 oygacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi.
Dasturga har yili 80 nafar tinglovchi qabul qilinadi.
Dastur yakunlari bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan 40 nafargacha tinglovchi Garvard universiteti (AQSh) va (yoki) boshqa xorijiy nufuzli oliy ta’lim tashkilotlariga malaka oshirishga yuboriladi.
Mahalliy
Maktablarda yakuniy davlat imtihonlari sanasi e’lon qilindi
Maktablarda yakuniy davlat imtihonlari kunlari e’lon qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari e’lon qilindi. Imtihonlar jadvali quyidagicha:
9-sinf — majburiy fanlar:
Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 1- iyun
Matematika — 4-iyun
O‘zbekiston tarixi — 8-iyun
Jismoniy tarbiya — 1–6-may
11-sinf — majburiy fanlar:
Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 2-iyun
Matematika (asosiy / chuqurlashtirilgan) — 5-iyun
O‘zbekiston tarixi — 9-iyun
11-sinf — tanlov fanlar (barcha bitiruvchilar uchun majburiy):
Fizika, kimyo, biologiya, geografiya, davlat huquq asoslari, ona tili va adabiyoti (qardosh tillar), tet tili — 12-iyun va 15-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
(O‘quvchi 2 ta tanlov fan tanlaydi: 1-fan 12-iyunda, 2-fan 15-iyunda o‘tkaziladi)
Mahalliy
Agrar universitetda 3 yillik ta’lim joriy etiladi
Prezidentning 2026-yil 11-apreldagi qaroriga muvofiq, Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilandi. Unga ko‘ra, 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab agrar oliy ta’lim muassasalarida ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha 3 yillik ta’lim dasturlari joriy etiladi.
Hujjatda 2030-yilga qadar universitetni xalqaro reytinglarning top-500 taligiga kiritish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hajmini 3 baravarga oshirish va akkreditatsiyadan o‘tgan dasturlar sonini 4 baravar ko‘paytirish vazifalari belgilangan.
Shuningdek, yangi ta’lim modeli nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, talabalarni bozor talablariga mos kadr sifatida tayyorlash maqsad qilingan.
Yangi tizimga ko‘ra, o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich amaliyotga yo‘naltiriladi. Birinchi kursda darslarning 60 foizi nazariy, 40 foizi amaliy bo‘ladi.
Ikkinchi kursda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tenglashtirilib, har biri 50 foizni tashkil etadi. Uchinchi kursda esa asosiy e’tibor amaliyotga qaratilgan bo‘lib, 70 foiz amaliy, 30 foiz nazariy darslardan iborat bo‘ladi.
Bundan tashqari, yuqori kurs talabalari uchun o‘qish jarayonidan ajralgan holda 4 oylik uzluksiz dual ta’lim joriy etiladi.
Qarorda universitetning xalqaro nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, xalqaro reyting tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish va ta’lim sifatini global standartlarga moslashtirish rejalashtirilgan.
Ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish orqali universitetning moliyaviy barqarorligini oshirish ham ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Mahalliy
Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tuziladi
Ilm-fan salohiyati yanada oshiriladi. «Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Prezident Farmoni (PF–58-son, 10.04.2026-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tashkil etiladi.
Respublika davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga muayyan o‘quv yili uchun ajratilgan grant kvotalarining to‘lmay qolgan qismi hisobidan har yili 500 nafargacha bo‘lgan iqtidorli chet el fuqarolariga oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun grant berishni nazarda tutuvchi «Yangi O‘zbekiston stipendiyasi» dasturi amalga oshiriladi.
2026/2027 o‘quv yilidan oliy ta’lim tashkilotlariga xorijiy talabalarni qabul qilishning amaldagi tartibiga qo‘shimcha tariqasida «Study in Uzbekistan» platformasi orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.
2026/2027 o‘quv yilidan ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar ta’limning keyingi bosqichi uchun hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.
Quyidagilar tashkil etiladi:
– Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi negizida Raqamli ta’lim va sun’iy intellektni rivojlantirish markazi;
– Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi hamda Yoshlar akademiyasi negizida Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi.
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekistonga kofe importi keskin kamaydi
-
Iqtisodiyot3 days ago
16-apreldan dollar sezilarli ravishda oshadi
-
Sport5 days agoToshkentda taekvondo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi
-
Sport2 days ago
Shavkat Mirziyoyev Sindorovni telefon orqali tabrikladi
-
Iqtisodiyot5 days ago
Dollar, yevro va funt-sterling pasaydi
-
Jamiyat4 days agoO‘zbekistonda erkin bond omborlari tashkil etiladi
-
Jamiyat4 days agoDunyoga «dahshatli darajada» ish o‘rni yetishmovchiligi xavf solmoqda
-
Jamiyat5 days agoBo‘stonliq tumanidagi «noqonuniy chiqindixona» bartaraf etildi
