Sport
Toshkent shahri va viloyati o‘rtasida yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi
Avtobus «O‘zbekiston mehmonxonasi» bekati – «Yangi Toshkent» bekati yo‘nalishida harakatlanadi.
12 oktyabrdan boshlab, yangi 197-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
“Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan 2025 yil 9 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriq ijrosi doirasida Toshkent viloyatining barcha hududlarini poytaxt bilan bog‘lash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Vazirlikning xabar qilishicha, avtobus «O‘zbekiston mehmonxonasi» bekati — «Yangi Toshkent» bekati yo‘nalishida harakatlanadi.
Ma’lumot berilishicha. yo‘nalishda o‘rta sig‘imli zamonaviy “Yutong” avtobuslari yo‘lovchilarga soat 05:30 – 22:50 ga qadar xizmat ko‘rsatadi.