Connect with us

Jamiyat

Toshkent shahar FVB telefonni quvvatlagichda nazoratsiz qoldirmaslik to‘g‘risida ogohlantirdi 

Published

on


Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xavfsizlik choralari bo‘yicha bir nechta tavsiya berdi.

Foto: Getty Images/AFP Relaxnews

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi telefonni quvvatlagichda nazoratsiz qoldirish turli xavfli oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi.

Ta’kidlanishicha, telefon yoki quvvatlagich haddan tashqari qizib ketishi mumkin, elektr toki uzilishlari yoki kuchlanishning o‘zgarishi portlash yoki yong‘inga sabab bo‘lishi ehtimoli bor.

Shuningdek, past sifatli yoki buzilgan quvvatlagich ishlatilsa, simlar erib ketishi yoki qisqa tutashuvi yoki elektr toki urishi sodir bo‘lishi, haddan tashqari quvvatlanish natijasida batareya shishib ketishi va ishlashdan chiqishi mumkin.

Boshqarma xavfsizlik choralari bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni bergan:

Telefonni kechasi quvvatga qo‘yib uxlamaslik, telefon ortiqcha qizib ketgan bo‘lsa, quvvatdan uzib, sovishini kutish hamda zarur bo‘lmasa, doimiy ravishda 100 foiz quvvatda saqlamaslik (40-80 foiz oralig‘ida ushlab turish).



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Qidiruvdagi mashina egasining hiylasi ma’lum bo‘ldi

Published

on



Qidiruvdagi mashina egasining hiylasi ma’lum bo‘ldi



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi

Published

on


Joriy yil 13-martdagi «Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–40-son farmon qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi negizida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.

Akademiya qishloq xo‘jaligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar yo‘nalishlari, uzoq va yaqin muddatli dasturlarni belgilovchi hamda muvofiqlashtiruvchi, agrosanoat majmuini ilmiy jihatdan rivojlantirishni amalga oshiruvchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligi, yer munosabatlari bilan bog‘liq islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishish jarayonida majburiy tartibda Akademiyada ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

Akademiyada quyidagi unvonlar berish tartibi joriy qilinadi:


yosh akademik;
Akademiya professori;
Akademiyaning muxbir a’zosi;
Akademiyaning haqiqiy a’zosi (akademik);
Akademiyaning xorijiy a’zolari. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

IQAir Toshkent havosi sifati haqida ma’lumot berdi

Published

on


14-mart kuni Toshkentda havo sifati salomatlik uchun zararli darajaga yetdi.

IQAir platformasidagi real vaqt ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da poytaxtdagi havo sifati indeksi 151 AQIni tashkil etgan va u «Unhealthy» – zararli toifasida baholangan. Asosiy ifloslantiruvchi modda PM2.5 bo‘lib, uning konsentratsiyasi 55,5 mkg/m³ qayd etilgan. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yillik tavsiya etilgan ko‘rsatkichidan 11,1 barobar yuqori.

IQAir ma’lumotida Toshkent uchun havo ifloslanishi bo‘yicha ehtiyot choralari ham keltirilgan. Jumladan, ochiq havoda jismoniy faollikni cheklash, derazalarni yopib turish, tashqarida niqob taqish va xona ichida havo tozalash uskunalaridan foydalanish tavsiya etilgan.

O‘zgidrometning atmosfera havosi monitoringi platformasiga ko‘ra, O‘zbekistonda kuzatuvlar 26 shahardagi 66 ta statsionar post va 23 ta avtomatik stansiya orqali olib boriladi. Kuzatuvlar mahalliy vaqt bilan kuniga uch marta – 07:00, 13:00 va 19:00 da amalga oshiriladi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi

Published

on


«Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki 2026-yil yakunigacha tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 tadan bank filiallarida agroxizmat zonalarini tashkil etishi belgilanmoqda.

Agrobank zimmasiga qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi:


qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda yangi zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy qilish va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
sun’iy intellekt, masofadan monitoring va «big-data» texnologiyalari asosida bank hamda qishloq xo‘jaligiga oid xizmatlarni ishlab chiqish.

Ekin maydonlari to‘g‘risida kosmik, ob-havo, o‘simliklar rivojlanishi holati bo‘yicha monitoring ma’lumotlarini markazlashgan holda tahlil qilish maqsadida Qishloq xo‘jaligi monitoring markazi tashkil qilinadi.

Agrobank orqali aholi xonadonlari, tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklariga anjir, xurmo, olma va nok yetishtirish uchun yillik 18 foiz stavkada 24 oylik imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga kreditlar ajratiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Samarqandda SSSR pasporti bilan yurgan ayolga ID karta berildi

Published

on


Ayol uzoq vaqt davomida e’tiborsizlik hamda oilaviy shart-sharoitlarning yetarli darajada bo‘lmaganligi sababli sobiq ittifoq – SSSR pasporti bilan yashab kelgan.

Adliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “SSSRning so‘nggi fuqarosi Samarqandda yashamoqda” sarlavhali material yuzasidan rasmiy munosabat berdi.

Unga ko‘ra, 1972 yilda Nurota tumanida tug‘ilgan Onarxol Kubayeva Qo‘shrabot tumani «Quvkalla» mahallasida istiqomat qilib, 1992 yilda Payariq tumani «Nakurt» mahallasiga kelin bo‘lib tushgan.

Ayol uzoq vaqt davomida e’tiborsizlik hamda oilaviy shart-sharoitlarning yetarli darajada bo‘lmaganligi sababli sobiq ittifoq — SSSR pasporti bilan yashab kelgan.

Aniqlanishicha, O. Kubayeva mazkur masala bo‘yicha tegishli idoralarga murojaat qilmaganligi sababli uning pasporti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga almashtirilmagan.

“Mazkur holat yuzasidan Qo‘shrabot va Payariq tuman adliya bo‘limlari va Payariq tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan zarur choralar ko‘rilib, 14 mart kuni O. Kubayevaga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasi rasmiylashtirib berildi”, deyiladi vazirlik munosabatida.

 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.