Iqtisodiyot

To‘qimachilik umumiy eksportning 6,9 foizini ta’minladi

Published

on


O‘zbekiston 9 oyda 1,9 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qildi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 1,9 mlrd dollarni tashkil etdi va mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 6,9 foizga yetdi.

Eksport tarkibi (ulush, foizda):


tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — 51 foiz;
ip-kalava — 29 foiz;
trikotaj mato — 11 foiz;
gazlamalar — 6 foiz;
paypoq mahsulotlari — 2 foiz;
gilamlar — 1 foiz.

Bunda, qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlar yetakchi (51 foiz) ekani, tarmoqning xomashyodan tayyor mahsulotga tomon siljishini ko‘rsatadi.

Ip-kalava ulushi 29 foiz bo‘lib, to‘qimachilik zanjirining barcha bo‘g‘inlari eksportda ishtirok etayotganini anglatadi.

Trikotaj mato, gazlama, paypoq va gilam kabi segmentlar diversifikatsiyani qo‘llab-quvvatlamoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version