Siyosat

To‘qayev Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Published

on


Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub yo‘lladi.

Unda To‘qayev Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik va samimiyat uchun minnatdorlik bildirgan.

Prezident Buxoroni nafaqat Markaziy Osiyo, balki jahon sivilizatsiyasining durdonasi sifatida baholab, uning bugungi qiyofasini Yangi O‘zbekiston siyosati natijasi deb ta’kidlagan.

Shuningdek, Buxoroda o‘tgan uchrashuv va muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etilgan.

Maktubda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgani, «Toza havo» qo‘shma tashabbusiga alohida e’tibor qaratilayotgani ham ta’kidlangan.

«Ostonaga qaytgach, erishilgan va tasdiqlangan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, mamlakatingizning turli sohalardagi foydali tajribasini hisobga olish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdim. «Toza havo» qo‘shma tashabbusiga alohida ahamiyat beraman», – deb yozadi u.

To‘qayev, shuningdek, arxiv materiallari taqdim etilgani uchun alohida minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonni Qozog‘istonning strategik sherigi va ittifoqchisi sifatida e’tirof etgan.

Ma’lumot uchun, qo‘shni davlat yetakchisining Buxoroga tashrifi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev unga Qozog‘iston uchun katta madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv materiallarini taqdim etgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version