Iqtisodiyot
Buyuk turkiy askari va qoʻmondoni Amir Temur
Buyuk turkiy askari va qoʻmondoni Amir Temur
Amir Temur (Eski turkcha: Amir Temur) (1336-yil 9-aprel, 1405-yil 18-fevral) – oʻrta asrlarning buyuk turkiy askari va qoʻmondoni, Temuriylar imperiyasi asoschisi, Oltin Oʻrda, Mamluk sultonligi, Dehli sultonligi, Usmonlilar davlati, Kavkaz va Erondagi davlatlarni yengishi ortidan musulmon olamining toʻla yetakchisi, yeri 4,4 mln km² ga yetishgan 14-asrning eng kuchli davlat quruvchisi, 35 yillik boshqaruvi va yurishlari chogʻida biror urushni yutqazmagan qoʻshinboshi, oʻtmishda koʻrilgan uchta buyuk harbiy-taktik urush va yurish qoʻmondonlaridan biri, Temuriylar uygʻonish davri asoschisi, ilm-fan, meʼmorchilik, sanʼat va adabiyot homiysi.
Oilasi, shaxsiyati va kelib chiqishi
Temurbek 1336-yil 8-aprelda Kesh shahri yaqinidagi Xo’ja Ilg‘or qishlogʻida tugʻilgan. Ayrim amerikalik tarixchilar, jumladan Beatrice Forbes Manz, Temurbekning tugʻilgan yili haqida turli farazlarni ilgari surgan bo‘lsa-da, tarixiy manbalarda u 1336-yilda tugʻilgan deb ko‘rsatiladi.
Otasi Amir Taragʻay barlos qabilasining beklaridan biri bo‘lib, Chigʻatoy ulusida tanilgan shaxs edi. U islom dinini qabul qilgan va diniy taʼlim olishga kattaa eʼtibor qaratgan. Onasi Takina xotun haqida esa maʼlumotlar kam. Baʼzi manbalarda uning oddiy oiladan chiqqani aytilgan bo‘lsa, boshqa maʼlumotlarda u Yasaur qabilasidan ekanligi qayd etilgan.
Temurbekning opasi Qutlugʻ Turkon ogʻo va singlisi Shirinbeka ogʻo bo‘lib, ular Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasida dafn etilgan.
Sohibqiron unvoni
Sohibqiron atamasi arabcha va forscha soʻzlardan tarkib topgan bo‘lib, yulduzlarning joylashuvi bilan bog‘liq holda ulug‘ zotlarga nisbatan ishlatilgan. Temurbek 1362-yilda yaralangandan soʻng, raqiblari unga “Temurlang” – ya’ni “Oqsoq Temur” nomini berishgan. G‘arbiy Yevropada esa u Tamerlane, Tamburlaine, Tamerlan nomlari bilan tanilgan. 1370-yilda Chingizxon avlodidan bo‘lgan Saroy Mulk Xonimga uylangach, “Temur Ko‘ragon” unvonini olgan.
Kelib chiqishi
Temurbekning turk yoki mo‘g‘ul ekanligi haqidagi bahslar asosan g‘arbiy tarixchilar orasida mavjud. Uning nabirasi Ulug‘bek “Tarix-i arba ulus” kitobida Temurbekni turk qabilalaridan kelib chiqqanligini ta’kidlaydi. O‘zbek tarixchilari esa Temurbekning turk ekanligini aniq tasdiqlaydi.
Til bilimlari
Temurbek chigʻatoy (eski o‘zbek adabiy tili) va fors tillarida so‘zlashgan. Arab tilida so‘zlasha olmaganligi haqida turli farazlar mavjud. Temurbek yurishlari chog‘ida hujjatlar va buyruqlar turkiy va fors tillarida yozilgan.
1391-yilda Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishga qarshi yurish paytida Temurbek hozirgi Qozogʻiston hududida yodgorlik bitik yozdirgan. Ushbu bitik arabcha va eski o‘zbek adabiy tilida yozilgan bo‘lib, 1935-yilda topilgan va hozirda Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanmoqda.