Jamiyat

Tadbirkorning salkam 1 mlrd so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi

Published

on


Buxoro viloyatida tadbirkorning 995,7 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs fosh etildi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jondor tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro X.S. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) X.I. MChJ ta’sischisining ishonchini suiiste’mol qilib, yonilg‘i–moylash materiallarini olib berish uchun korxona hisob raqamidan 995,7 mln so‘mni o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olishga erishib, tadbirkorning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version