Connect with us

Jamiyat

Soxta akkaunt bilan pul undirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Published

on


Buxoro viloyatida mansabdor shaxs nomidan soxta Telegram akkaunt ochib, boshqa bir rahbarni 8 million so‘mga chuv tushirgan shaxs aniqlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Buxoro viloyatida firibgarlik bilan bog‘liq holat fosh etildi. Muqaddam bir necha bor sudlangan shaxs 2025 yil dekabr oyida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida viloyatdagi tashkilot rahbarlaridan biriga tegishli fotosuratdan foydalangan holda uning nomidan soxta akkaunt ochgan.

Ushbu akkaunt orqali u bir qator korxona, muassasa va tashkilot rahbarlariga go‘yoki “xizmat topshirig‘i” mazmunida xabarlar yuborib, ulardan pul talab qilgan. Uning gaplariga ishongan rahbarlardan biri uning bank kartasiga 8 million so‘m o‘tkazib bergan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Bugun ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi

Published

on


Bugun kunduzi ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3–8° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat 6–8° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2–7° iliq bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent shahrida qalbaki pul muomalasi fosh etildi

Published

on


Yangihayot tumanida fuqaro R.T. tanishining ishonchiga kirib, 4 tonna pomidor yetkazib berish bahonasida 4 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgani, keyin esa mablag‘ni qaytarmaslik maqsadida qalbaki 4 000 dollar bergani aniqlandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- va 176-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.T. (muqaddam sudlangan) tanishi M.X.ning ishonchiga kirib, unga 4 tonna pomidor yetkazib berishi evaziga 4 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, ushbu mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, R.T. keyinchalik pullarni qaytarmaslik maqsadida 100 AQSh dollarlik kupyuradagi qalbaki 4 000 AQSh dollarini M.X.ga bergan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Navoiyda 5-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi

Published

on


Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Islombek Mansurov birinchi urinishdayoq ushbu natijani qayd etdi.

Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Islombek Mansurov chet tilini bilish darajasi bo‘yicha B2 sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bu yosh jihatdan Navoiy viloyatida eng yaxshi natijalardan biri bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Islombek Mansurov pedagoglar oilasining to‘ng‘ich farzandi. Uning otasi Dilshod Mansurov Navoiy davlat universiteti dotsenti bo‘lsa, onasi Shohista Turdiyeva maktabda matematika fani o‘qituvchisi.

“Ikki o‘g‘lim bor, Islombek to‘ng‘ich farzandimiz. Yoshligidan internetdagi turli o‘yinlar va bilim olishga ixtisoslashgan dasturlarni ingliz tilida ko‘rardi. Hozirda YouTube’da o‘zi kanal ochib, ingliz tilida yuritmoqda”, deydi Dilshod Mansurov.

Islombek ushbu natijani birinchi urinishdayoq qo‘lga kiritgan.

“Maktabimizda sertifikat olgan o‘quvchilar ko‘p. Ammo Islombek maktabimiz tarixida chet tilini bilish darajasi bo‘yicha B2 sertifikatini qo‘lga kiritgan eng yosh o‘quvchi bo‘ldi. Ingliz tili ustozi Alisher Xudoyorov ham yosh pedagog, ancha tirishqoq. Albatta, ushbu natija bilan to‘xtab qolmaymiz”, deydi Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabi direktori Feruza Fayziyeva.

Navoiy viloyatida 11 yoshli o‘quvchi B2 sertifikatini qo‘lga kiritishi bundan 2 yil oldin ham kuzatilgandi. O‘shanda Xatirchi tumanidagi 22-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Zarina Muxiddinova bu natijani qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, OTMga o‘qishga kirishda chet tilidan B2 sertifikati bor abituriyentga maksimal ball beriladi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash litsenziyalanadi

Published

on


Qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash litsenziyalanadi. 

Qonun (O‘RQ–1113-son, 15.01.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalash tartibi joriy etilishi belgilandi:

– qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish;

– rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish;

– tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi.

Mazkur faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya olishda quyidagi miqdorlarda davlat boji undirilishi belgilandi:

– qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash, realizatsiya qilish faoliyati – BHMning 10 baravari miqdorida;

– tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi – BHMning 30 baravari miqdorida.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi

Published

on


Aholi va mehmonlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Seoul Mun atrofida transport harakatini tartibga solish, shu jumladan yo‘l bo‘yi turargohlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Transport vazirligi

Toshkentda yo‘l harakatini samarali tashkil etish, tirbandliklarni kamaytirish hamda jamoat transporti ustuvorligini ta’minlash maqsadida bir qator manzillarda o‘rganish va tahlil ishlari amalga oshirildi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi.

Qayd qilinishicha, dastlab, Zargar va Botir Zokirov ko‘chalari kesishmasida joylashgan «Paxtakor» transport o‘tish bog‘lamasida mavjud holat o‘rganilgan. Xususan, jamoat transporti — avtobuslarning bog‘lamaga kirishi bilan bog‘liq muammolar atroflicha tahlil qilinib, mazkur masalani hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Ushbu yechimlar amalga oshirilgandan so‘ng, jamoat transport yo‘nalishlari soni 11 taga yetkazilib, bog‘lama orqali kunlik yo‘lovchilar oqimi 37 ming nafargacha oshishi ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birga, Abdulla Qodiriy – Abay ko‘chalari hamda Sharof Rashidov – Osiyo ko‘chalari kesishmalarida transport vositalarining o‘tkazuvchanligini oshirish, harakatni samarali boshqarish va jamoat transportiga ustuvorlik berish yuzasidan tahlil ishlari olib borilgan.

Bundan tashqari, Ziyolilar va Kichik halqa yo‘li kesishmasida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, Abdulla Qodiriy – Mahtumquli ko‘chalarida harakatni optimallashtirish hamda yo‘l belgilarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Shuningdek, Avliyo ota ko‘chasi hamda Fidokor ko‘chasida tirbandliklarni kamaytirish maqsadida transport vositalari uchun bir tomonlama harakat tizimini joriy etish masalasi muhokama qilingan.

Ta’kidlanishicha, aholi va mehmonlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Seoul Mun atrofida transport harakatini tartibga solish, shu jumladan yo‘l bo‘yi turargohlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.