Dunyodan
Somalidagi samolyot yo‘lovchilaridan biri halok bo‘ldi (video)
Samolyot 10 fevral kuni bortida 55 kishi bilan Somalidan havoga ko‘tarilgan va ko‘p o‘tmay Hind okeani sohiliga favqulodda qo‘ngan. Poytaxt Mogadishodan Galkayoga parvoz qilishi rejalashtirilgan Fokker 50 samolyoti StarSky Airlines kompaniyasiga tegishli.
Samolyot havoga ko‘tarilganidan so‘ng, uchuvchi texnik nosozlikni payqab, samolyotni orqaga burdi. Biroq qo‘nish vaqtida samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va sohilga qulagan. “Qattiq qo‘nish” natijasida laynerning qanotlari shikastlangan.
Somali fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi boshlig‘i Ahmad Moalim Hassan voqeada qurbonlar bo‘lmaganini aytdi. Qutqaruv guruhlari yo‘lovchilar va ekipajni evakuatsiya qilgan, jarohatlanganlar kasalxonaga yetkazilgan. Ushbu hodisa yuzasidan tergov boshlangan.