Jamiyat

Sifatsiz yuvish vositalari: mas’ul tashkilot ma’lumot berdi

Published

on


Sifatsiz mahsulotlar savdodan chiqarildi. 

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Navoiy viloyati bo‘limi tomonidan Navoiy shahridagi savdo shoxobchasida nazorat xaridi o‘tkazildi.

Unda «Kaplya» savdo belgili «VOX TOMChI» nomli suyuq yuvish vositasi (olma) hamda «Barf» savdo belgili sintetik kukunli yuvish vositasi mahsulotlariga nisbatan nazorat xaridi o‘tkazildi. 

Laboratoriya tahlillari natijasida mazkur mahsulotlarning belgilangan standart talablariga javob bermasligi aniqladi. 

Xususan: 

 — mahsulot qadoqlarida amaldagi standart belgilari, sertifikatlanganligi haqidagi ma’lumotlar hamda qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud emasligi; 

— sinov natijalariga ko‘ra faol moddalarning massaviy ulushi talab darajasiga mos kelmasligi qayd etildi. 

Aniqlangan kamchiliklar asosida savdo shoxobchasiga ogohlantirish xati berildi hamda mahsulotlarni savdodan chiqarish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi. 

Shu munosabat bilan fuqarolarga suyuq va sintetik kukunli yuvish vositalarini xarid qilishda mahsulotning sertifikatlanganligi, xavfsizlik talablari hamda markirovkasiga alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version