Jamiyat

Shota Rustaveli ko‘chasida harakat bo‘yicha tartib ma’lum qilindi

Published

on


Shota Rustaveli ko‘chasida harakat tartibida o‘zgarishlar e’lon qilindi. Ushbu hududda avtobuslarga ustuvorlik qoidasi mavjud. 

2025-yil 7-oktyabrdan boshlab Shota Rustaveli ko‘chasida markaziy avtobus yo‘lagi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Birinchi bosqichda ushbu yo‘lak orqali 37, 57 va 58-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatlanadi. 

Loyiha maqsadi — jamoat transportiga ustuvorlik berish, tirbandliklarni kamaytirish va yo‘lovchilar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratishdir. 

Quyida ushbu hududda harakatlanish bo‘yicha qisqa qo‘llanma: 

Yo‘lovchilar uchun:

-Avtobuslar endi yo‘lning o‘rta qismidagi maxsus ajratilgan yo‘lak orqali harakatlanadi. 

– Yo‘lovchilar avtobusga chiqish va tushishni yo‘l o‘rtasida joylashgan maxsus platformalardagi bekatlarda amalga oshiradilar. 

-Platformaga faqat belgilangan piyodalar o‘tish joylari orqali chiqing, belgilanmagan joydan o‘tish qat’iyan man etiladi. 

-Avtobusni faqat old tomonidan aylanib o‘ting. Yo‘lovchilar yo‘lni faqat belgilangan piyodalar o‘tish joylari orqali kesib o‘tishlari mumkin. 

-Platformada sariq xavfsizlik chizig‘i ortida turing, avtobus to‘liq to‘xtagachgina eshikka yaqinlashing. 

– Avval keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolali yo‘lovchilarga yo‘l bering. 

– Bekat atrofida to‘xtab, suratga olish yoki telefondan foydalanishda ehtiyot bo‘ling – xavfsizlikni unutmang. 

Haydovchilar uchun: 

– Shota Rustaveli ko‘chasining o‘rta yo‘lagi faqat avtobuslar harakati uchun mo‘ljallangan. 

– Bu yo‘lakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi, to‘xtashi yoki yo‘lni kesib o‘tishi qat’iyan taqiqlanadi. 

– Markaziy yo‘lakda avtobuslarga ustuvorlik beriladi. Ruxsat etilgan kesishmalarda avtobus harakatiga yo‘l bering. 

– Ikki yo‘nalishda ham chapga burilish va ortga qayrilib olish taqiqlangan. 

– Chapga burilish yoki qayrilish zarur bo‘lgan haydovchilar belgilangan chorrahalar orqali harakatlanishlari lozim.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version