Connect with us

Jamiyat

«Shaytonarava» ishqi: kasallikmi yoki ijtimoiy muammo?

Published

on


Bugun ko‘chalarimizda mashinani juda tez haydaydigan, piyodaga yo‘l bermaydigan, faqat kemerasi bor svetoforda to‘xtaydigan, bir so‘z bilan aytganda, «shaytonarava»sini dunyodagi eng aziz ne’mat deb biladigan «haydovchilar» nega bunchalik ko‘p ekanining bitta sababi haqida gaplashamiz. Ha, buning sabablari ko‘p. Ruhiyatga, genga, ilmsizlikka, dunyoqarashga bog‘liq o‘nlab sabablar keltirish mumkin. Lekin biz aytmoqchi bo‘lgan sabab eng jiddiysi, menimcha.

Ko‘chada bilganini qilib mashina haydaydigan befarosatlarni aslida avtoterrorist deb atash ham mumkin, lekin nima bo‘lganda ham, ular bizning vatandoshimiz. Shu uchun ularni hurmat bilan shunchaki befarosat haydovchilar deya qolamiz.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Mashina vasvasasi

Bizda insonlarning mashinaga bo‘lgan munosabatlari hayratlanarli. Ko‘chada qimmatroq mashinasini birov sal turtib ketgan haydovchilar xuddi xonumonidan ayrilganday holatga tushganini ko‘p ko‘rganman. Nega shunday ekanini ancha yildan beri o‘ylab kelardim. Menimcha, eng jiddiy sabab – mashina narxi. Bizda uzoq yillar insonlar daromadi va mashina narxi o‘rtasida farq juda katta edi. Oxirgi yillarda bozorga Xitoy elektrokarlari kirib kelib vaziyat biroz o‘zgardi, biroq mashina narxi baland bo‘lgani o‘zbeklar orasida uni shunchaki ulov emas, orzu qilib yetishadigan boylikka aylantirdi.

Masalan, qishloqdagi oilaing eng katta orzusi – yillab mehnat qilib, yig‘ib-terib, ba’zan ro‘zg‘ordan tejab Damas olish. Yaxshi-da, bizda to‘y hasham ko‘p, olifta moshinaga qancha odam sig‘ardi, Damas’ga katta oila bola-chaqasi bilan sig‘ib ketaveradi. Yoki Rossiyaga ishlagani ketgan yosh zabardast yigitning orzusi – bir necha yil qurilishda qiynalib ishlab, uyga qaytgach Gentra olish! Iloji bo‘lsa qorasidan, oynasi ham qora bo‘lsin, qizlar ko‘rganda «vau» desin.

Siz endi bir necha yil mehnat qilib, bir tinlab yig‘ib «Damas» olgan boyagi haydovchiga «Sekin hayda», deb ko‘ringchi. Bu haydovchi ko‘ziga «Damas» shunchaki mashina emas, bir necha yillik mehnatining samarasidek ko‘rinadi. Yoki boyagi Rossiyada ishlab Gentra olgan yigitga «Ey uka, sekinroq hayda, ko‘chada bolalar deb», ko‘ringchi, eshitadiganingizni eshitasiz. Axir u bola mardikorlik qilib Gentra’ni «bag‘illatib bosish uchun» olgan-ku! To‘y kortejida yurganda boshqa haydovchilarga xalaqit bermasa, onasi zo‘rg‘a uxlatgan bolani uyg‘otadigan yoqimsiz signal chalmasa, bo‘zyigit Gentra’ni nimaga olgan axir.

Bilasizmi, agar mashina jonvor arzonroq matoh bo‘lganida odamlar bu «shaytonarava»ga bunaqa mehr bermagan bo‘lardi, menimcha. Ahvol shunchalikka bordiki, insonlar mashinaga umri davomida erishgan natijasi deb qaraydigan bo‘ldi:

– Falonchi, umring davomida nimaga erishding?

– Qora Gentra oldim.

– Senchi, pistonchi?

– Mening Cobalt’im bor, yaqinda sotib KIA olaman, bo‘lib to‘lashga berishyapti ekan…

Bu juda yomon narsa, azizlar. Mashinaga shunchaki uzoqni yaqin qiladigan texnika deb qarashga odatlanishimiz kerak. Aytgancha, gapni mashina narxidan boshlagan edik. Men bugun sizlarga mashina juda arzon joy haqida gapirib bermoqchi edim. U yerda 1000 dollarga zo‘r Spark, 4500 dollarga Malibu, 2500 dollarga Captiva olish mumkin. Naq «avtosusambil» o‘ziyam! Men tavsiya qiladigan videoni ko‘rgach, «Captiva’m bor», deb maqtanadigan tanishlaringiz bemalol «2500 dollarlik mashinang bilan katta ketma», deyishingiz mumkin.

Bilsangiz kerak, Kun.uz’ning Subyektiv degan loyihasi bor. Loyihaning navbatdagi sonini hamkasblarimiz Janubiy Koreyada suratga olishdi. Dastur davomida juda arzon, lekin yaxshi holatdagi mashinalar sotiladigan bozorga sayohat qilishingiz, Shimoliy Koreya hujum qilganda yashirish uchun qurilgan yerosti bombapanalarini ko‘rishingiz, o‘zbekcha gapiradigan koreyslardan hayratlanishingiz, bir so‘z bilan aytganda, Janubiy Koreyani o‘zingiz uchun boshqacha rakursda kashf qilishingiz mumkin.

Hamkasblarimiz ko‘rsatuvni tayyorlash uchun ko‘p mehnat qilishgan. Boshqa davlatga borib uning hayoti haqida ko‘rsatuv tayyorlash juda qiyin ish. Shu sabab Subyektiv’ning bu galgi sonini albatta tomosha qiling.

O‘tkir Jalolxonov tayyorladi

Tasvirchi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Davlat ishxonalarida har oyda bir marta «Qog‘ozsiz bir kun» aksiyasi o‘tkaziladi

Published

on


Hukumatning joriy yil 18-martdagi 19-son qarori bilan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qog‘ozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyunga qadar:


ishlatilgan qog‘ozlarni yig‘ish uchun maxsus chiqindi quti (konteyner)lari tashkil etiladi va ularni qayta ishlash korxonalariga yetkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
har bir tarkibiy bo‘linmadagi xodimlar soni, ish hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, qog‘oz sarfi uchun cheklov joriy qilinadi.

2026-yil 1-maydan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida:


kelgusi 5 yilda xarajatlar smetasini tuzish jarayonida qog‘oz, siyoh, printer va nusxa ko‘chirish uskunalarini xarid qilish xarajatlari miqdori har yili 15 foizga kamaytirilgan holda rejalashtiriladi;
printerlardan markazlashgan holda umumiy foydalanish tizimi joriy qilinadi. Bunda umumiy foydalanishdagi ochiq ofisda faoliyat yurituvchi har 20 nafar xodim uchun 1 dona printer ajratiladi;
har oyda 1 marotaba «Qog‘ozsiz bir kun» ekoaksiyasi o‘tkaziladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Suhbatda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tovar ayirboshlash barqaror ortib borayotgani, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor sohalarda qo‘shma kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlar, shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildilar. Uning yanada keskinlashishi keng mintaqa uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga, jahon iqtisodiyoti retsessiyasiga olib kelishi mumkinligi, vaziyatni faqat siyosiy-diplomatik vositalar bilangina tez fursatda yumshatish zarurligi qayd etildi.

Bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda isitish mavsumi bosqichma-bosqich yakunlanadi

Published

on


Toshkent shahar hokimligi ayni kunlardagi ob-havo sharoitini inobatga olgan holda poytaxtda isitish mavsumini bosqichma-bosqich yakunlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Shu bilan birga, aholi qulayligi uchun kelayotgan bayram kunlari issiqlik ta’minoti saqlab qolinishi, isitish davri rejali yakunlanishi ma’lum qilingan.

Shunga ko‘ra, isitish mavsumini yakunlash 24 martdan boshlanishi rejalashtirilgan. U bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, mavsumni yakunlashga o‘tish, shuningdek, kommunal infratuzilmaga tushadigan yuklamani kamaytirishga va resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Hayit va Navro‘z munosabati bilan qo‘shimcha poyezd va avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Published

on


Ramazon hayiti hamda Navro‘z umumxalq bayrami davrida yo‘lovchilarni o‘z manzillariga xavfsiz yetib borishlarini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, 19 – 25 mart kunlari aholi talabini qondirish uchun jami 25 000 ta qo‘shimcha yo‘lovchi o‘rni yaratiladi.

Qo‘shimcha «Afrosiyob» reyslari:


19 – 21 mart kunlari (6 ta reys)

Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida;


19, 20, 21, 22, 23 va 25 mart kunlari

Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, 19 – 25 – mart kunlari quyidagi yo‘lovchi poyezdlarga 4 tadan qo‘shimcha vagonlar ulanadi:


Toshkent – Xiva – Toshkent
Toshkent – Shovot – Toshkent
Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent
Toshkent – Termiz – Toshkent
Toshkent – Buxoro – Toshkent (Sharq) 

Chiptalarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rasmiy sayti, mobil ilovasi hamda temir yo‘l kassalaridan xarid qilish mumkin. 

Shu bilan birga, «Toshkent» avtovokzalidan amaldagi reyslardan tashqari har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda 70 dan ortiq qo‘shimcha avtobus qatnovlari ham tashkil etilmoqda. 

Qatnovlar «Toshkent» avtovokzalidan Zomin, Samarqand, Jarqo‘rg‘on, Buxoro, Qorako‘l, Mirbozor, Navoiy, Jo‘sh, Nurota, Zarmitan, Zarafshon, Xatirchi, Qiziltepa, Konimex, Uchquduq, Kadan, Payariq,  Shahrisabz, Qarshi, G‘uzor, Sherobod, Termiz, Denov, Uzun, Urganch, Xiva, Gurlan, To‘rtko‘l va Nukus shaharlariga amalga oshirilyapti.

Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan avtovokzalning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tanishish mumkin. Chiptalarni esa «Toshkent» avtovokzali chiptaxonalaridan hamda «UzBus» mobil ilovasi orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Boysunda jarlikka tushib ketgan ayol qutqarildi

Published

on


Surxondaryo viloyati Boysun tumanida FVV qutqaruvchilari 25-30 metr pastlika sirpanib tushib ketgan fuqaroning hayotini saqlab qolishdi.

21 mart kuni soat 10:00 da Surxondaryo viloyati FVBga Boysun tumanida yashovchi fuqaro uyidan 20 metr narida joylashgan adirlikka tomosha qilish maqsadida chiqib, ehtiyotsizligi oqibatida taxminan 25-30 metr pastlikka sirpanib tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, fuqaroni jarlikdan chiqarib olgan va uning hayotini saqlab qolishgan.

Shundan so‘ng fuqaro tibbiyot xodimlariga topshirilgan.

Xabar qilinishicha, hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.