Iqtisodiyot

Shanxayda O‘zbekiston investitsiya va savdo markazi ochildi

Published

on


Yangi markaz O‘zbekistonning iqtisodiy va eksport salohiyatini targ‘ib etish, shuningdek, O‘zbekiston–Xitoy ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga xizmat qiladi

Shanxayda O‘zbekiston investitsiyalar va savdoni rag‘batlantirish markazining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.

Tadbirda Shanxay xalqaro savdo zonasi va Tzyansu provinsiyasi, Savdo-sanoat palatasi vakillari hamda 60 dan ortiq mahalliy kompaniya rahbarlari ishtirok etdi.

Markazning asosiy vazifasi — O‘zbekistonning iqtisodiy, investitsiyaviy va eksport salohiyati haqida ma’lumot berish, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun amaliy maydon yaratishdan iborat.

Tadbirda mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi, sanoat, “yashil” energetika, farmatsevtika va IT sohalaridagi imkoniyatlar hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan soliq va bojxona yengilliklari haqida ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan xitoylik ishbilarmonlar o‘z tajribasi va mamlakatdagi qulay biznes muhiti haqida fikr almashdilar.

Marosim yakunida ishtirokchilar istiqbolli hamkorlik loyihalarini muhokama qildi va savollarga javob oldi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version