Iqtisodiyot
Sayyohlar uchun premium transport xizmatlari yo‘lga qo‘yilmoqda
Xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, sifatli transport xizmatlariga talab ortib borayotgani munosabati bilan Turizm qo‘mitasi huzuridagi DUK «Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi» tomonidan premium toifadagi avtomobillar taqdim etish yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu qadam xalqaro standartlarga mos keladigan sayyohlik xizmatlari darajasini oshirish, shuningdek, O‘zbekistonning mehmondo‘st va zamonaviy sayyohlik maskani sifatidagi imidjini ilgari surishga qaratilgan. Mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlar aeroportdan transfer, shahar bo‘ylab sayohatlar va shaharlararo safarlarda yuqori sifatli transportdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Avtoparkning tarkibiga Mercedes-Benz 222/223, Sprinter mikroavtobusi, shuningdek, eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan katta sig‘imli avtobus kiradi. Ular iqlim nazorati tizimi, Wi-Fi, qulay charm salonlar va xorijiy tilni biladigan professional haydovchilar bilan ta’minlangan.
Bunday xizmatlarni ko‘rsatish, ayniqsa, xalqaro tadbirlar, ishbilarmonlik forumlari, rasmiy delegatsiyalar va VIP-mehmonlarning tashriflari, shuningdek, yakka tartibdagi va guruhli sayyohlik yo‘nalishlarini tashkil etish doirasida dolzarb hisoblanadi.
Turizm qo‘mitasi O‘zbekistonning sayyohlik jozibadorligini yanada oshirish va mamlakat mehmonlariga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida yaxlit, qulay va xavfsiz infratuzilmani, shu jumladan transport infratuzilmasini yaratish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirmoqda.
Murojaat uchun: +998 93 566 22 77
Iqtisodiyot
O‘zbekiston 2026 yilda 167 mlrd dollarlik YaIMga erishishni rejalashtirmoqda
2026 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini 6,6 foizga oshirish va yalpi ichki mahsulot hajmini 167 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Prezident huzurida o‘tgan yig‘ilishlarda 2026 yil uchun mamlakatning asosiy iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Davlat siyosatida asosiy e’tibor aniq iqtisodiy natijalarga erishish, investitsiyalarni keng jalb qilish va tarmoqlar samaradorligini oshirishga qaratiladi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yilda yalpi ichki mahsulot 7,7 foizga o‘sib, 147 mlrd dollardan oshgan. Iqtisodiy o‘sishning asosiy qismi xizmatlar sohasi hisobiga ta’minlangan.
Joriy yilda 50 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning samaradorligi va eksportga yo‘naltirilganligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.
Sanoatni kamida 8,5 foizga oshirish, avtomobil ishlab chiqarish hajmini 510 mingtaga yetkazish va mahalliy kooperatsiyani kengaytirish vazifalari qo‘yildi.
Qurilish sohasida hajmni 400 trln so‘mga yetkazish va kamida 17 foizlik o‘sishni ta’minlash rejalashtirilgan. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun budjetdan 40 trln so‘m mablag‘ ajratiladi.
Shuningdek, 2026 yilda kichik va o‘rta biznesda energiya samaradorligini oshirish, gaz va elektr energiyasi sarfini qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Eksportni diversifikatsiya qilish, yangi bozorlar va mahsulotlar hisobiga uni oshirish, shuningdek ichki bozorda narx-navo barqarorligini ta’minlash ham ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Barcha islohotlar “hujjatdan natijaga” tamoyili asosida amalga oshiriladi va ularning ijrosi qat’iy nazorat ostida bo‘ladi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida qog‘oz sanoatida sezilarli o‘sish kuzatildi
2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 668,2 mlrd so‘mlik qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,8 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida mamlakatda yirik korxonalar tomonidan jami 668,2 mlrd so‘mlik qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 17,8 foizga o‘sgan. Bu esa qog‘oz sanoatida ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda 281 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 206,1 mlrd so‘m, Andijon viloyati — 49,2 mlrd so‘m, Samarqand viloyati — 34,4 mlrd so‘m va Farg‘ona viloyati — 32,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, Xorazm viloyatida 22,1 mlrd so‘m, Namangan viloyatida 20,2 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 11,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida 4 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyatida 3 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 2,1 mlrd so‘m va Qashqadaryo viloyatida 1,6 mlrd so‘mlik qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Eng past ko‘rsatkichlar esa Surxondaryo viloyatida 0,5 mlrd so‘m va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Iqtisodiyot
Rubl keskin «sho‘ng‘imoqda». Bayramdan keyin vaziyat qanday bo‘ladi?
Rubl keskin «sho‘ng‘imoqda». Bayramdan keyin vaziyat qanday bo‘ladi?
Source link
Iqtisodiyot
Xizmatlar bozorining qariyb 40 foizi Toshkentda — statistika
Xizmatlar bozorining qariyb 40 foizi poytaxt Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 80,5 trln so‘mni tashkil etdi.
Hududlar kesimida bozor xizmatlari hajmi quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Resp. – 2,5 trln so‘m
Andijon viloyati – 3,9 trln so‘m
Buxoro viloyati – 3,1 trln so‘m
Jizzax viloyati – 1,7 trln so‘m
Qashqadaryo viloyati – 3,9 trln so‘m
Navoiy viloyati – 1,9 trln so‘m
Namangan viloyati – 4,1 trln so‘m
Samarqand viloyati – 5,9 trln so‘m
Surxondaryo viloyati – 2,6 trln so‘m
Sirdaryo viloyati – 1 trln so‘m
Toshkent viloyati – 5,2 trln so‘m
Farg‘ona viloyati – 5,3 trln so‘m
Xorazm viloyati – 2,7 trln so‘m
Toshkent shahri – 32,3 trln so‘m.
Iqtisodiyot
NBU auksion ob’yektlar bo‘yicha Telegram-guruhni ishga tushirdi
O‘zbekiston Milliy banki o‘z mulk ob’yektlarini E-auksion elektron (https://e-auksion.uz/home) savdo platformasi orqali sotmoqda. Ushbu aktivlarni shaffof shartlar asosida xarid qilish mumkin, potensial xaridorlar esa takliflar bilan oldindan tanishib, o‘zlariga mos variantlarni tanlashlari mumkin.
Qulaylik yaratish va xaridorlarni tezkor xabardor qilish maqsadida “NBU MULKLAR MARKAZI” Telegram-guruhi (https://t.me/+y1TR4UMS1hAyOTIy) tashkil etilgan bo‘lib, unda auksionga qo‘yilgan ob’yektlar va ularni xarid qilish imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam e’lon qilib boriladi.
Mavjud ob’yektlar haqida batafsil ma’lumotni Telegram-guruh (https://t.me/+y1TR4UMS1hAyOTIy) orqali yoki quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bilib olishingiz mumkin:
☎️ +998 93 111-55-11
-
Turk dunyosi4 days agoTurkiyaning Baykal K2 bir tomonlama hujumga uchragan uchuvchisiz samolyotining toʻda harakatini sinovdan oʻtkazdi
-
Dunyodan2 days ago
Eron Hormuz boʻgʻozi orqali cheklangan oʻtishga ruxsat beradi
-
Jamiyat1 day ago
Tadbirkor boshpanasiz bo‘lgan 5 ta oilani uy-joy bilan ta’minladi
-
Jamiyat3 days ago
Ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘paygan – Prezident
-
Siyosat23 hours agoSoʻnggi savdo maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston temir yoʻllari importi eksportdan 2,5 barobar koʻp
-
Iqtisodiyot2 days agopayme Tez QR orqali to‘lovni 3% keshbek bilan ishga tushirmoqda
-
Iqtisodiyot3 days agoMetandan go‘shtgacha. Narxi keskin oshgan mahsulot va xizmatlar
-
Iqtisodiyot4 days ago«Yomg‘ir va qorda ham foydalanishga tayyor bo‘ladi» – Toshkent-Andijon pulli yo‘li haqida nimalar ma’lum?
