Connect with us

Iqtisodiyot

“Sayyohlar O‘zbekistonga 700-900 dollarga uchib kelyapti”

Published

on


O‘zbekistonga uchib kelayotgan xorijlik sayyohlar aviachipta uchun 900 dollargacha to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti, deya ma’lum qildi turizm sohasidagi tadbirkor hukumat vakillari bilan ochiq muloqotda. U Gruziyani misol qilib keltirdi: chet elliklar shanba-yakshanba kunlari bu mamlakatga borib kelish uchun 50-100 dollarga aviachipta olishlari mumkin.

Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlar, hukumat vakillari va elchilar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda turizm sohasi haqida ham so‘z bordi.

Tadbirkorlardan biri xorijiy sayyohlar oqimini oshirish uchun qator takliflarni ilgari surdi.

Madaniy obektlar chiptalari qimmat

Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda turistlar uchun muzeylar va madaniy meros obektlariga kirish chiptalari narxi yildan yilga oshyapti.

“Bitta sayyoh 10-12 ta turistik obektga kirganda, jami bo‘lib 130-150 dollar pul to‘layapti. Yevropada hozir ahvol unchalik yaxshimas, turistlar kamayib qolgan. Buyoqda esa biletlar qimmat”.

Aviachiptalar qimmat

Tadbirkor O‘zbekistonga aviachiptalar qimmatligi, xorijlik sayyohlar oldida esa boshqa arzonroq muqobil variantlar borligini aytdi.

“Bizga loukosterlar uchmaydi. Sayyohlar 700, 800, 900 dollarga uchib keladi. Masalan, Gruziyaga o‘xshab, shanba-yakshanba kunlari 50-100 dollarga kelib-ketadigan chiptalar yo‘q-da”.

QQSni qaytarish

Turizm sohasi vakili turfirmalar uchun QQSdan yengillik berishni so‘radi.

“Eski masala. Tovarlarni eksport qiladiganlarga QQSni qaytarib berasizlar. Xizmatlarni eksport qiladiganlarga esa QQS qaytarilmaydi. Masalan, o‘sha madaniy meros obektlariga chiptalar 150 dollar dedik-a, o‘sha narxni bizga QQSsiz chiqarib beradi, biz uning ustiga QQS to‘lashimiz kerak”.

Festivallar sanasi mavhum

Tadbirkor turli madaniy festivallar sanasi yetarlicha oldindan aniq bo‘lmasligini bildirdi.

“O‘zbekistonda turistlar uchun ko‘p festivallar o‘tkaziladi, lekin ularning sanasi aniq bo‘lmaydi. Faqat qaysi oyda o‘tkazilishi aytiladi. Turistlar esa sayohatini 1–1,5 yil oldin rejalashtiradi. Festivallarning sanalarini 1 yil oldin bizga berishsa, biz ko‘proq turistlarni olib kelishimiz mumkin”.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ko‘tarilgan masalalarni yozib olgani va ko‘rib chiqilishini aytdi, mas’ul vazirlik va idoralarga topshiriq berdi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston 2026 yilda 167 mlrd dollarlik YaIMga erishishni rejalashtirmoqda

Published

on


2026 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini 6,6 foizga oshirish va yalpi ichki mahsulot hajmini 167 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Prezident huzurida o‘tgan yig‘ilishlarda 2026 yil uchun mamlakatning asosiy iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Davlat siyosatida asosiy e’tibor aniq iqtisodiy natijalarga erishish, investitsiyalarni keng jalb qilish va tarmoqlar samaradorligini oshirishga qaratiladi.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yilda yalpi ichki mahsulot 7,7 foizga o‘sib, 147 mlrd dollardan oshgan. Iqtisodiy o‘sishning asosiy qismi xizmatlar sohasi hisobiga ta’minlangan.

Joriy yilda 50 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning samaradorligi va eksportga yo‘naltirilganligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Sanoatni kamida 8,5 foizga oshirish, avtomobil ishlab chiqarish hajmini 510 mingtaga yetkazish va mahalliy kooperatsiyani kengaytirish vazifalari qo‘yildi.

Qurilish sohasida hajmni 400 trln so‘mga yetkazish va kamida 17 foizlik o‘sishni ta’minlash rejalashtirilgan. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun budjetdan 40 trln so‘m mablag‘ ajratiladi.

Shuningdek, 2026 yilda kichik va o‘rta biznesda energiya samaradorligini oshirish, gaz va elektr energiyasi sarfini qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Eksportni diversifikatsiya qilish, yangi bozorlar va mahsulotlar hisobiga uni oshirish, shuningdek ichki bozorda narx-navo barqarorligini ta’minlash ham ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

Barcha islohotlar “hujjatdan natijaga” tamoyili asosida amalga oshiriladi va ularning ijrosi qat’iy nazorat ostida bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda yanvar oyida qog‘oz sanoatida sezilarli o‘sish kuzatildi

Published

on


2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 668,2 mlrd so‘mlik qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,8 foizga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida mamlakatda yirik korxonalar tomonidan jami 668,2 mlrd so‘mlik qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 17,8 foizga o‘sgan. Bu esa qog‘oz sanoatida ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda 281 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 206,1 mlrd so‘m, Andijon viloyati — 49,2 mlrd so‘m, Samarqand viloyati — 34,4 mlrd so‘m va Farg‘ona viloyati — 32,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, Xorazm viloyatida 22,1 mlrd so‘m, Namangan viloyatida 20,2 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 11,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida 4 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyatida 3 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 2,1 mlrd so‘m va Qashqadaryo viloyatida 1,6 mlrd so‘mlik qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Eng past ko‘rsatkichlar esa Surxondaryo viloyatida 0,5 mlrd so‘m va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Rubl keskin «sho‘ng‘imoqda». Bayramdan keyin vaziyat qanday bo‘ladi?

Published

on



Rubl keskin «sho‘ng‘imoqda». Bayramdan keyin vaziyat qanday bo‘ladi?



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Xizmatlar bozorining qariyb 40 foizi Toshkentda — statistika

Published

on


Xizmatlar bozorining qariyb 40 foizi poytaxt Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 80,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Hududlar kesimida bozor xizmatlari hajmi quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Resp. – 2,5 trln so‘m

Andijon viloyati – 3,9 trln so‘m

Buxoro viloyati – 3,1 trln so‘m

Jizzax viloyati – 1,7 trln so‘m

Qashqadaryo viloyati – 3,9 trln so‘m

Navoiy viloyati – 1,9 trln so‘m

Namangan viloyati – 4,1 trln so‘m

Samarqand viloyati – 5,9 trln so‘m

Surxondaryo viloyati – 2,6 trln so‘m

Sirdaryo viloyati – 1 trln so‘m

Toshkent viloyati – 5,2 trln so‘m

Farg‘ona viloyati – 5,3 trln so‘m

Xorazm viloyati – 2,7 trln so‘m

Toshkent shahri – 32,3 trln so‘m. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

NBU auksion ob’yektlar bo‘yicha Telegram-guruhni ishga tushirdi

Published

on


O‘zbekiston Milliy banki o‘z mulk ob’yektlarini E-auksion elektron (https://e-auksion.uz/home) savdo platformasi orqali sotmoqda. Ushbu aktivlarni shaffof shartlar asosida xarid qilish mumkin, potensial xaridorlar esa takliflar bilan oldindan tanishib, o‘zlariga mos variantlarni tanlashlari mumkin.

Qulaylik yaratish va xaridorlarni tezkor xabardor qilish maqsadida “NBU MULKLAR MARKAZI” Telegram-guruhi (https://t.me/+y1TR4UMS1hAyOTIy) tashkil etilgan bo‘lib, unda auksionga qo‘yilgan ob’yektlar va ularni xarid qilish imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam e’lon qilib boriladi.

Mavjud ob’yektlar haqida batafsil ma’lumotni Telegram-guruh (https://t.me/+y1TR4UMS1hAyOTIy) orqali yoki quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bilib olishingiz mumkin:

☎️ +998 93 111-55-11



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.