Jamiyat
“Sariosiyo” aeroporti 20 yildan so‘ng yana ish boshladi
“Sariosiyo” aeroporti 20 yildan so‘ng qayta faoliyatini boshladi.
Bugun, 30-may kuni Sariosiyo aeroporti “Silk avia” aviakompaniyasining ilk reysini qabul qildi. Toshkentdan bortida 48 nafar yo‘lovchi bilan uchgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 15:41 da aeroportga kelib qo‘ndi. Yo‘lovchilar an’anaviy suv arkasi va milliy kuy-qo‘shiqlar bilan kutib olindi.
Avval xabar qilinganidek, viloyat aeroportida aerodromning sun’iy yuzalarida, ya’ni uchish-qo‘nish yo‘lagi, burilish yo‘lakchasi va samolyotlar uchun turish joylarida kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. Ushbu rekonstruksiya ishlaridan so‘ng aeroport 29 aprel kuni birinchi texnik parvozni qabul qildi.
Bir oy ichida 1100 kvadrat metr maydon va soatiga 100 nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi terminal qurish bo‘yicha barcha ishlar yakunlandi. Bugun Sariosiyo aeroporti muntazam reyslarni amalga oshira boshlab, ilk yo‘lovchilarini qabul qildi.
Toshkent – Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta – chorshanba va juma kunlari Silk Avia aviakompaniyasining tomonidan ATR-72-600 havo kemalarida amalga oshiriladi.
Jamiyat
Andijondan har yili 4 ming yoshlar Yevropaga yuboriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va 2026 yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilish avvalida qayd etilganidek, Andijon – aholisi eng zich joylashgan hudud. Viloyatda 3,5 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi, har yili 80 mingga yaqin tug‘ilish qayd etilmoqda.
Yer resurslari cheklangan sharoitda har bir gektar yer, har bir loyiha hamda har bir investitsiya yuqori qo‘shilgan qiymat va barqaror ish o‘rni yaratishi shartligi ta’kidlandi. Bu viloyat rahbariyati oldidagi eng asosiy vazifa ekani ko‘rsatib o‘tildi.
2025-yil yakunlariga ko‘ra, yalpi hududiy mahsulot 107,7 trillion so‘mni tashkil etib, 6,8 foizga oshdi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda 7,2 foiz, xizmatlar hajmida 15,1 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sish qayd etildi.
Joriy yilda iqtisodiyot va sanoatni 8 foizga, xizmatlarni 16,3 foizga, qishloq xo‘jaligini 5,9 foizga oshirish maqsad qilingan. Xorijiy investitsiyalarni 2025 yildagi 2,5 milliard dollardan 2026-yilda 3,5 milliard dollarga, eksportni 1,3 milliard dollardan 1,5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
2025-yilda 383 ming aholining bandligi ta’minlangan bo‘lsa, 2026-yilda 489,5 ming aholining bandligini ta’minlash, ishsizlikni 3,6 foizga, kambag‘allikni 2,4 foizga tushirish muhimligi ta’kidlandi.
Asaka, Oltinko‘l, Xo‘jaobod, Shahrixon tumanlari hamda Andijon shahrini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududlarga aylantirish vazifasi qo‘yildi. “Og‘ir” toifadagi Bo‘ston, Paxtaobod va Ulug‘nor tumanlarida kambag‘allikni kamida ikki barobar qisqartirish belgilandi.
Joriy yilda viloyatda 798 million dollarlik loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgani ta’kidlandi.
Jumladan, Asaka, Buloqboshi va Shahrixon tumanlarida charm-poyabzal, qurilish materiallari hamda dastgohlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 3 ta mikrosanoat markazi tashkil etiladi. 110 ta qishloq hamda 26 ta chegaraoldi va olis mahallalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, kichik sovitkichli omborlar tashkil qilish va mikrosanoat loyihalari amalga oshiriladi.
Andijon tumanidagi “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasida 100 gektardan ortiq yer maydoni bo‘sh turibdi. Yer resurslari cheklangan sharoitda tayyor infratuzilmasi bor maydonlarda yuqori qo‘shilgan qiymatli loyihalarni joylashtirish, minglab ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatidan to‘liq foydalanish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yilda paxtachilikda hosildorlikni oshirish maqsadida xorijiy navlar joylashtiriladigan va ilg‘or “76×10” sxemasi asosida ekiladigan paxta maydonlarini kengaytirish, 472 dona yangi texnika xarid qilish rejalashtirilgan. 2 ming gektar kam samarali eski bog‘lar intensiv bog‘larga aylantiriladi, 6,8 ming gektar yer foydalanishga qayta kiritiladi.
Yangi tajriba sifatida Oltinko‘lda gulchilik, Izboskanda ko‘chatchilik, Asakada issiqxonachilik, Qo‘rg‘ontepada sabzavotchilik, Buloqboshida uzumchilik bo‘yicha tomorqa maktablari tashkil etiladi.
2025 yilda viloyatga 460 ming xorijiy va 1,8 million mahalliy turist kelgan. Joriy yilda xorijiy turistlar sonini 700 mingga, mahalliy sayyohlarni esa 2,5 millionga yetkazish maqsad qilingan.
Shu maqsadda Buloqboshidagi “Shirmonbuloq”, Xo‘jaoboddagi “Imom ota” va Xonoboddagi turizm markazlarini rivojlantirish uchun alohida direksiya ochiladi. Tuman va shahar markazlaridagi 91 ta mahallani bog‘lovchi gavjum ko‘chalarda savdo, dam olish va ko‘ngilochar maskanlar barpo etiladi
Andijonda uy-joy masalasi boshqa hududlarga nisbatan ancha dolzarb. Joriy yilda viloyatdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 54 ta, boshqa hududlarda esa 158 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi kutilmoqda.
“Qurilishga tayyor yer” tizimini joriy etish orqali loyihalarni boshlash muddatini 120 kundan 30 kungacha qisqartirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Jalaquduqda ushbu yangi tizim asosida zamonaviy uy-joylar qurish bo‘yicha tajriba boshlanadi.
Viloyatda 11 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda, 94 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda, 56 ta texnikumda 46 ming nafar o‘quvchi kasblarga o‘rgatilmoqda. Oliygohlardagi ilmiy salohiyatni oshirish, dual ta’lim qamrovini kengaytirish choralari belgilab olindi.
Tibbiyot texnikumlariga til o‘rgatish bo‘yicha ilg‘or xususiy ta’lim tashkilotlarini jalb qilib, yiliga 4 mingdan ziyod yoshlarning Yevropa davlatlariga ishlashga borishiga ko‘maklashish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ijtimoiy reyestrga kirmagan oilalarning iqtidorli farzandlariga ham sport, madaniyat va san’at sohasidagi tashabbuslari uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 41 million so‘mgacha subsidiya berish taklif qilindi. Prezidentimiz ushbu tartibni Andijon viloyatidan boshlashni topshirdi.
Davlatimiz rahbari yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosi Andijon aholisi hayotida aniq va sezilarli natija berishi shartligini ta’kidlab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Jamiyat
Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi tayinlandi
Jahongir Mirpo‘latov Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi tayinlandi.
Mirpo‘latov Jahongir Muzapparovich Soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
U tayinlovga qadar Soliq qo‘mitasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahri soliq idoralarini tanqid qildi. Shundan so‘ng Toshkent shahar soliq boshqarmasi sobiq boshlig‘i Yunusjon Nasimjonov ishdan olindi.
Jamiyat
Istanbulda Durdona Hakimova bilan birga yana bir ayol o‘ldirilgani aniqlandi
Istanbulda so‘nggi vaqtlardagi eng shafqatsiz jinoyatlardan biri tafsilotlari fosh bo‘lmoqda: Umraniye tumanidagi ijaraga olingan kvartirada ikki ayol – O‘zbekiston fuqarolari Durdona Hakimova va Sayyora Ergashaliyeva o‘ldirildi. Ularning jasadi bo‘laklarga bo‘linib, turli chiqindi qutilariga tashlangan.
Turkiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya Durdona Hakimovaning o‘ldirilishini tergov qilish chog‘ida Umraniye tumanidagi xuddi shu uyda yana bir qurbon bo‘lganini aniqladi – 32 yoshli Sayyora Ergashaliyeva. Tergovchilarning fikricha, u avvalroq o‘ldirilgan va bo‘laklangan.
Ma’lum qilinishicha, Sayyora Ergashaliyeva 23 yanvardan beri bedarak yo‘qolgan deb ro‘yxatga olingan.
Politsiya ayollar gumonlanuvchilar bilan birga yashagan uy atrofidagi xavfsizlik kameralari yozuvlarini qayta ko‘rib chiqdi.
Kadrlarda turli kunlarda gumonlanuvchilar xonadondan qora qoplarni olib chiqib, ko‘cha bo‘ylab olib yurganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, ular oq jomadon bilan chiqib, uni Shishli hududidagi axlat qutisiga tashlab ketgan.
Tergov versiyasiga ko‘ra, bu jinoyatlarning xronologiyasi quyidagicha bo‘lishi mumkin: Sayyora Ergashaliyeva birinchi bo‘lib, keyin Durdona Hakimova o‘ldirilgan. Bu qotilliklar bir-biri bilan qanchalik bog‘langanligi hozir aniqlanmoqda.
Durdona Hakimova va Sayyora Ergashaliyeva
Kamera yozuvlari bilan o‘tkazilgan tergov quyidagi voqealar ketma-ketligini ko‘rsatadi:
– 23 yanvar kuni Sayyora Ergashaliyeva Umraniyadagi kvartiraga kiradi.
– Uning ortidan ikki gumonlanuvchi erkak ham kirgan.
– 24 yanvar kuni gumonlanuvchilar xonadondan bir necha bor qora qoplar bilan chiqib ketgan. Oqibatda ular oq jomadonni olib, taksiga o‘tirib, Shishli tumaniga boradi. U yerda jomadon chiqindi konteyneriga tashlanadi. Aynan shu jomadonda dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Durdona Hakimovaning tana bo‘laklari bo‘lgan.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu topilmalardan so‘ng, gumonlanuvchilar yana bir bor so‘roq qilindi va ular Sayyora Ergashaliyevani xuddi shu usulda – pichoq bilan o‘ldirganini, so‘ngra uning jasadini bo‘laklarga bo‘lib, qismlarini turli chiqindi qutilariga tashlaganini tan olgan.
Bu ma’lumotlar turk ommaviy axborot vositalarida tarqaldi va rasmiy sud qarorlari bilan tasdiqlanmagan tergov versiyasiga tegishli. Hozircha Turkiya politsiyasi yoki prokuraturasining ikkinchi qurbon haqidagi rasmiy xabarlari e’lon qilinmadi.
Avvalroq Sayyora Ergashaliyevaning bedarak yo‘qolgani va uni yaqinlari qidirayotgani xabar qilingandi.
24 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Shishli tumani Feriko‘y mahallasida chiqindi konteyneridan boshsiz tana topildi. Ushbu jasad O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 37 yoshli ayolga tegishli bo‘lib, u boshqa o‘zbekistonliklar tomonidan o‘ldirilgani ta’kidlandi. Mahalliy nashrlarga ko‘ra, qotillar jasadni bo‘laklab, jomadonga solgan va chiqindixonaga tashlab ketgan. Jasadning boshqa qismlari boshqa chiqindixonadan topilgan. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi o‘ldirilgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi Hakimova Durdona ekanini tasdiqladi. Holat yuzasidan O‘zbekistonning 2 nafar fuqarosi qo‘lga olindi. Ular Turkiyadan Gruziyaga aviareys orqali qochishga uringan vaqtida ushlangan.
Durdona Hakimovaning o‘ldirilishi Istanbul va Anqarada norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi.
Jamiyat
Samarqandda dorifurushlar ushlandi: tafsilotlar
Samarqandda dorifurushlar ushlandi: tafsilotlar
Source link
Jamiyat
Olim Yer aholisini «jahannam iqlimi»dan ogohlantirdi
So‘nggi 125 000 yil ichida Yer yuzida eng yuqori harorat qayd etildi, deydi olim Kristofer Volf The Guardian nashriga. Uning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi ko‘plab olimlar bashorat qilganidan tezroq sodir bo‘lmoqda.
Nashrda ta’kidlanishicha, isish «jahannam issiqxonasi» iqlimiga olib kelishi mumkin.
Buyuk Britaniyadagi Ekseter universiteti professori Tim Lenton haroratning bir necha darajaga o‘zgarishi ham insoniyat uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi. «Insoniyat va jamiyatimiz uchun jiddiy xavf tug‘dirishi uchun Yerda issiqxona effektiga o‘tishimiz shart emas – agar global isish Yerni 3° ga qizdirsa, ahvol shunday bo‘ladi», dedi janob Lenton.
Olimlarning bashorat qilishicha, 3-4° ga isish iqtisodiyot va jamiyatning biz bilganimizdek ishlashni to‘xtatishiga olib keladi.
-
Dunyodan4 days agoDubayda rossiyalik generalga suiqasd uyushtirgan shaxs hibsga olindi
-
Jamiyat5 days agoNyu Yorkda 11 yoshli o‘zbekistonlik maktab avtobusi urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
-
Jamiyat5 days agoAjabtovur psixologiya: yaxshiga rostdan ham kun yo‘qmi?
-
Iqtisodiyot3 days agoMahallalarda tadbirkorlikni boshlash uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ ajratiladi
-
Iqtisodiyot4 days agoUsta dehqonlarga 75 mln so‘mgacha subsidiya beriladi
-
Dunyodan4 days agoExit-poll natijalariga ko’ra, kim g’alaba qozonganini bilamiz.
-
Jamiyat2 days ago20 ta mikroavtobus yo‘nalishga chiqarildi
-
Dunyodan4 days agoIlon Mask Oy va Marsda shaharlar qurmoqchi
