Siyosat
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘istonga tashrifi doirasida mamlakat poytaxtidagi «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda u o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Mirziyoyeva O‘zbekistonda Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bir paytda, Qozog‘istonning bu boradagi tajribasini o‘rganish muhim ekanini ta’kidladi.
«Ishonamanki, mazkur yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish nafaqat mamlakatlarimiz, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga yanada ko‘proq investitsiya jalb qilishga yordam beradi», — deb yozdi administratsiya rahbari.
Avvalroq Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashgandi.