Siyosat
Saida Mirziyoeva Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev bilan uchrashdi
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoeva Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev bilan uchrashib, ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.
Foto: Telegram/SShMirziyoyeva
Uchrashuvda Mirziyoyeva Qozogʻiston rahbariga Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va tabriklarini yetkazdi. Tadbirdan so‘ng u rasmiy Telegram-kanalida ikki tomonlama munosabatlar chuqurligiga alohida urg‘u berib, Qozog‘iston O‘zbekistonning oddiy qo‘shnisi emas, balki yaqin do‘st, ishonchli strategik hamkor va sobit ittifoqchi ekanini ta’kidladi.
Mirziyoyeva xonim Prezident Tokayevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlashga qatʼiy qarorini taʼkidladi. Ushbu munozarada Toshkent va Ostona oʻrtasidagi transchegaraviy hamkorlik va mustahkam mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash boʻyicha davom etayotgan saʼy-harakatlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Ushbu yuqori darajadagi diplomatik hamkorlik yaqinda Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro forumida ishtirok etish uchun O‘zbekiston poytaxtiga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustinni qabul qilgan muzokaralardan so‘ng bo‘ldi.
Siyosat
Prezident yirik xalqaro investitsiya va moliya kompaniyalariga minnatdorchilik bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan Xorijiy investorlar kengashi yig‘ilishida mamlakat investitsiya muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan yangi takliflar ko‘rib chiqildi. Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, yig‘ilishga tayyorgarlik jarayonida xalqaro kompaniyalar va investorlardan 120 ta yangi taklif hamda tashabbus kelib tushgan.
Ushbu takliflar atroflicha tahlil qilinib, yettita ustuvor yo‘nalishga birlashtirilgan. Ular investitsiya muhitini yaxshilash, soliq tizimi, kadastr, energetika, moliya va bank sohasi, korporativ boshqaruv, shuningdek sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyot masalalarini qamrab olgan.
Prezident bugungi kunda valyuta operatsiyalarini monitoring qilish tartiblarini yengillashtirish, islomiy sug‘urta va «yashil» kreditlar kabi yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish, bank aktivlari bozorini shakllantirish hamda korxonalarda ESG tamoyillarini keng qo‘llash dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Yig‘ilishda har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar belgilanib, muammolarga aniq yechimlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Shu munosabat bilan mazkur ishlarni o‘z zimmasiga olgan ishchi guruhlar hamraislari — «Vision Invest», «BDO», «Crowe», «OTP Group», «Franklin Templeton», «Ernst & Young», «Costa Legal» va «ACWA» kompaniyalari rahbarlariga minnatdorlik bildirildi.
«Yil davomidagi tahlillaringiz asosida qanday muammolarni aniqladingiz? Investitsiya muhitini yanada yaxshilash uchun Hukumat nimalar qilishi kerak? Sizlarni diqqat bilan tinglashga, har bir muammo va tavsiyani batafsil muhokama qilishga tayyormiz», dedi Prezident.
Davlat rahbari barcha takliflar ochiq muloqot asosida ko‘rib chiqilishi va yig‘in yakunlari bo‘yicha yagona «yo‘l xaritasi» ishlab chiqilishini ma’lum qildi.
Xorijiy investorlarning fikr va takliflari eshitilganidan so‘ng, Prezident muloqotni mazmunli va foydali deb baholadi.
«Ayniqsa, amaliy natijaga yo‘naltirilgan takliflaringizdan juda xursand bo‘ldim. Chin hamkorlarimizning barcha tashabbuslari xalqimiz farovonligi va investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qiladi», dedi davlat rahbari.
Prezident ta’kidlaganidek, Yangi O‘zbekistonda ochiq, barqaror va raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etishda xalqaro investorlarning hissasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uning fikricha, bunday muloqotlar qancha ko‘p bo‘lsa, mamlakat iqtisodiyoti va investitsiya muhiti shuncha tez rivojlanadi. Yig‘ilish yakunida davlat rahbari barcha ishtirokchilarga samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Yangi O‘zbekistonda islohotlar dasturini amalga oshirish doirasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va keng ko‘lamli sheriklikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Ushbu yetakchi ko‘p tomonlama moliyaviy institut bilan strategik sheriklik bugungi kunda har qachongidan ham yuqori darajada ekani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, bugun O‘zbekiston YeTTBning mintaqadagi eng yirik hamkori hisoblanadi. Ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalarning umumiy portfeli 7 milliard dollardan oshdi. Investitsiyalarning katta qismi xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
Ekologik transportni rivojlantirish, temir yo‘l infratuzilmasini raqamlashtirish, tadbirkorlik, ipoteka bozori va mamlakat startaplar ekotizimini qo‘llab-quvvatlash sohalarida yangi kelishuvlar imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
2026-yilda kichik va o‘rta biznesni kreditlash ko‘lamini kengaytirish, jumladan, eksportni moliyalashtirish, ayollar va yoshlarni biznes yuritishga o‘qitish dasturlarini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish hamda bank-moliya sektorini transformatsiya qilish jarayonlarida ishtirok etish va boshqa yo‘nalishlar ustuvor etib belgilandi.
Ta’lim, sog‘liqni saqlash va transport infratuzilmasi sohalarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ilgari surish bo‘yicha rejalar qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, loyihalarni tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda ularni amalga oshirish samaradorligini yaxshilash maqsadida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlarini jalb etishdan manfaatdorlik bildirildi.
Xorijiy investorlar kengashining bo‘lajak to‘rtinchi yig‘ilishi kun tartibi ham ko‘rib chiqildi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultonligi delegatsiyasini qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan O‘mon Sultonligi iqtisodiyot vaziri Xamis bin Sayf al-Jabriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomini yetkazdi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalardagi hamkorlikni jadallashtirish masalalari yuzasidan fikr almashishdi.
So‘nggi yillarda aloqalarimiz faollashgani, tovar ayirboshlash hajmi o‘sgani qayd etildi. O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi ishtirokida muhim loyihalar samarali amalga oshirilmoqda. Keyingi oydan poytaxtlarimiz o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Shu yil Masqat shahrida Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi.
Muloqotda transport, logistika, geologiya, elektron tijorat, raqamli infratuzilma va boshqa yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Siyosat
Robaxon Mahmudova Oliy sudga raislik qiladi
Robaxon Mahmudova Oliy sudga raislik qiladi.
Prezident tomonidan Robaxon Anvarovna Maxmudovani Oliy sud raisi lavozimiga saylash to‘g‘risida Senatga taqdimnoma kiritildi.
Avvalroq Prezidentning taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan Baxtiyor Islomovni O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.
Siyosat
O‘zbekiston AQSh-Eron bitimiga munosabat bildirdi
O‘zbekiston Amerika Qo‘shma Shtatlari va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolanganini olqishladi. Tashqi ishlar vazirligi kelishuvni hozirgi murakkab xalqaro sharoitda keskinlikni yumshatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni tiklash yo‘lidagi muhim diplomatik yutuq sifatida qayd etdi.
AQSh va Eron rahbariyatining hal qiluvchi pallada ko‘rsatgan siyosiy irodasi va uzoqni ko‘ra bilishini alohida e’tirof etildi. Erishilgan kelishuv xalqaro hamjamiyat uzoq vaqtdan buyon kutgan tinchlik yo‘lidagi barqaror yechim uchun mustahkam zamin yaratadi.
Ushbu muhim o‘zaro anglashuvga erishish uchun zarur sharoitlarni shakllantirishga hissa qo‘shgan Pokiston va Qatarning katta hissasini, shuningdek Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr va boshqa mintaqaviy hamkorlarning sa’y-harakatlarini yuqori baholangan.
O‘zbekiston muzokaralarning keyingi bosqichlari konstruktiv ruhda davom etishi va erishilgan kelishuvlar samarali amalga oshirilishiga umid qiladi.
«Nizo va qarama-qarshiliklarni xalqaro huquq tamoyillari, o‘zaro hurmat va barcha tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda diplomatik vositalar orqali hal etish tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashning asosiy sharti bo‘lib qolishiga ishonamiz», deyiladi TIV bayonotida.
-
Dunyodan5 days ago
Dunyo bo’ylab qochqinlar soni 10 yil ichida birinchi marta kamaydi.
-
Jamiyat3 days agoAbdulla Qodiriy ko‘chasida haydovchilar uchun yangi qayrilish joyi tashkil etildi
-
Iqtisodiyot3 days agoUch karra yer solig‘ining bekor qilinishi: pullar qanday qaytariladi?
-
Iqtisodiyot3 days ago
Toshkentda YIBning mintaqaviy vakolatxonasi ochildi
-
Siyosat4 days ago
O‘zbekistonda AQSh bilan yirik investitsiya loyihalari amaliy bosqichga o‘tadi
-
Dunyodan4 days agoEron yadro quroliga ega boʻlmaslikka rozi: Prezident Tramp
-
Siyosat4 days ago
Prezident Ozarbayjon va Belarus bosh vazirlarini qabul qildi
-
Dunyodan2 days ago
Isroil vaziri Trampga qarshi keskin bayonot berdi
