Dunyodan

Sadir Japarov Qamchibek Tashiyevning iste’foga chiqishi haqida fikr bildirdi

Published

on


Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Qamchibek Tashiyevning Vazirlar Mahkamasi rahbari o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etilganiga qisqacha izoh berdi.

Sadir Japarov shunday dedi: “Men bu qarorni birinchi navbatda mamlakatimiz manfaatlarini koʻzlab, jamiyatda, jumladan, davlat tuzilmalari oʻrtasida boʻlinishlarning oldini olish, aksincha, birdamlikni mustahkamlash maqsadida qabul qildim.

Qirg‘iziston nashri Qamchibek Tasiyev va mamlakat prezidenti Sadir Japarov o‘rtasidagi hamkorlik ular hokimiyatga kelishidan ancha avval boshlangani, ular ko‘plab siyosiy jarayonlarda safdosh bo‘lganlari, 2012-yilda sodir bo‘lgan voqea uchun sudga tortilgani, o‘zaro aloqalar mustahkam ekanini yozadi.

Sadir Japarov davlat rahbari bo‘lgach, Qamchibek Tashiyevni Davlat xavfsizlik qo‘mitasiga rais etib tayinladi. So‘nggi yillarda mamlakatda ko‘plab kriminal avtoritetlarning hibsga olinishi va Tashiyevning keskin bayonotlari ortidan uning mavqei sezilarli darajada oshdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version