Jamiyat
Rulda kamar taqmagan Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi
Xonanda mashina boshqaruvi paytida xavfsizlik kamarini taqmagan. U asabiy holatda bo‘lgani uchun buni unutib qo‘yganini aytgan.
Sardor Mamadaliyev jarima to‘laydigan bo‘ldi. U xavfsizlik kamarini taqmagan holda mashina boshqargan.
Xonanda biroz asabiy holatda bo‘lgani uchun xavfsizlik kamarini taqishni unutib qo‘yganini aytgan.
“Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘ini aytib, sudlarga kirib-chiqib yurganimizda ozgina asabiylashib, remen taqish ham esimdan chiqib qolibdi. O‘zi remen taqmasdan yurmayman, qonunlarni hurmat qilaman. Endi jahl chiqqanda ham remen taqamiz”, degan Sardor Mamadaliyev.
Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagani uchun xonandaga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, xavfsizlik kamarini taqmasdan mashina boshqarish bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi (hozirda 206 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Faqat belgilangan kasalliklarga ega va tibbiy ma’lumotnomasi mavjud fuqarolarga xavfsizlik kamaridan foydalanmaslikka ruxsat beriladi.
Jamiyat
Toshkentda “Gelik”ni katta tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
Poytaxt ko‘chalarida haydovchi mashinasini soatiga 200 kmdan ham ortiqroq tezlikda haydagan. Qoidabuzarlik holati tasvirga olinib, uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ham joylangan.
Poytaxt YHXB holat yuzasidan tezkor o‘rganish o‘tkazgan. Mashina topilib, haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilgan. Ma’lum bo‘lishicha, holat 9 martga o‘tar kechasi Sergeli tumani hududida sodir bo‘lgan.
Mercedes-Benz mashinasiga “migalka” qo‘yib, yuqori tezlikda harakatlangani uchun haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mashina esa vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Idora e’lon qilgan videoda haydovchi qilgan xatti-harakati uchun uzr so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda BMW haydagan maktab o‘quvchisi yo‘l-patrul xodimini urib ketgan va hodisa oqibatida xodim vafot etgandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab keng ko‘lamli reydlar boshlandi.
Xususan, 26 fevraldan 3 martgacha ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l bezoriligi aks etgan jami 107 ta videolavha aniqlangan. Bu videolar asosida 66 nafar haydovchiga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilib, 62 ta avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan.
Jamiyat
Farg‘onada noqonuniy ravishda olib chiqilmoqchi bo‘lgan oltin musodara qilindi
Farg‘ona viloyatida 2 milliard so‘mdan ortiq qiymatga ega bo‘lgan oltin quymalarini mamlakat hududidan noqonuniy ravishda olib chiqishga urinish fosh etildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona idoralari xodimlari hamkorligida tovar-moddiy boyliklarning mamlakat hududidan noqonuniy olib chiqilishiga qarshi qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Farg‘ona tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi Qirg‘izistonga chiqish maqsadida “Vodil-avto” chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida tekshiruvdan o‘tkazildi.
Tekshiruv jarayonida avtomashina kuzov qismining ichiga yashirilgan 4 dona nostandart shakldagi oltin quymalar aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin quymalarning sof og‘irligi 1 kilogramm 232 grammni tashkil etib, ularning umumiy qiymati 2 milliard 182 million 466 ming so‘mga teng ekani ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar fuqarolardan bu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelgan taqdirda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishni so‘raydi. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.
Jamiyat
Navoiyda sirena o‘rnatgan haydovchi harakatlariga chek qo‘yildi
Navoiy shahrida «Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan reyd vaqtida yo‘l harakati qoidalarini qasddan buzish holati aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Navoiy viloyat IIB axborot xizmati rahbari Fayozjon Qosimov ma’lum qildi.
Reyd davomida «Lasetti» rusumli avtomobil haydovchisi o‘zboshimchalik bilan transport vositasiga sirena moslamasini o‘rnatib, harakatlanib yurgan. YHXX inspektorlari tomonidan haydovchining harakati darhol to‘xtatilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasiga asosan, bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Tekshiruv jarayonida sirena moslamasini haydovchiga yaqin tanishi noqonuniy ravishda o‘rnatib bergani ma’lum bo‘ldi. U «do‘sti so‘ragani uchun yordam qilgani»ni, sirena o‘rnatish qonun bilan cheklanganini esa bilmaganini bildirgan. Haydovchi va unga xizmat ko‘rsatgan shaxs IIB binosiga chaqirilib, qoidabuzarlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
– Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ikki shaxsga ham qonun talablari tushuntirildi, bu kabi harakatlar yo‘l harakati xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi va og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi qat’iy uqtirildi. Shu bilan birga, qayta qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymasliklari qat’iy tarzda eslatib o‘tildi, – dedi Fayozjon Qosimov.
Navoiy viloyat IIB aholini qonunga rioya qilishga, transport vositalariga noqonuniy moslamalar o‘rnatmaslikka hamda YHXX inspektorlari talablariga qat’iy amal qilishga chaqiradi. Reyd tadbirlari esa jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida davom ettiriladi.
Jamiyat
Yaqin Sharqdan o‘zbekistonliklarni qaytarish davom etmoqda
Yaqin Sharqdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish davom etmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar tufayli bir qator davlatlar havo hududi yopiq qolmoqda. Shunga qaramay, fuqarolarimizni olib kelish ishlari tizimli tashkil etilgan.
7-mart holatiga ko‘ra, Madina, Jidda va Dubaydan jami 15 900 dan ortiq yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi.
Qatardagi fuqarolarni Saudiya Arabistoni orqali olib chiqish choralari ko‘rilmoqda.
Ta’kidlanishicha, ayrim turoperatorlar fors-major holatida mijozlarini tashlab qo‘yish, sug‘urta majburiyatlarini bajarmaslik va vaziyatni manipulyasiya qilish holatlari kuzatilmoqda. Transport vazirligi turoperatorlar sug‘urta polisi asosida yo‘lovchilarning mehmonxona, transport va evakuatsiya xarajatlarini qoplashi, o‘z majburiyatlarini bajarishi va hukumat bilan hamkorlik qilishni so‘ramoqda.
Aloqa uchun (24/7): «O‘zaviatsiya» shtabi: 781200072; 712000765. TIV Call-markazi: 971365151.
Jamiyat
Farg‘onada suv ta’minoti xodimi kaltaklandi
Xonadondagi suv ta’minoti holatini o‘rganish davomida xizmat vazifasini bajarayotgan inspektor kaltaklandi. Unga tan jarohati yetkazgan fuqaro protsessual tartibda ushlandi.
Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan suv ta’minoti xodimi kaltaklandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Aniqlanishicha, 9 mart kuni «Farg‘ona suv ta’minoti» korxonasining O‘zbekiston tumani filiali inspektori D.S. Sochtepa ko‘chasida joylashgan xonadonlardan biriga borgan. Ushbu xonadonda suv ta’minoti holatini o‘rganish davomida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hisoblagich mavjudligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanilishi haqida ma’lum qilingan vaqtda shu xonadonda yashovchi F.P. xizmat vazifasini bajarayotgan inspektorga qarshilik qilib, janjallashgan. Janjal davomida F.P. yog‘och bo‘lagi bilan inspektorning boshiga urib, tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi F.P. protsessual tartibda ushlangan. Prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
-
Jamiyat4 days ago
Гидрометеорология хизмати қор кўчиш хавфидан огоҳлантирди
-
Siyosat5 days agoOʻzbekiston Moʻgʻulistondagi istiqbolli uran konlarini kashf etadi
-
Jamiyat5 days agoQibrayda taqiqlangan dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi
-
Dunyodan4 days ago
Hormuz boʻgʻozi orqali neft tashish toʻxtatildi
-
Dunyodan5 days ago
Islandiya prezident Tramp tufayli Yevropa Ittifoqiga aʼzolik boʻyicha referendum oʻtkazadi
-
Siyosat5 days agoO‘zbekiston yangi Toshkent xalqaro aeroportini qurish rejalari bilan olg‘a qadam tashlamoqda
-
Jamiyat3 days ago
Oliy ta’lim vazirligi xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi
-
Jamiyat4 days agoBMW urib ketgan YPX xodimi ishi: avariya tasvirlari paydo bo‘ldi
