Dunyodan
Rossiyada migrantlar uchun yangi talablar joriy etilgan
Rossiya Davlat Dumasi mehnat muhojirlari va ularning farzandlarining mamlakatda qolish tartibini yanada kuchaytiruvchi qator qonunlarni qabul qildi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, patent bo‘yicha ishlayotgan xorijlik bolalar 18 yoshga to‘lganda Rossiyadan chiqib ketishi yoki 30 kun ichida ularning nomiga mehnat patentiga ega bo‘lishi kerak.
Mehnat muhojirlari ham mamlakatda birga yashayotgan har bir bola uchun shaxsiy daromad solig’i to’laydi.
Qonunga ko‘ra, agar migrantning daromadi o‘zi va qaramog‘idagilar uchun eng kam turmush darajasidan past bo‘lsa, uning mehnat patenti bekor qilinadi. Bunday holda, agar patent muddati uzaytirilmasa, chet el fuqarosi Rossiya hududini 15 kun ichida tark etishi kerak.
Shuningdek, soliq organlari har 3, 6, 9 va 12 oyda bir marta xorijiy fuqarolarning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda Ichki ishlar vazirligiga taqdim etadi.
So’nggi yillarda Rossiyada immigratsiya qonunlari asta-sekin kuchaytirildi. Xususan, avvalroq muhojirlarning farzandlariga rus tilidan imtihonsiz maktablarga kirish taqiqlangan, ota-onalar esa mamlakatda qonuniy yashashlarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari shart edi.