Iqtisodiyot

Rossiya O‘zbekistonda bolalar ovqatlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Published

on


O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatorining birinchi o‘rinbosari Sergey Ponomarenko bilan uchrashdi.

“O‘zbekiston-Krasnoyarsk o‘lkasi” logistika tarmog‘ini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi, bu, birinchi navbatda, yaqin kelajakda O‘zbekiston meva-sabzavotlarini import qiluvchi alohida transport-logistika markazini tashkil etishni nazarda tutadi.

O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Krasnoyarsk o‘lkasi bozorida mahalliy mahsulotlar o‘rnini mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Xususan, qishloq xo‘jaligidan tashqari, O‘zbekistonda bolalar ovqatlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Krasnoyarsk o‘lkasining to‘qimachilik sanoati uchun mamlakatdan import qilinadigan asbob-uskunalar va materiallar hajmini oshirish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi.

O‘z navbatida, Rossiya tomoni ikki tomonlama sanoat kooperatsiyasini kengaytirish maqsadida sentabr oyida Krasnoyarsk shahrida Surxondaryo, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish taklifiga rozi bo‘ldi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad oziq-ovqat, farmatsevtika, charm sanoati sohalarida shartnomalar imzolash, shuningdek, neft-gaz sanoatida qo‘shma korxonalar va turli meva-sabzavot ekinlarini yetishtirish bo‘yicha kompaniyalar tashkil etishdan iborat.

Bosh konsulxona tomonidan ilgari surilgan joriy yilning kuz faslida Krasnoyarsk o‘lkasi yirik tadbirkorlarining O‘zbekiston hududlariga alohida biznes missiyasini tashkil etish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Muzokaralarda ta’lim sohasidagi hamkorlik asosiy mavzuga aylandi. Tomonlar o‘zbekistonlik talabalar sonini Krasnoyarsk o‘lkasining yetakchi oliy o‘quv yurtlarida budjet yoki grant asosida o‘qitish uchun ko‘paytirish masalalari xususida fikr almashdi.

Muloqot chog‘ida, shuningdek, turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Yuliya Filatova va Turizm agentligi rahbari Yelena Nedbaylo Krasnoyarsk turoperatorlarining O‘zbekistonga, ayniqsa, gastronomik, etno va tarixiy turizm kabi yo‘nalishlarda sayyohlik oqimini ko‘paytirishga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan Krasnoyarskning yetakchi turoperatorlari uchun O‘zbekistonga info-tur tashkil etishga kelishib olindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version