Dunyodan
Rossiya Kiyevga raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qilmoqda
Joriy yilning 6-iyuliga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Ukraina poytaxti Kiyevga raketa va dronlardan foydalangan holda bir vaqtda hujum uyushtirdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan, 46 kishi jarohatlangan. Ular orasida besh nafar bola ham bor.
Hujum natijasida Podolsk tumanidagi ko‘p qavatli turar-joylardan biri qisman qulab tushdi. Dalnitskiy tumanida ham bir necha uy zarar ko’rgan. Xarobalar ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkinligi aytiladi.
Kiyev meriyasi havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushirilganini xabar qildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning g‘arbiy hamkorlarini havo hujumidan mudofaa tizimlari, xususan, Patriot kompleksi uchun raketalar yetkazib berish hajmini oshirishga chaqirdi.